E. Ismailov, N. Mamatkulov, G’. Xodjayev, Q. Norboev biofizika va radiobiologiya



Download 4,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/160
Sana29.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#615487
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   160
 
Sinov savollari. 
1.
Atom yadrosi nimalardan tashkil topgan? 
2.
Yadro kuchlari nima va u qanday xarakterga ega? 
3.
Massa defekti deb nimaga aytiladi? 
4.
Bog‟lanish energiyasi nimaga teng? 
5.
Izotoplar deb qanday moddalarga aytiladi? 
6.
Radioaktivlik deb nimaga aytiladi? 
7.
Yemirilish qonuni nimadan iborat? 
8.
Yarim emirilish davri deb nimaga aytiladi? 
9.
Radioaktiv emirilish turlarini tushuntiring. 
10.
Radioaktiv zarrachalarni qayd qilishning qanday usullarini bilasiz? 
 
 
 
 
 
 
 
 


385 
XI bob.RADIOLOGIYA ASOSLARI 
 
§11.1. Radiologiya predmeti va tarixi 
 
Biosfera evolyusiyasi doimiy ionlanuvchi radiasiya ta‟sirida kechganligi 
tufayli, tirik organizmlarning nurlanishga biologik javobi mexanizmi paydo 
bo‟lgan. XIX asr oxirida Rentgen nurlarining va radioaktiv emirilish 
hodisasining ochilishi va shundan so‟ng biologik tizimlarning ionlanuvchi 
ta‟sirlarga reaksiyalarini har tomonlama o‟rganish radiobiologiya fanining 
paydo bo‟lishiga sabab bo‟ldi. XX asrda radiobiologiyaning tez rivojlanishiga 
atom qurollarining yaratilishi va ularning Xirosima va Nagasakini bombardimon 
etishda ishlatilishi, yadro qurollari sinovlari, atom energetikasining rivojlanishi 
tufayli radiasion fonning ortishi, radiasion avariyalar ta‟sir etdi. 
Radiobiologiya (lotincha radio-nurlanish) –ionlanuvchi nurlarning tirik 
organizmlarga ta‟siri haqidagi fandir. 
Ionlanuvchi nurlanish deb , uning muhit atom va molekulalariga ta‟sirida 
turli ishorali ionlar hosil bo‟lishiga olib keluvchi nurlanishlarga aytiladi. 
Ionlanuvchi nurlanishlarga: 




,
nurlar, proton, neytron va turli shakldagi 
foton nurlanishlar (rentgen va 


nurlar) kiradi. Ionlanuvchi nurlanishga 
infraqizil, ultrabinafsha, odam ko‟zi ko‟radigan yorug‟lik kirmaydi. 
Ionlanuvchi nurlanishlar energiyasi molekulyalar aro va molekulalar ichki 
bog‟lanish energiyasidan kattadir. 
Radiobiologiyaning asosiy masalasi ionlanuvchi ta‟sirga biologik 
javobning umumiy qonuniyatlarini ochishdan iborat. 
Radiobiologiyaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 

biologik obyektlarining nurlanishga reaksiyalarini o‟rganish; 

organizmlarning turli radiosezgirlik sabablarini tushuntirish; 

organizmlarni ionlanuvchi nurlanishlar ta‟siridan himoya etish usullarini 
izlash; 

organizmlarning nurlanishdan keyingi tiklanish mexanizmlarini o‟rganish; 


386 

atrof-muhitning radiasiya darajasi oshishi xavfini baholash; 

ionlanuvchi nurlanishlardan tibbiyotda, qishloq xo‟jaligida va sanoatda 
foydalanish yo‟llari va vositalarini izlash. 
Ionlanuvchi nurlanishning tirik organizmlarga ta‟sirining xususiyati 
biologik obyektning yutgan energiyasi kichik qiymati bilan uning biologik 
ta‟siri o‟ta kuchliligi hisoblanadi. Bunday mos kelmaslik asosiy radiobiologik 
paradoks deb ataladi. Masalan, ionlanuvchi nurlanishning turiga bog‟liq 
bo‟lmagan holda 10 Gr dozadagi nurlanish barcha sut emizuvchilar uchun 
halokatlidir. Agar bu energiyani issiqlik energiyasiga aylantirsak, odam 
organizmi harorati atigi 0,001
C

gagina oshadi. 
Har qanday tirik mavjudot ionlanuvchi nurlanishdan halok bo‟lishi 
mumkin. Biroq, o‟limga olib keluvchi nurlanish dozasi (letal doza) turli 
obyektlar uchun turlichadir.11.1-jadvalda turli biologik obyektlar uchun 50% ni 
halok bo‟lishiga olib keluvchi foton nurlanishlari dozalari keltirilgan. 
11.1-jadval 
Nurlangan organizmlarning 50% ni halok bo‟lishiga olib keluvchi
foton nurlanishlar dozasi
,
50
D
Gr ( Yarmonenko,1984) 
Biologik tur 
,
50
D
Gr 
Biologik tur 
,
50
D
Gr 
Odam 
2,5-3,5 
Qushlar 
8,0-20,0 
Qo‟y 
2,0-3,8 
Baliqlar 
8,0-20,0 
It 
2,5-3,0 
Ilonlar 
80,0-200,0 
Maymun 
2,5-6,0 
Hasharotlar 
10,0-100,0 
Sichqon 
6,0-15,0 
O‟simliklar 
10,0-1500,0 
Radiobiologiya fizika, biofizika, biokimyo, molekulyar biologiya, 
sitologiya, genetika, fiziologiya kabi fanlar bilan bog‟liq. Radiobiologiyaning 
nazariy qarashlari ionlanuvchi nurlanishning tirik organizmlarga ta‟sirini 
o‟rganuvchi fanlar uchun katta ahamiyatga ega. 


387 
Hozirgi paytda radiobiologiyada maxsus ilmiy yo‟nalishlar ajralib chiqdi: 
radiasion biokimyo, radiasion genetika, radiasion ekologiya, klinik dozimetriya 
v.h. 
Radiobiologiya eksperimental fan bo‟lib, unda tirik tabiatning molekulyar 
darajasidan biosferagacha tekshirishlar olib boriladi. 
Radiobiologiyaning paydo bo‟lishi V.K.Rentgenning X-nurlarni (1895 y.), 
A. Bekkerelning uran tabiiy radioaktivligini (1896 y.) va M.Sklodovskaya- 
Kyuri va P. Kyurining poloniy va radiy radioaktiv xossalari (1898 y.) ochilishi 
bilan bog‟liq. Rentgen nurlari ochilishidan so‟ng ionlanuvchi nurlanishning 
biologik ta‟sirini o‟rganish boshlandi. G. Hyeyneke rentgen nurlari bilan 
sichqonlarga ta‟sir etib nurlanishli anemiya va leykopeniyani o‟rgandi. 1903 
yilda D. Bun hujayra radiosezgirligida uning yadrosi shikastlanishi rolini 
aniqladi. Radiobiologiyaning boshlang‟ich davrida ionlanuvchi nurlanish 
ta‟sirida hujayralar bo‟linishi sekinlashuvi (Kornike, 1905) va turli 
hujayralarning nurlanishga reaksiyalarida farqi borligi (Bergone va Tribondo, 
1906) aniqlandi. 
XX asrning birinchi choragida ionlanuvchi nurlanishning embriogenezga 
ta‟siri o‟rganildi. Shu davrda radiobiologiyaning miqdoriy bog‟lanishlari tadqiq 
etila boshlandi. 1922 yilda F. Dessauyer hujayrada ionlashish hodisalarini 
tushuntiruvchi birinchi nazariyani taklif etdi, amerikalik olim G. Miller 
ionlashtiruvchi nurlanishning mutagen ta‟sirini ochdi. 
XX asrning 40-60 yillarida AQSh, Yevropa va Rossiyada yirik atom 
markazlari qoshida maxsus radiobiologiya laboratoriyalari tashkil etildi. Shu 
paytlarda amerika olimlari A.Hollender, G.Kurtis, A.Sperrou, V.Rasel, ingliz 
olimlari L.Grey, P.Aleksandr, J.Lautit, fransuz olimlari P.Latarje, J.Mate, olmon 
olimlari K.Simmer,U.Hagen,B.Rayevskiy, yapon olimi T.Sugahara, rus olimlari 
A.Kuzin,N.Dubinin 1945 yilda Hirosima va Nagasaki shaharlarida atom 
bombalari portlatilganidan so‟ng radiobiologik effekt mexanizmlari va nur 
kasalligi patogenezini o‟rganishga , nurlanishdan himoya usullarini ishlab 
chiqishga katta e‟tibor berishdi. 


388 
O‟zbekistonda 1956 yilda Yadro fizikasi instituti tashkil etilgach 
radiobiologiya tadqiqotlari boshlandi. 1964 yilda akademik Yo.X.To‟raqulov va 
R.Islombekovlar qalqonsimon bezning kasalliklarini davolashda ionlanuvchi 
nurlanishlardan foydalangani uchun davlat mukofotiga sazovor bo‟lishdi. 
SamQXI fizika kafedrasida ishlagan dosent M.Yangibayev ham akademik 
Yo.X.To‟raqulov rahbarligida qalqonsimon bezga ionlanuvchi nurlanish ta‟sirini 
o‟rgandi. 1976 yilda nishonli radiopreparatlar chiqarish yo‟lga qo‟yildi. 
O‟zbekistonda radiobiologiya sohasida salmoqli hissa qo‟shgan olimlar qatorida 
A Qosimov, J.Musayev, N. Nazirovlar ham bor. 
1950-60 yillarda turli mamlakatlarda radionuklidlarning tarqalishi va tirik 
organizmlarda to‟planishiga oid tadqiqotlar o‟tkazilishi natijasida yadro 
qurollarining atmosferada, suv ostida va kosmosda sinovlarini o‟tkazishni 
taqiqlash haqidagi xalqaro shartnomalar qabul qilindi. 
Radiobiologiyaning dolzarb masalalarini o‟rganish uchun Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti qoshida maxsus qo`mitalar tashkil qilindi. 
Hozirgi davrda radiobiologiyada hujayralar radiasion shikastlanishi 
mexanizmlari, nurlanish kasalligini davolash usullari, radiasion kanserogenez 
mexanizmlari, kosmik radiobiologiya masalalarini o‟rganish bormoqda.

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish