E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet50/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

2-masala

Shifoxonaga o‘lat kasalligiga chalingan bemor qabul qilindi. Tibbiy xodim anamnez yig‘ish va ko‘zdan kechirishlar orqali mazkur tashxisni tasdiqladi va himoya kostyumini quyidagi tartibda kiydi: tibbiy xalat, kombinezon, kapyushon, noskilar va rezina etiklar.

  1. Himoya kostyumini kiyishda qanday xatolikka yo‘l qo‘yildi?

  2. Himoya kostyumini to‘g‘ri kiyish tartibini aytib, ko‘rsatib bering.

3-masala

O‘lat kasalligiga chalingan bemorni ko‘zdan kechirish va boshqa muolajalar tugagandan keyin quyidagi tartibda himoya kostyumi yechildi: etik, noskilar, ko‘zoynak, qo‘lqop, ro‘mol, kleyonka

fartuk, kombinezon. Yechilayotgan buyumlarning zararlangan qismi tashqariga qilib o'raldi. Shundan keyin dush qabul qilindi.

  1. Himoya kostyumini yechishda qanday xatoliklarga yo'l qo'yil- gan?

  2. Himoya kostyumi qanday tartibda yechilishi zarur?

Yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yishning asosiy usullari

Yuqumli kasalliklarga tashxis qo'yish bemorni har tomonlama va muntazam tekshirish bilan bog'liq bo'lib, bular quyidagilarni o'z ichiga oladi: shikoyatlar, anamnez yig'ish (ayniqsa epidemiologik), bemorni ko'zdan kechirish, laboratoriya tekshirish usullari.

Shikoyatlari. Bemorning asosiy shikoyatlariga e’tibor beriladi. Chunki kasallik uchun xarakterli bo'lgan shikoyatlar orqali ko'p hollarda dastlabki tashxis qo'yish mumkin.

Anamnez. Yuqumli kasalliklarni aniqlashda boshqa kasalliklardagi kabi anamnez, ya’ni so'rab-surishtirish katta ahamiyatga ega. Anamnez yig'ishda kasallik tarixi — uning dastlabki belgilari qachon paydo bo'lganligi, kasallik boshlanishi (o'tkir yoki asta-sekin), isitma bo'lganligi (balandlik darajasi), toshmalar, qusish (kuniga necha marta), og'riqning joyi va intensivligi (bosh og'rig'i, qorin og'rig'i, bo'g'imlar og'rig'i), uyquning buzilishi (uyqusizlik yoki ko'p uxlash) va hokazolar batafsil aniqlab olinadi. Ayniqsa epide­miologik anamnez alohida ahamiyatga ega bo'lib, u infeksiya o'chog'i va yuqish yo'llarini aniqlashga qaratilgandir. To'g'ri yig'ilgan epidemiologik anamnez o'z vaqtida va to'g'ri tashxis qo'yishda katta yordam beradi, shifoxona ichi infeksiyasining oldini olishda o'ta muhim hisoblanadi. Bu anamnez ma’lumotlari ko'p hollarda yashirin davr muddatini aniqlash va epidemiyaga qarshi ko'riladigan tadbirlarni belgilashga yordam beradi. Epidemiologik anamnez yig'ish vaqtida quyidagilarga e’tibor berish lozim:

  • yuqumli kasallikka chalingan bemorlar bilan kontaktda bo'l­ganligi (uyda, qo'shnilar bilan, ishda);

  • kasal hayvonlarni parvarishlash, hayvonlar orasida kasallik borligi, ov qilish;

  • kasallik yuqishi mumkin bo'lgan joylarda bo'lish;

  • chet elda bo‘lish;

  • yashash sharoiti (xonaning sanitar holati);

  • hasharotlar chaqishi, jarohatlanish, operatsiyalar;

  • o‘tkazilgan profilaktik emlashlar;

  • shaxsiy gigiyenaga rioya qilish;

  • kasbi (chorvador, teri sanoatida ishchi, cho‘pon, sut sog‘uv- chi va hokazo).

Bemorni obyektiv tekshirish. Obyektiv tekshirish ma’lum tar- tibda o‘tkaziladi. Bemorning umumiy ahvoli qoniqarli, o‘rta og‘irlikda va og‘ir bo‘lishi mumkin. O‘rindagi holati — faol, sust va majburiy bo‘ladi.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish