E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet288/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Nazorat savollari

  1. Odamda fassiolalarning qanday turlari parazitlik qiladi?

  2. Odam fassiolozni qanday yuqtiradi?

  3. Fassioloz klinikasi va tashxisi haqida gapirib bering.

  4. Fassiolozni qanday davolash mumkin?

Paragonimoz_(paragonimosis)___Qo‘zg‘atuvchisi_—_Paragonimus_westermani'>Paragonimoz (paragonimosis)

Qo‘zg‘atuvchisi — Paragonimus westermani (o‘pka so‘rg‘ichi) — tuxumsimon shaklda bo‘lib, 1 sm gacha kattalikka ega. Tanasi tikanchalar (shiplar) bilan qoplangan. Tuxumi ovalsimon, nisbatan yirik, ya’ni uzunligi 100 mkm atrofida bo‘lib, ular yirik sariq hujayralar bilan to‘lgan bo‘ladi.

Paragonimoz — peroral biogelmintoz, tabiiy o‘choqli invaziya hisoblanadi. Parazitning oxirgi xo‘jayini va invaziya manbai odam, mushuk, it, cho‘chqa va yovvoyi etxo‘r hayvonlar hisoblanadi. Ular organizmidan gelmintlar tuxumi asosan balg‘am bilan (kam hollarda najas bilan) ajraladi. Oraliq xo‘jayinlari — chuchuk suv mollus- kalari bo‘lsa, qo‘shimcha xo‘jayinlari — chuchuk suv krablari va qisqichbaqalar hisoblanadi. Odam Paragonimus westermani meta- serkariylari bilan invaziyalangan krab qisqichbaqalarni ovqatga ishlatish natijasida kasallik yuqtiradi. Metaserkariylar ichak devorlari orqali qorin bo‘shlig‘iga migratsiya qiladi, so‘ngra plevra bo‘shlig‘i va o‘pkaga (diafragma orqali, ba’zan gematogen yo‘l bilan), ba’zida bosh miya va boshqa a’zolarga migratsiya qiladi. 3 oy o‘tgandan keyin gelmint tashqi muhitga tuxumlar ajrata boshlaydi.

Paragonimlar parazitlik qilayotgan to‘qimalardagi toksik-allergik reaksiyalar va organizm sensibilizatsiyasi kasallik patogenezining asosi hisoblanadi.

Yashirin davr bir necha kun. Kasallik boshlanishida enterit, gepatit va aseptik peritonit belgilari xarakterlidir. Bulardan keyin yosh chuvalchanglar parazitlik qilishi tufayli o‘pka-plevra sindromi kuzatiladi va u bronxit, o‘choqli pnevmoniya hamda ba’zan ekssu- dativ plevrit simptomlari bilan kechadi. Bu davrda balg‘amda gelmint tuxumlari bo‘lmaydi.

Surunkali bosqich (kasallik yuqtirgandan 2—3 oy o‘tgach) intoksikatsiya simptomlari, tana haroratining vaqti-vaqti bilan 39°C gacha ko‘tarilishi va o‘pkaning zararlanish belgilari: yiringli, ba’zida qon aralash balg‘am ajralishi bilan kechadigan yo‘tal, ko‘krakda og‘riq, nafas yetishmasligi, o‘pkadan ko‘p qon ketishi bilan xarakterlanadi. Keyinchalik o‘pkaning zararlanish belgilari kama­yadi, patologik o‘choqlar fibrozlanadi va kalsifikatsiyalanadi, ularni rentgenologik tekshirganda aniqlash mumkin. Gelmintlar va ularning tuxumlari bosh miyaga tushganda paragonimoz juda og‘ir o‘tadi, bunda bosh miya o‘smasiga xos belgilar kuzatiladi.

Tashxis balg‘am va najasda topilgan so‘rg‘ich tuxumlariga asosan qo‘yiladi. Najasga ular balg‘amni yutish orqali tushadi. Kasallikning boshlanishida va lichinkali shaklida immunologik reaksiyalar (KBR va teri ichiga allergik sinama qo‘yish) o‘tkaziladi.

Davolashda 1 kg tana vazniga 30—40 mg dan ovqatdan keyin sutkada 1—2 mahal bitinol qo‘llanadi. Kattalarda 1 kg tana vazniga kurs bo‘yicha 300—400 mg tayinlanadi. Simptomatik va patogenetik terapiya o‘tkaziladi. Bosh miya paragonimozida ayrim hollarda jarrohlik operatsiyalari qo‘llanadi.

Profilaktikasi avvalo aholining sanitar madaniyatini oshirishni o‘z ichiga oladi. Ovqatga xom holda daryo krablari, qisqichbaqalar, to‘ng‘iz va boshqa hayvonlarning xom go‘shtini ishlatish mumkin emasligi tushuntiriladi.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish