Patogenezi va patologik anatomiyasi. Tularemiya qo‘zg‘atuvchisi organizmga teri, ko‘z shilliq pardalari, nafas va oshqozon-ichak yo‘llari orqali kiradi. Kirish joyi ko‘pincha kasallikning klinik ko‘rinishini belgilab beradi. Mikrob qon oqimi bilan regionar limfatik tugunlarga tushadi, u yerda nekrotik o‘choqli yallig‘lanish jarayonini chaqiradi. U yerdan qonga o‘tib (bakteremiya), butun organizm bo‘ylab tarqaladi. Bu esa umumiy intoksikatsiya va turli a’zolar (taloq, jigar, o‘pka)ning spetsifik zararlanishiga olib keladi. Allergik holat yuzaga keladi, bu kasallik patogenezida katta rol o‘ynaydi.
Patomorfologik jihatdan limfatik tugunlar va ichki a’zolar to‘qimalarida ko‘plab granulemalar hosil bo‘ladi. Tularemiya asorat- lariga miya pardalari, miya to‘qimalari va periferik nervlar zararlanishi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |