22
Qon hujayralarining yetuk shakllari hosil bo'lish jarayoni
gemopoyez dpb
ataladi. Qon hujayralari qaysi a'zolarda hosil bo'lsa va parchalansa, o'sha a'zolar
va qon G.F.Lang taklifiga ko'ra,
yagona qon tizimiga kiritiladi. Bu tizimga:
ko'mik, jigar, taloq va limfa tugunlari kiradi. Katta yoshli organizmda ko'mik,
embrionda esa, bundan tashqari, jigar ham yaratuvchi a'zo hisoblanadi. Katta
yoshli organizmda jigar qon yaratish (qon ishlash) funksiyasidan mahrum bo'ladi.
4
Bir kecha-kunduzda taxminan 200-250 mlrd. eritrotsit hosil bo'ladi. Ko'mik (qizil
ilik)ning yadroli eritroblastlaridari yadrosiz eritrotsitlar vujudga keladi. Ularning
sitoplazmasida ribosomalardan iborat bo'lgan donalarda gemoglobin sintezlanadi.
Gem sintezida ikkita oqsil -
ferritin va
siderofliin tarkibidagi temirdan foydalaniladi.
Ko'mikdan qonga o'tuvchi eritrotsitlarda bazoftl modda bor, ular
retikulotsitlar deb
ataladi va yetuk eritroLsitlardan kattaroq bo'ladi. Sog'lom odam qonida retikulotsitlar
1% dan oshmaydi. Retikulotsitlar bir necha soatda yetiladi, ya'ni yetuk eritrotsitlarga
aylanadi; ayni vatda bazofil moddasi yo'qoladi.
Eritrotsitlar yuqorida qayd qilib o'tganimizdek, o'rta hisobga 120 kun yashaydi.
Umri bitgan eritrotsitlar jigar va taloqda gemolizlanish yo'li bilan parchalariib turadi.
Shuning uchun ham bu a'zolarni
«eritrotsitlar mozori» deb atashadi.
Eritrotsitlar hosil
bo'lishi-eritropoyez jarayonida vitamin В
12
va foliy kislotaning
ahamiyati juda katta. Bu moddalarning birinchisi ikkinchisidan .taxmman 1000
baravar faolroq. Vitamin B,
2
-siankobalamin tashqi muhitdan organizmga ovqat bilan
kiradi va
qon ishlanishining tashqi omlli deb ataladi.
Eritropoyezning tezligi qon yo'qotish gipoksiya va turli potologik jarayonlarda
bir necha marta oshadi. Bunday sharoitda qon zardobida eritropoyez jarayonini
faollashtiradigan moddalar -
eritropoetinlar sintezi kuchayadi. Ular glikoprotein
tabiatli gormonlar bo'lib, buyrak, jigar va jag' osti bezlarida hosil bo'ladi.
Eritropoetinlar
gemoglobin
paydo
bo'lish
jarayonini
ham
tezlashtiradi.
Eritropoetinlardan tashqari, qon ishlanishida androgenlar va mediatorlar ham faol
ishtirok etadi. Bu moddalar
qon ishlashining ichki omillari deb ataladi.
Leykositopoyez va Iromositopoyez eritropoyezga qaraganda kamroq o'rganilgan.
Leykositopoeyz va eritropoyez to'g'ridan-to'g'ri leykotsitlarning parchalanishiga
bog'liq: parchalanish qancha ko'proq bo'lsa, leykotsitlarning yangilanishi shuncha
tezroq amalga oshiriladi. Leykopoyezning faolligi nuklein kislotalar va gipofiz
gormonlari ta'sirida o'tadi.
Leykopoyez mikroorganizmlar va toksinlar ishtirokida ham o'tadi. Masalan,
leykopoetinlarning ta'sirida suyaklarning ko'mik hujayralari shakllanadi va shu
bois leykotsitlarning yangilanishi va parchalanishi muntazam ravishda amalga
oshiriladi. Leykotsitlarning hayotiy muddati turlicha bo'lib, ular bir necha soat,
kun va oy yashaydi. Lekin leykotsitlarning bir qismi odam va hayvonlar
organizmida umr davomida yashay oladi. Ulaming parchalanish makoni-hazm
tizimining shilliq pardalari va retikular to'qima hisoblanadi.
Trombositopoez
fiziologik
jarayonlarini
boshqaruvchi
omili
Do'stlaringiz bilan baham: