Mehnat jarayoni, ishlab chiqarishni tashkil etish darajasi va me’yorlarini o’rganish. Bu bo’lim orqali talaba ishlab chiqarishni tashkil etilish darajasini o’rganadi, tahlil qiladi va unga baho beradi. Ishlab chiqarish me’yoriy talablar asosida tashkil etilganligi bo’yicha kichik tadqiqot o’tkazadi. Mehnat me’yorlarini va ularni bajarilishini, sexlardagi ishlab chiqarish maromiyligini o’rganadi va tahlil qiladi.
Ishchilarga ish haqi hisoblash usullari va yo’nalishlari bilan tanishish, ma’lumotlarni tahlil qilish. Ishchilarga ish haqini belgilash, hisoblash usullari, tariflar va razryadlar bilan tanishadi. Ish haqini hisoblashning usullarini o’rganadi va maqsadga muvofiqligiga shaxsiy munosabatini bildiradi.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uni hisobot uchun chizib tayyorlash, tahlil qilish.Korxonaning tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va uni talaba tomonidan o’z qo’li bilan chizib tayyorlash talabada boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va uni amaldagi ko’rinishi haqida to’la amaliy bilimni shakllanishiga olib keladi.
Hisobotni tayyorlash, rasmiylashtirish va himoya qilish.Yuqorida berilgan ketma-ketlik bo’yicha talaba tomonidan barcha bo’limlar bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, bajarilgan topshiriqlar va tahlillar hisobotda aks ettiriladi. Ilovada berilgan shakllarga asosan hisobot rasmiylashtiriladi va himoyaga olib chiqiladi. Himoya belgilngan komissiya oldida amalga oshiriladi.
3-BOB. 3-KURS UCHUN MALAKAVIY AMALIYOTI (JK 4-KURS) 3.1-§. Amaliyotning maqsad va vazifalari Malakaviy amaliyoti o’quv jarayonining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. U 5310800- “E va A” bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun 3-kurs 6-semestri davomida o’tkazishi o‘quv rejaga muvofiq belgilangan.
Amaliyotga talaba o’quv rejasiga binoan 9 haftaga ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarga yuboriladi. Amaliyot natijalari hisobot shaklida bajarilib, kafedrada himoya qilinadi.
Malakaviy amaliyotining maqsadi – talabaning mutaxassislik fanlaridan olgan bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, talabada o’z bilimlarini amaliyotda qo’llash uchun sharoitlarni yaratgan holda, tajribasini oshirish hisoblanadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib malakaviy amaliyoti quyidagi vazifalarni bajaradi:
Talabaning mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash.
Korxona va uning tashkiliy tuzilmalarini tahlil qilish va zamonaviy tizimlar bilan taqqoslash.
Korxonadagi mehnatni tashkil etish jarayonlari va mehnat muhitini tahlil qilish va kamchiliklarini o’rganish.
Rahbarlar, ularning o’zini tutishi va jamoa bilan munosabatlari haqidagi tajribalarini oshirish.
Korxonaning hodimlari tarkibi, tuzilish, qo’nimsizligi va ish haqi hisoblash tizimi bilan tanishish.
Korxonadagi umumiy boshqaruv muhiti va bunda rahbarlarning faoliyatini tahlil qilish.
Korxonadagi aktivlar boshqaruvini tahlil qilish va uning tuzilishiga baho berish.
Korxona va tashkilotlari, shuningdek, tuman va shaharlardagi bo’lim va boshqarmalarida amalga oshirilayotgan ishlar: ob’ektning boshlang’ich loyiha-smeta va konstruktorlik ishlari bilan yaqindan tanishishlari va va bevosita qatnashishlari, shuningdek xujjatlar bilan bog’liq jarayonlarni amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishish.
Korxonada boshqaruv hujjatlarini yuritilishi va ularni to’ldirish darajalarini, ulardagi statistik ma’lumotlarni taqqoslama tahlil qilish.
Korxonaning elektron tizimini boshqarish jarayonini tahlil etish va muammolarini o’rganish.
Korxonada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini kelib chiqishi va yuritilishini o’rganish tahlil qilish.
5310800– “E va A” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ushbu kurs talabalarining malakaviy amaliyoti davrida talabalarni korxona va tashkilotlar amaliy faoliyati bilangina emas, balki uning jamoat ishlari bilan ham yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiq.