Epidemiologiyasi. Tabiatda asosiy infeksiya manbai kemiruvchilar (kalamushlar, yumronqoziqlar, sichqonsimon kalamushlar, su- g‘urlar, jami 200 dan ortiq turlari) hisoblanadi. Infeksiya tar- qatuvchisi — burgalardir. Odam kasallikni bir necha yo‘llar orqali yuqtiradi: transmissiv — infeksiya yuqtirgan burgalar chaqishi natijasida, aloqa — infeksiya yuqtirgan ovlanadigan kemiruv- chilardan terisini ajratib olish va infeksiya yuqtirgan tuyalar go‘shtini bo‘laklaganda, alimentar — o‘lat mikroblari bilan zararlangan mahsulotlarni iste’mol qilganda, havo-tomchi yo‘l — o‘latning o‘pka shakli bilan kasallangan bemorlardan yuqadi. Kasallikka moyillik odamlarda juda yuqori bo‘lib, kasallikdan keyin ularda turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |