Shunday qilib, isitma kasallik vujudga kelgan sharoitlarda organizmning tirik
qolishini ma’lum darajada yengillashtiradi. Vrachlarga qadimdan ma’lum bo’lgan
usul - issiq tutib davolashning yaxshi kor qilishi ana shundan dalolat beradi.
Biroq, yuqori isitma har bir kasallikda organizmga foydali bo’lavermay,
balki
yomon ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Shunga ko’ra, issiqni tushiradigan vositalarni
qo’llashning o’rni bor-yo’qligini har bir holda puxta o’ylab ko’rish kerak.
Kelib chiqish sababiga ko’ra,
infeksion
va
infeksion bo’lmagan
isitmalar farq
qiladi. Isitmaning keyingi xili shikastlangan to’qimalarga dori surtilayotganda, qon
quyilayotganda organizmga yot narsa tushganda, markaziy nerv tizimi
shikastlanganda, odam zaharlanganida kuzatiladi.
Ku isitma, Ku rikketsioz, Avstraliya kasalligi, Orta Osiyo isitmasi, Termiz
isitmasi - rikketsiya mikroorganizmlari qo’zg’atadigan yuqumli isitmali kasallik.
Kasallik birinchi marta 1933 - 35 yillarda Avstraliyaning
Queensland - Kvislend
shtatida aniqlangan. Qoramol, qoy, it, ot, tuya, chochqa va yovvoyi parrandalar,
yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar va odam kasallanadi. Bunda, asosan, o’pka
zararlanib, isitma chiqadi, Kasallik qo’zg’atuvchisi kokk yoki tayoqcha shaklidagi
rikketsiya. Tabiatda bu kasallik chaqiruvchisi kanalar, kemiruvchilar organizmida
saqlanib, kasallik ular ozuqalarni ifloslashi yoki qon sorishi paytida yuqadi. Kasal
hayvondan rikketsiya sut, siydik, axlat orqali tashqi muhitga chiqadi. Odamga kasal
hayvon sutini qaynatmay iste’mol
qilganda, go’sht mahsulotlari orqali yoki kana
chaqqanda yuqadi. Kasallik koproq chorvadorlarda, ferma va kushxona xodimlarida
uchraydi. Klinik belgilari - kasallikning yashirin davri 8 kundan 4 haftagacha davom
etadi. Qisqa muddatli isitma ko’tarilishi, ishtaha yoqolishi, shilliq pardalar qizarishi,
bog’oz hayvonlarda mastit, vaginit va bola tashlash, erkak hayvonlarda orxit
kuzatiladi.
Ku-isitmasi yuqish yo’llari har xil bo’lgan, isitma sindromi va boshqa
intoksikatsiya simptomlari bilan kechuvchi tabiiy o’choqli zoonoz rikketsioz kasallik
hisoblanadi. Qo’zg’atuvchisi R.burnetii. Qo’zg’atuvchining rezervuari bo’lib iksod,
gamaz kanalari,
yovvoyi qushlar, o’rdak, g’ozlar, kabutarlar, qarg’alar va uy
hayvonlari hisoblanadilar. Antropurgik o’choqlarda odamlarga alimentar, havo-
chang, kontakt, transmissiv yo’l bilan yuqadi. Inson kasallik manbai hisoblanmaydi.
Lekin ona suti bilan bolaga, homilador ayoldan akusherlarga yuqishi mumkin.
Kasallikning yashirin davri 9-32 kungacha davom etadi. Ko’pincha kasallik isitma va
qaltirrash yoki et uvishishi bilan o’tkir boshlanadi. Tana harorati 39-40°S gacha
ko’tariladi va umumiy intoksikasiya belgilari ko’chayib boradi. Kasallikning birinchi
kunlaridan darmonsizlik, badanda qaqshash, terlash, kuchli bosh og’rig’i ko’proq
peshona sohasida, bel va oyoqlarda, ko’z soqqasi harakatida og’riq kuzatiladi. Ayrim
bemorlarda
tomoqda qizarish, sklera tomiri tiqilishlari, yo’tal, ko’krak qafasida
og’riq, chanqash, og’iz qurishi, jig’ildon qaynashi belgilari bo’ladi. Burundan qon
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
93
ketishi mumkin. Isitma 2-3 kundan - 25 kungacha, ayrim hollarda oylab davom etadi.
Odatda tana harorati o’tkir 39-40°S gacha ko’tarilib, bir necha kundan so’ng asta-
sekin (zinasimon) me’yorgacha tushadi. Kam hollarda kritik tushishi mumkin.
Temperatura egri chiziqlari turlicha tipda bo’ladi: doimiy (38-40% hollarda),
remittirlovchi (25%), to’lqinsimon (27%). Ayrim bemorlarda isitma subfebril
darajagacha tushib bir necha kundan so’ng yana yuqori darajaga ko’tariladi.
Isitmaning qayta ko’tarilishi kasallikning boshqa klinik belgilarining yana kuchayishi
bilan birga kechadi. Bemorlarda doimiy bo’lmagan bradikardiya, biroz gipotoniya,
yurak tonlari bo’g’iqligi, sistolik shovqin eshitiladi. 13-15% hollarda bronxit, raxeit,
pnevmoniya rivojlanadi. Bemorlar yo’talganda, chuqur nafas olganda ko’krak
qafasidagi og’riqqa shikoyat qiladilar. Yo’tal
odatda quruq, gohida qon aralash
balg’amli bo’lishi mumkin. Periferik limfa bezlari kattalashimagan. Gemogrammada
leykopeniya, neytro va eozinopeniya, nisbiy limfotsitoz, monotsitoz, EChT biroz
tezlashishi kuzatiladi. Laborator tashxisoti: qon, balg’am, likvor suyuqligi, ona suti,
siydikdan bakteriologik usul bilan qo’zg’atuvchini ajratib olish mumkin.
Biologik
usulda dengiz cho’chqasi, oq sichqon va kalamushlarga yuqtirib 7 kundan so’ng
ularning jigari, talog’i va boshqa a’zolarda R.burnetii ni to’planishi kuzatiladi.
Serologik reaksiyalardan KBR kasallikning 10-12 chi kunlaridan boshlab
diagnostik titrda (1:8 1:16) bo’ladi. Yana immunoflyuoressensiya, teri osti sinamalari
mavjud.
Oldini olish: yaylov davri paytida qayvonlar kanalarga qarshi va molxonalar
kemiruvchilarga qarshi dezinfeksiya qilinadi. Kasallikka gumon qilingan hayvonlarni
tana haporati olchanadi. Qoni tekshiriladi, kasallik aniqlansa, tegishli tadbirlar
o’tkaziladi.
Davolash.
Isitmani uy sharoitida davolash organizmning hayotiy kuchlarini
saqlab qolish, tana haroratini nazorat qilish, suv-tuz balansini to’ldirishga qaratiladi.
Bemor dam olishi va yengil ovqatlar iste’mol qilishi, ko’proq suyuqlik ichishi, issiq
kiyinmasligi, hammom qabul qilmasligi va kuniga 4-6 marta tana haroratini o’lchashi
kerak. Agar harorat 38 darajadan oshsa, bemorga isitma tushiruvchi (antipiretik)
preparatlar buyuriladi.
Pediatriyada tana haroratini me’yorlashtirish uchun yoshga bog’liq
dozalarda
parasetamol, ibuprofen yoki nimesulid qo’llaniladi. Aspirin ishlatilishi taqiqlanadi,
chunki u bola hayoti uchun xavfli bo’lgan gepatoserebral sindrom rivojlanishiga olib
kelishi mumkin. Shuningdek isitmani tushirish uchun bemor tanasiga spirt, sirkaning
suvli eritmalarini surtish mumkin.
Tibbiy tekshiruvlar doirasida bemor tana haroratining oshishi sababi aniqlanadi
va tegishli davolash belgilanadi. Ba’zi hollarda bemorni shifoxonaga yotqizish yoki
ambulatoriya sharoitida qo’shimcha tekshiruvlar o’tkazish kerak bo’lishi mumkin.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
94