Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai — kemiruvchilar (sich- qonlar, qumsichqonlar, suvda yashovchi kemiruvchilar, yumron- qoziqlar, quyonlar)dir. Tularemiya bilan uy hayvonlari ham kasal- lanishi mumkin. Odam turli yo‘llar bilan, ya’ni transmissiv (qon so‘ruvchi hasharotlar orqali — masalan, kemiruvchilardan kasallik yuqtirgan kanalarning chaqishi), aloqa (ov, o‘lgan kemiruvchilar terisini shilib olish va ularga ishlov berish), aspiratsion (uzoq vaqtlar davomida g‘aramlangan va kemiruvchilar siydigi bilan zararlangan donlarni yanchishda hosil bo‘lgan changlarni yutish va b.) va alimentar (kemiruvchilar siydigi va najaslari bilan zararlangan mahsulotlar yoki kasal hayvonlar go‘shtini iste’mol qilish hamda infeksiya tushgan suvlarni ichish) yo‘llar bilan kasallik yuqtirishi mumkin. Kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |