E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet217/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Davolash. O‘lat bilan kasallanganlar qat’iy izolatsiya qilinishi va albatta statsionarga yotqizilishi shart. O‘latni davolashda antibiotiklar asosiy ahamiyat kasb etadi. Antibiotiklar bilan davolash tashxis tasdiqlanishini kutmasdan boshlanadi. Ancha vaqtlargacha o‘latni davolashda asosiy antibiotik sifatida streptomitsin qo‘llanib kelindi, u katta miqdorlarda (bubonli shaklida — sutkasiga 3 g, o‘pkaga xos shaklida — 5 g) normal tana haroratining 5—7-kunlarigacha tayin­landi. Ammo streptomitsinning katta miqdorlari toksik ta’sirga egaligi uchun (buyrak, eshitish nervi va hokazolarning zararlanishi) bugungi kunda JSSTning ekspertlar Qo‘mitasi tavsiyasiga asosan, o‘latni davolashda tetrasiklin asosiy antibiotik hisoblanadi. U o‘latning bubonli va o‘pkaga xos shaklida ham samaralidir. Tetrasiklin dastlabki 48 soatda katta miqdorlarda (kasallik og‘irligiga qarab sutkasiga 4—6 g dan) tayinlanadi, so‘ngra miqdori sutkasiga 2—3 g gacha kamaytiriladi. Kasallikning og‘ir shakllarida dastlabki 24 soatda tetrasiklin preparatlari venaga yuborilishi mumkin.

Levomitsetin sutkasiga 1 kg tana vazniga 50—75 mg tayinlanadi. Etiotrop davo 7—10 kun mobaynida davom etishi zarur. Anti- bakterial davolash bilan bir qatorda, dezintoksikatsiya (patogenetik davo) o‘tkaziladi. Bunda 5% li glukoza, natriy xloridning izotonik hamda Ringer eritmasi, gemodez va reopoliglukin parenteral yo‘l bilan (venaga tomchilab) yuboriladi. Kuchli rivojlangan intok- sikatsiya va gemodinamika kuchli buzilganda glukokortikosteroidlar (prednizolon 100—150 mg gacha sutkada), yurak-tomir prepa­ratlari (korglikon, strofantin, kamfora, kofein, mezaton, adre­nalin) tayinlanadi. Katta miqdorda askorbinat kislota, B guruh vitaminlari, vikasol, antigistamin preparatlar buyuriladi.

Bubonlar beixtiyor yorilganda nekrotik va yiringli moddalar yaxshi ajralib chiqishi uchun furasilin yoki natriy xloridning gipertonik eritmalariga shimdirilgan salfetkalar yordamida bog‘- lamlar qo‘yiladi.

Bemorlar to‘liq klinik sog‘aygandan va uch martalik ijobiy bo‘lmagan bakteriologik tekshiruvlardan so‘ng shifoxonadan chiqa- rilishi mumkin. Shundan keyin 3 oy davomida tibbiy kuzatuvda bo‘ladilar.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish