E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   160
nm 
dan 700 
nm 
gacha bo‟lishi mumkin. Shuning uchun turli hayvonlar 
ko‟rishi turli muhitlarga – dengiz tubidan havo okeanigacha moslashgan. 
Rodopsin yutilish spektridagi maksimum 498 
nm 
ga to‟g‟ri keladi. 
a) b)


331 
8.24-rasm. 
Fotoreseptor hujayralar tuzilishi: a) tayoqchaning tuzilishi; b) 
kolbachaning tuzilishi; 1.Disklar; 2. Moyli tomchi; 3.Mitoxondriyalar;4. Goldji 
apparati; 5. Yadro; 6. Sinaptik zona. 
Rodopsin ul`trabinafsha nurlarni ham yaxshi yutadi (
nm
278
max


) – biroq 
bu yutilish maksimumi retinalga emas, opsin tarkibiga kiruvchi aminokislotalar 
(triptofan va tirozin)ga bog‟liq (8.25-rasm). 

10
8




250 350 450 550 λ, nm 
8.25-rasm. 
Rodopsin yutilish spektri. λ-to’lqin uzunligi, D-optik zichlik 
Biroq ul`trabinafsha nurlar ko‟zning to‟ridagi rodopsinni qo‟zg‟ata 
olmaydi, chunki bu nurlarni ko‟zning sindiruvchi muhiti yutib qoladi. 
Qorong‟ulikda retinal buralgan 11-sis shaklda bo‟ladi. Bu shakldagi 
sisretinal molekulasi opsin bilan kuchli ta‟sirlashadi, shuning uchun ular 
birikmasi ancha turg‟undir. Uni yemirish uchun 11-sisretinalni boshqa izomerga 
– to‟la transretinalga o‟zgartirish kerak. Yorug‟lik ta‟siridagi bunday 
o‟zgartirishga fotoizomerlash deyiladi (8.26-rasm).


332 
1 2 
8.26-rasm. 
Retinal fotoizomerlanishi sxemasi: 
11 sisretinal (1) ning to’la transretinal (2) ga aylanishi. 
Fotoizomerlash - ko‟rish aktidagi birinchi va yagona fotokimyoviy 
reaksiyadir. U alohida rodopsin molekulasi ichida ro‟y beradi va fotosintezdan 
farqli o`laroq kimyoviy reaksiyalar bilan bog‟liq bo‟lmaydi. Ko‟rishning 
fotosintezdan yana bir farqi shundaki, rodopsin molekulalari orasida energiya 
o‟tishlari mumkin emas, chunki fotoreseptor membranada ular bir-biridan 7
 nm
masofada joylashgan. Fotoizomerlash tufayli ko‟rish hissiyoti paydo bo‟lishiga 
rodopsin molekulasining konformasion o‟zgarishi sababchi bo‟ladi.
11 – sisretinal fazoviy holda opsin aktiv markazi tuzilishiga to‟g‟ri keladi. 
Transizomer hosil bo‟lganda bu muvofiqlik buziladi, natijada retinal opsindan 
ajraladi va rodopsin rangsizlanadi – fotolizga uchraydi.
Yorug‟lik ta‟sir etmagan holda parchalangan rodopsin tiklanadi. 
Transretinal o‟zining asl shakliga qaytadi. Fotoizomerlashga teskari bunday 
jarayon reizomerlash deb ataladi. Har bir tayoqcha bir sutkada 
5
10
8

rodopsinni, 
11-sisretinalni opsin bilan qo‟shilishi orqali sintezlaydi. Bu ko‟rish pigmentining 
bir sutkadagi umumiy sintezi 
14
10
2

molekulani tashkil etadi.
Retinal fotoizomerlanishi tufayli opsinda paydo bo‟ladigan konformasion 
o‟zgarishlar fotoreseptor membrananing fizik-kimyoviy xossalarini o‟zgartiradi. 
Buning natijasida fotoreseptor hujayraning membrana potensialida o‟zgarishlar 
ro‟y beradi. Qorong‟ilikda hujayrada erkin siklik guanozinmonofosfat (s GMF) 
mavjud va sitotplazmatik membrananing ionlar kanallari ochiq, membrana 
potensiali hujayra ichida “+” ishoraga ega. 
Yorug‟likning bir necha millisekund davomidagi ta‟sirida tayoqchalarning 
tashqi segmentlari s GFM ni ATF ishtirokida bog‟lashi ro‟y beradi. Hujayrada 
bog‟lanish markazlari soni s GMF molekulalari sonidan ko‟proq bo‟lgani uchun, 
siklik nukleotid to‟la bog‟lanishi va uning sitoplazmadan yo‟qolishi mumkin. Bu 
ionlar kanallarining yopilishiga va membrana potensialdagi siljishga olib keladi. 


333 
So‟ngra s GMF bog‟lanish markazlarida nukleotid desorbsiyasi boshlanadi, 
kanallar ochiladi va qorong‟ilikdagi hujayra uchun xos bo‟lgan tinchlikdagi 
membrana potensiali tiklanadi.
Kolbachalar orasida yutilish spektri molekula maksimumlari 445, 535 va 
570 
nm
bo‟lgan 3 turi ochilgan. Kolbachalar pigmenti, rodopsindagi kabi, 11-
sis-retinalga ega, ammo pigmentning oqsil qismida farq bo‟lgani uchun, 
kolbachalar pigmenti yodopsin deb ataladi. Kolbachalarning tashqi segmenti 
berk bo‟lmagan disklardan tashkil topgan (8.24-rasm, v). Uchala tipdagi 
kolbachalarning pigmentlardagi xromofor guruhi retinaldan iborat, yutilish 
spektridagi farqlar esa turli oqsillar mavjudligi bilan tushuntiriladi. 
Kolbachalarning uch tipi mavjudligi sababli odam ko‟zi ranglarni ajrata oladi. 
Ayrim genetik kasalliklarda yodopsin oqsillardan birining sintezi buziladi, 
natijada rangli ko‟rishga mos keluvchi pigmenti hosil bo‟lmaydi va odam 
ranglarni ajratish qobiliyatini yo‟qotadi. Ushbu kasallik daltonizm deb ataladi.
Bakteriorodopsin galofill bakteriyalar membranasida topilgan bo‟lib, qator 
xossalari bilan rodopsinga o‟xshaydi (aminokislotali tarkibi, molekulalar 
massasi, xromoforning kimyoviy tabiati). Bu umumiylik ulardagi fotokimyoviy 
o‟zgarishlar jarayonida ham mavjud. 

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish