Nazorat savollari Teniarinxoz kasalligi qo‘zg‘atuvchisi odam tanasining qaysi sohasida parazitlik qiladi?
«Finnali go‘sht» nima?
Teniarinxozning surunkali bosqichida qanday belgilar kuza- tiladi?
Teniarinxozda degelmintizatsiya qanday amalga oshiriladi?
Tenioz (taeniosis)
Qo‘zg‘atuvchisi — Taenia solium — cho‘chqa solitori hisoblanadi. U tashqi ko‘rinishi bo‘yicha qoramol solitoriga o‘xshaydi. Uzunligi 3 m dan oshmaydi, tanasi 1000 tagacha bo‘g‘imlardan tuzilgan. Boshchasida 4 ta so‘rg‘ichdan tashqari 22—32 tacha ilmoqlar mavjud. Yetilgan bo‘g‘imlar 50 mingga yaqin tuxumga ega bo‘ladi, ular qoramol solitoridagiga nisbatan ancha kalta, bachadoni esa 8—12 ta yon shoxchalardan iborat. Bo‘g‘imlar faol harakatlana olmaydi. Cho‘chqa va qoramol solitori onkosferalarida deyarli farq kuza- tilmaydi.
Cho‘chqa solitori odam ichagida bir necha yillar davomida parazitlik qiladi. Bo‘g‘imlari atrof-muhitga najas bilan ajraladi. Cho‘chqalar ifloslangan yemish yoki odam najasini yeyishi orqali onkosferalarni yutib yuborganda bu hayvonlarning mushaklarida 2,5 oydan keyin finnalar rivojlanadi.
Odam kasallikni yetarlicha termik ishlanmagan finnali cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilganda yuqtiradi. Ayrim hollarda odam bemor- lardan og‘iz orqali yoki autoinvaziya hamda zararsizlantirilmagan go‘ng bilan o‘g‘itlangan yerda yetishtirilgan sabzavotlarni yuvmas- dan iste’mol qilganda onkosferalarni yuqtirishi mumkin. Odam cho‘chqa solitori onkosferalari bilan zararlanishi natijasida teri osti kletchatkasi, mushaklar, ko‘z va bosh miyada finnalar (sistiserka- lar) rivojlanishi mumkin va bu og‘ir kasallik hisoblangan sistiser- kozga sabab bo‘ladi. Odam organizmida sistiserkalar bir necha yillar, cho‘chqa organizmida esa ular 2 yilgacha yashaydi, shundan so‘ng o‘ladi va ohaklanadi.
Gelmintning lichinkali bosqichi — sistiserka qo‘zg‘atadigan invaziya patogenezida to‘qimalar ezilishi, parazitlar atrofida yallig‘- lanish jarayoni, ularning almashinuv va parchalanish mahsu- lotlarining odam organizmiga allergik va toksik ta’siri asosiy aha- miyatga ega.
Sistiserkoz klinikasi sistiserkalar joylashishi, invaziya ko‘pligi va parazit rivojlanishining bosqichlariga bog‘liq. Invaziyaning eng ko‘p uchraydigan va og‘ir kechadigan shakllari — bu markaziy nerv sistemasi va ko‘z sistiserkozidir.
Yetilgan gelmintlar bilan invaziyalangan sistiserkoz tenioz asorati hisoblanadi, tenioz bo‘lmagan hollarda esa alohida nozologik shakl hisoblanadi.
Tenioz oqibati unda sistiserkoz rivojlanish xavfi bo‘lganligi uchun hamisha jiddiy hisoblanadi, chunki sistiserkozda oqibat ko‘pincha yomon tugashi mumkin.
Tashxis maqsadida odam najasi bilan ajralib chiqqan bo‘g‘imlar ko‘zdan kechirilib, najas mikroskopiya qilinadi. Bo‘g‘imlarning ajralish xarakteri va ularning tuzilishi bo‘yicha odatda teniarinxoz va tenioz o‘zaro farqlanadi. Buning uchun bo‘g‘im ikkita buyum oynachasi orasida eziladi va bachadonning yon tomonga shoxlanishi sanaladi. Tur bo‘yicha oxirgi (yakuniy) tashxis degelmintizatsiya vaqtida ajralib chiqqan solitor boshchalarini o‘rganish asosida qo‘- yilishi mumkin.
Sistiserkoz tashxisi klinik, rentgenologik va laboratoriya ma’lu- motlaridan serologik tekshirish usullari — KBR, BGAR va fluores- sent antitelolar reaksiyasiga asoslanadi.
Teniozni davolash sistiserkoz rivojlanish xavfi bo‘lganligi uchun juda katta mas’uliyat talab qiladi. Degelmintizatsiya uchun qirqquloq preparatlari qo‘llanadi. Qirqquloq ekstrakti miqdori 3—4 g gacha kamaytiriladi. Davolash jarayonida osoyishtalik ta’minlanib, epi- gastriyga issiqlik qo‘yish orqali qusishning oldi olinadi. Sistiser- kozning konservativ davosi ishlab chiqilmagan. Davolash — jarrohlik yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tenioz profilaktikasida invaziyalanganlarni o‘z vaqtida aniqlash va davolashdan tashqari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish katta ahamiyatga ega. Atrof-muhitning odam najasi bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Cho‘chqalar yopiq holda boqilishi kerak. Aholiga cho‘chqalarni hovlida nazoratsiz so‘yish mumkin emasligi va go‘shtni albatta veterinar-sanitar ekspertizadan o‘tkazish zarur- ligini tushuntirish lozim va buning uchun nazorat o‘rnatilishi shart. Go‘shtni, ayniqsa veterinar nazoratdan o‘tmagan go‘shtni yetar- licha qaynatish zarur.