E. M. Colocassides College of Tourism & Hotel Management, Doctor of Science in


Dizel yoqilg‘isi va mineral moylarning quyi haroratli



Download 32,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/402
Sana30.04.2022
Hajmi32,47 Mb.
#595351
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   402
Bog'liq
Science and Education Volume 2 Issue 12 (2)

Dizel yoqilg‘isi va mineral moylarning quyi haroratli 
xossalarini yaxshilaydigan prisadkalarni sintez qilish hamda 
qonuniyatlarini o‘rganish 
Anora Fayzullayevna G‘aybullaeva 
Sadriddin Fayzullayevich Fozilov 
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti 
 
Annotatsiya:
Dizel yoqilg‘ilar (DYO) va mineral moylar (MM) uchun 
depressorli qo‘ndirmani ishlab chiqishda asosiy komponent sifatida tavsiflari TU 
38.401.1059-97 ga to‘g‘ri keladigan etilenning propilen bilan (EP) past molekulyar 
statik sopolimeri tanlandi. EPni tanlash qo‘yidagi sabablar bilan shartlangan: 
birinchidan, EP- doimiy iste’molchisiga ega bo‘lmagan, etilen-propilenli kauchukni 
sanoat ishlab chiqarilishida hosil bo‘ladigan, mamlakatda ishlab chiqariladigan arzon 
mahsulotdir 
Kalit so’zlar: 
Yoqilg’i, qo’ndirma, depressor, sopolimer, propilen
 
 
Synthesis and study of the properties of additives that improve 
the low-temperature properties of diesel fuel and mineral oils 
Anora Fayzullayevna G‘aybullaeva 
Sadriddin Fayzullayevich Fozilov 
Bukhara institute of engineering technology 
 
Abstract: 
A low molecular weight static copolymer of ethylene with propylene 
(EP) whose characteristics correspond to TU 38.401.1059-97 was selected as a key 
component in the development of a depressant compound for diesel fuels (DYO) and 
mineral oils (MM). The choice of EP is due to the following reasons: first, EP is a 
cheap domestic product, which is produced in the industrial production of ethylene-
propylene rubber, which does not have a regular consumer. 
Keywords:
Fuel, additive, depressor, copolymer, propylene 
Dunyoda so‘ngi yillarda kuzatilayotgan energoresurslarning o‘sib borayotgan 
tanqisligi an’anaviy issiqlik tashuvchilarga yanada tejamliroq bo‘lishga va mahalliy 
resurslar asosida yoqilg‘ining noan’anaviy energiyani tejaydigan turlarini izlashga 
majbur qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan keyin neft va gaz sanoati 
sohasi ham jadal sur’atlarda taraqqiy etib, ishlab chiqarilayotgan neft va gaz 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
279


mahsulotlari nafaqat miqdor jihatdan ko‘paytirish, balki ular asosida yuqori sifatli 
mahsulotlar tayyorlanashni taqazo qiladi.
Dizel yoqilg‘ilar (DYO) va mineral moylar (MM) uchun depressorli 
qo‘ndirmani ishlab chiqishda asosiy komponent sifatida tavsiflari TU 38.401.1059-97 
ga to‘g‘ri keladigan etilenning propilen bilan (EP) past molekulyar statik sopolimeri 
tanlandi. EPni tanlash qo‘yidagi sabablar bilan shartlangan: birinchidan, EP- doimiy 
iste’molchisiga ega bo‘lmagan, etilen-propilenli kauchukni sanoat ishlab 
chiqarilishida hosil bo‘ladigan, mamlakatda ishlab chiqariladigan arzon mahsulotdir. 
Ikkinchidan, adabiyotlar ma’lumotlari taxlili shundan dalolat beradiki, ma’lum fizik-
kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan etilenning propilen bilan sopolimerlari MMda 
depressorli va qovushqoqli qo‘ndirmalar effektini namoyon qilishi mumkin. 
Uchinchidan, tanlangan sopolimerning molekulyar massasi kichikligini (2000 -5000) 
nazarda tutib faraz qilish mumkinki, u odatda MMda qo‘llaniladigan qo‘ndirmalar 
paketi bilan yaxshi mos keladi va mustaxkam sistemani hosil qilib neft 
mahsulotlarida 
yaxshi 
eriydi. 
Avvalroq 
aniqlangan 
ediki, 
EPni 
modifikatsiyalanmagan holda DYO ga qo‘ndirma sifatida qo‘llash mumkin emas, 
chunki u DYOda hatto kichik konsentratsiyalarda (0,025% mass.) DYOning 
filtrlanuvchanlik koeffitsientini ancha oshiradi (me’yor 3 dan ko‘p bo‘lmaganda 10 
dan ortiq bo‘lgan qiymatlargacha) [1]. 
EP sopolimeri DYO va MM ga qo‘ndirma sifatida dastlabki tekshirishlari shuni 
ko‘rsatdiki, tarkibiga EP kiradigan yoqilg‘ili ham, moyli ham kompozitsiyalar hatto 
xona haroratida 1,5-2 oy o‘tgandan keyin oson qatlamga ajraladi. Bu 
kamchiliklarning DYO da yuqori depressorli samaradorligiga qaramasdan ular 
DYOning filtrlanuvchanlik koeffitsentini oshirish qobiliyatiga ega ekanligini hisobga 
olib mazkur ishda EP asosida kompozitsion qo‘ndirma ishlab chiqildi, uning tarkibiga 
qo‘ndirmaga SFM xossalarni bag‘ishlaydigan va unga termodinamik mustahkamlikni 
ta’minlaydigan dispersiyalovchi agent ham, aromatik erituvchi ham kiradi [2]. 
Kompozitsiyani olishni optimal sharoitlarini aniqlash maqsadida qo‘ndirma 
barqarorligining uni olish sharoiti (harorati, vaqti va komponentlarning o‘zaro 
nisbati)ga bog‘liqligi tekshirishlari o‘tkazildi. 
Qo‘ndirma barqarorligi bir yil davomida 0
0
S da saqlash jarayonida qatlamga 
ajralish qobiliyati bo‘yicha vizual baholandi. Optimal sharoitlar deganda shunday 
sharoitlar tushuniladiki, qaysikim ular xomashyo komponentlari va energiya 
resurslarining minimal sarflarida DYO va MM da maksimal samaradorlikni namoyon 
qiladigan barqaror kompozitsion qo‘ndirmani olishni ta’minlash. Tekshirishlar 
davomida shu narsa aniqlanganki, EP ning MM va DYO bilan mos keluvchanligini 
yaxshilash va EP ning yoqilg‘ili va moyli sistemasi barqarorligini oshirish uchun 0 
0

haroratda erituvchi sifatida 15-20% mass. miqdoridagi toluolni qo‘llash kerak (1-
jadval, 1-rasm) ekan. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
280


Surat-DYO uchun natijalar, maxraj-MM uchun, EP ning DYO da miqdori -
0,05% mass, MM da-2 % mass., kospozitsiyani saqlash harorati - 0
0
S *)+ - 
qatlamlanish yo‘q, (-) -sistema qatlamlanadi. 
1-rasm. Yoqilg‘i va moylar barqarorligining kompozitsion qo‘ndirma tarkibiga 
bog‘liqligi 
1-jadval 
EP bilan yoqilg‘ili va moyli kompozitsiya barqarorligining sistemadagi toluol 
miqdoriga bog‘liqligi 
T/r 
№ 
Toluol miqdori, % 
mass 
Barqaror yoqilg‘ilar/ 
moyli kompozitsiya 
Qatlamlanish 
vaqti, oylar 


-/- 
0,5/1 


-/- 
3/4 

10 
-/- 
5/7 

15 
-/+ 
8/12 

20 
+/+ 
12/12 

25 
+/+ 
12/12 

30 
+/+ 
12/12 

50 
+/+ 
12/12 
1-jadvalda keltirilgan natijalardan ko‘rinib turibdiki, 0,05% mass. EP ni 
saqlagan DYO 0 
0
S da saqlashdan keyin, yoqilg‘ili hamda moyli sistemaga erituvchi-
toluolni kiritish tekshirilayotgan neft mahsulotlarida EP eruvchanligini oshiradi va 
sistemalar barqarorligi ham oshadi. 12 oy davomida qatlamga ajralmaydigan EP bilan 
yoqilg‘i kompozitsiyasini olish uchun unga kamda 20% mass toluol, moyiga esa -
15% mass toluolni kiritish zarur. 
Qo‘ndirmali DYO ning sedimetatsion mustahkamligini oshirish uchun etakchi 
firmalar depressorni n-parafinlarning dipergatorlari bilan birga qo‘llashni taklif 
qilayotganini hisobga olib mazkur ishda ishlab chiqarilayotgan kompozitsion 
qo‘ndirma samaradorligi va bu qo‘ndirmali DYO va MM barqarorligining 
kompozitsiya 
tarkibida 
dispersiyalovchi 
qo‘shimcha miqdoriga bog‘likligi 
tekshirildi[3]. Dispersiyalovchi qo‘shimcha sifatida qutbli suksinimid qo‘llanildi. (S-
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
281


5A qo‘ndirmasi-motor moylari uchun dispergator). 2-jadvalda keltirilgan natijalardan 
ko‘rinib turibdiki, S-5Ani 5 % mass.dan 30 % mass.gacha konsentratsiyada EP va 
toluolning saqlagan yoqilg‘i va moyli kompozitsiyaga kiritish ularning barqarorligini 
buzmadi: yoqilg‘i kompozitsiyasi ham, moyli kompozitsiya ham bir yil davomida 
qatlamga ajralmadi.

2-jadval 


EP va toluol bilan yoqilg‘i va moyli kompozitsiyalar barqarorligining ularda S-5A 
miqdoriga bog‘liqligi 
T/r 
№ 
Qo‘ndirmada S-5A 
konsentratsiyasi, % 
mass 
kompozitsiya 
barqarorligi 
Qatlamlanish 
vaqti, oylar 


+/+ 
12 


+/+ 
12 

10 
+/+ 
12 

15 
+/+ 
12 

20 
+/+ 
12 

25 
+/+ 
12 
*) Surat-yoqilg‘i kompozitsiyasi uchun natijalar; maxraj-moyli uchun DYO 
uchun qo‘ndirmada toluol miqdori-20 % mass; MM uchun - 15% mass. 
DYO da qo‘ndirma konsentratsiyasi-0,05 % mass. MMda - 2% mass. 
DYO va qo‘ndirmali MMni saqlash harorati-0 
0

Shunday qilib, 0
0
S saqlash sharoitida DYO va MMning kompozitsion qo‘ndirma 
bilan barqarorligi saqlanishini ta’minlaydigan bu qo‘ndirmani olish uchun 
qo‘yidagilar bo‘lishi zarur: 
DYO uchun kompozitsiya 50 dan 75% mass.gacha EPni, 20% mass.toluolni va 
5 dan 30% mass.gacha S-5Ani saqlashi kerak; 
MM uchun kompozitsiyasi esa-55 dan 80 % mass.gacha EPni, 15% toluolni va 5 
dan 30% mass.gacha S-5Ani saqlash kerak. 
Ko‘rsatilgan tarkibli kompozitsiyalar komponentlarini 50-55
0
S haroratda 
aralashtirish 
yo‘li bilan tayyorlash mumkin. Kompozitsion qo‘ndirmani 
tayyorlashning ko‘rsatilgan harorat intervali EP ning bu haroratlarda yuqori 
qovushqoqli holatdan oquvchanga o‘tish qobiliyatidan kelib chiqib tanlangan 
qo‘ndirmani tayyorlash vaqtini bir jinsli barqaror kompozitsiyani olishdan kelib 
chiqib tanlandi. Qo‘ndirmaning optimal tarkibini, shu jumladan unda S-5A 
miqdorini, uning DYO va MMda samaradorligini baholashdan keyingina aniqlash 
mumkin.

Download 32,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish