Klinikasi. Yashirin davr 2 kundan 10 kungacha (ko‘pincha 3—5 kun) davom etadi. Difteriyaning klinik ko‘rinishlari turli xildir.
S.N.Rozanov taklif etgan klassifikatsiya yagona klassifikatsiya sifatida qo‘llanmoqda. Mazkur klassifikatsiya bo‘yicha quyidagi shakllar farqlanadi:
H a l q u m d i f t e r i ya s i:
lokalizatsiyalangan shakllari (kataral, orolchali, pardali);
tarqalgan shakllari (halqum va burun, halqum va hiqildoq, halqum va og‘iz bo‘shlig‘i difteriyasi);
d) toksik shakllari (subtoksik, I, II, III darajali toksik, gipertoksik, gemorragik);
Hiqildoq difteriyas i (lokalizatsiyalangan va tarqalgan krup);
B u r u n d i f t e r i ya s i (kataral-yarali va pardali shakllari);
K a m u ch r a y d i g a n d i f t e r i ya (ko‘z, quloq, jinsiy a’zolar, teri, jarohat).
Hozirgi vaqtda halqum difteriyasi ko‘p uchraydi (barcha bemor- larning 98% igacha). Halqum difteriyasi tipik (pardali, tarqalgan, toksik) va atipik (kataral, orolchali) shakllarda o‘tishi mumkin.
Difteriyaning lokalizatsiyalangan shakli ko‘p uchraydi va mahal- liy jarayonning bodomsimon bezlar sohasida joylashishi bilan xarakterlanadi.
Kataral difteriya nisbatan ko‘p uchraydi. Bu shaklida bemorning umumiy ahvoli deyarli o‘zgarmaydi, ayrim hollarda holsizlik va yutinganda ozroq og‘riq seziladi, tana harorati subfebril bo‘ladi. Bodomsimon bezlarni ko‘zdan kechirganda qizarish va bu bezlar- ning shishganligi hamda regionar limfatik bezlar kattalashgani aniqlanadi.
Halqum difteriyasining orolchali shakli ham yengil o‘tishi bilan xarakterlanadi. Bunda haroratning o‘rtacha balanlikda ko‘tarilishi va intoksikatsiya belgilari kuzatiladi. Bemorning boshi og‘rib, tinkasi quriydi, yutinganda tomog‘ida og‘riq sezadi. Tekshirganda harorat subfebril bo‘lib, bodomsimon bezlar kattalashgani va unda shishlar kuzatiladi. Bodomsimon bezlarda yakka holda va ko‘plab (orolchalar shaklida) fibrinoz pardalar aniqlanadi. Bu pardalar oson olinib, o‘rnidan qon chiqadi. Regionar limfatik tugunlar o‘rtacha katta- lashgan bo‘lib, odatda og‘riq sezilmaydi.
Halqum difteriyasining pardali shakli nisbatan o‘tkir boshlanib, tana harorati ko‘tariladi, bunda intoksikatsiya belgilarining ancha rivojlanganligi (darmonsizlik, bosh og‘rig‘i, holsizlanish) kuzatiladi. Shilliq qavatlar qizarib, bodomsimon bezlar kattalashgani va ularning yuzasida qattiq oqish tusli fibrinoz karashlar aniqlanadi. Parda qiyinchilik bilan olinadi va uning o‘rnida qonaydigan ero- ziyalar qoladi. Karashlar yuzasida burmalar paydo bo‘ladi. Re- gionar limfatik tugunlar kattalashib, biroz og‘riq kuzatiladi. Difteriyaga qarshi zardob yuborilgandan keyin karashlar bir sutkadan keyin kamaya boshlaydi. 2—3 kunda bodomsimon bezlar karashlardan ozod bo‘ladi. Spetsifik davo o‘tkazilmasa, patologik jarayon kuchayishi mumkin va kasallik yanada og‘irroq shakllarga (tarqalgan toksik) o‘tadi.
Halqum difteriyasining tarqalgan shakli fibrinoz pardalarning bodomsimon bezlaridan boshqa joylarga o‘tishi bilan xarakterlanadi.
Difteriyaning mazkur shakli tana haroratining 38—38,5°C va undan ham yuqori ko‘rsatkichlargacha ko‘tarilishi, umumiy intok- sikatsiyaning kuchli belgilari, yurak tovushlarining bo‘g‘iqligi bilan xarakterlanadi. Lokalizatsiyalangan shaklidan shu bilan farqlanadiki, bunda karashlar bodomsimon bezlardan boshqa joylarga — tilcha, tomoq yon va orqa devorlariga ham tarqaladi. Yumshoq tanglayda va bo‘yin teri osti kletchatkasida shish kuzatilmasligi bilan toksik shaklidan farq qiladi.
Halqum difteriyasining toksik shakli tana haroratining 39—40°C gacha ko‘tarilishi va kuchli rivojlangan umumiy intoksikatsiya belgilari (kuchli holsizlanish, adinamiya, bosh og‘rig‘i, et uvu- shishi, qusish) bilan xarakterlanadi. Bu shakllar uchun xos bo‘lgan belgilardan biri — bo‘yin kletchatkasida shish paydo bo‘ladi. Sub- toksik difteriyada shish bir tomonlama bo‘lib, faqat jag‘ osti limfatik tugunlari yonida uchraydi. I darajali toksik difteriyada shish bo‘yin- ning o‘rtasigacha, II darajada — o‘mrov suyagigacha, III darajada
o‘mrov ostigacha yetadi. Ba’zan shish yuz sohasigacha tarqalishi mumkin. Teri oqarishi, lablar ko‘karishi, taxikardiya, arterial bosim pasayishi xarakterli belgilardan hisoblanadi. Halqum ko‘zdan kechirilganda bodomsimon bezlar va atrofidagi to‘qimalarning kattalashgani va shishgani aniqlanadi, bu nafas olishning buzi- lishiga, ya’ni xirillab nafas olishga sabab bo‘lishi mumkin. Og‘izdan spetsifik chirish jarayoniga xos bo‘lgan hid keladi.
Gipertoksik difteriya to‘satdan shiddatli boshlanib, tana haroratining 40°C gacha va undan yuqori ko‘tarilishi bilan xarak- terlanadi, ayrim bemorlarda birinchi sutkadayoq tomoqda mahalliy o‘zgarishlar va bo‘yin kletchatkasida shish rivojlanadi hamda tezda tarqaladi. O‘lim hollari kasallikning birinchi kunlari kuzatiladi.
Gemorragik shakli gemorragik sindrom (terida toshmalar hosil bo‘lishi, burundan qon ketishi) bilan xarakterlanadi. Bu asosan toksik difteriyaning III darajasida yoki gipertoksik difteriyada qayd etiladi. Kapillarlar mo‘rtlashadi.
Hiqildoq difteriyasi (difteriya yoki asl krup) nisbatan sekinlik bilan boshlanadi; umumiy intoksikatsiya belgilari o‘rtacha rivoj- lanadi. Asl krup rivojlanishining erta bosqichlarida krupni aniqlash juda katta amaliy ahamiyatga ega. U 1—3 kun ichida quruq yo‘tal va ovoz pasayishi, hatto yo‘qolishi bilan birga davom etadi. Keyinchalik tegishli tadbirlar o‘tkazilmasa stenoz bosqichi rivojlanadi. Nafas olish juda qiyinlashadi, ko‘krak qafasining bo‘rtib turuvchi qismlari cho‘kadi. Nihoyat asfiksiya rivojlanadi va bu kuchli kislorod yetish- movchiligi (lablar, burun, qo‘l barmog‘i uchlari ko‘karishi, qo‘l va oyoqlar sovqotishi) bilan namoyon bo‘ladi. Tomir urishi yomon- lashib borishi va arterial bosim tushib ketishi natijasida bemor o‘lishi mumkin.
Difteriya krupining rivojlanishiga hiqildoqning bevosita zarar- lanishi va unda parda hosil bo‘lishi (birlamchi krup), patologik jarayonning halqum shilliq pardasidan yoki (juda kam uchrasa-da) burun shilliq pardasidan o‘tishi sabab bo‘lishi mumkin (ikkilamchi krup). Difteriya krupining yengil shakli uning cheklangan shakli hisoblanadi; bu krup shaklida og‘riqli holatlarni yo‘qotish uchun zardobli davolash o‘tkazishning o‘zi yetarlidir. Toksik va tarqalgan difteriyada ikkilamchi krup kuchli umumiy intoksikatsiya bilan davom etadi.
Hiqildoq difteriyasining asosiy belgisi hiqildoq stenozining kuchayib boruvchi belgilaridir. Difteriya krupi kechishida 3 ta davr farqlanadi. Birinchi disfonik (ovoz buzilishi) davrda ovoz pasayadi (keyinchalik yo‘qoladi — afoniya), o‘ziga xos dag‘al «xirillagan» yo‘tal, hiqildoqni paypaslaganda og‘riq kuzatiladi. Ikkinchi stenotik davrda shovqinli nafas olish, afoniya, nafas olish vaqtida yordamchi mushaklarning qatnashishi aniqlanadi. Stenoz holati takror xuruj- lar shaklida yuzaga keladi. Bu davr bir necha soatdan 2—3 sutkagacha davom etadi. Bu davrda davolash chalg‘ituvchi vositalar (issiq oyoq vannalari), bemorga to‘liq osoyishtalikni yaratish, toza havo kirishini ta’minlash va tinchlantiruvchi preparatlar bilan chega- ralanadi.
Stenotik davr oxirida asfiksiya old davri boshlanadi. U vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan kuchli bezovtalanish belgilari, ko‘karish, kuchli ter ajralishi, nafasning buzilishi va taxikardiya bilan xarakterlanadi. Uchinchi asfiksik davr kislorod yetishmasligi, bezov- talanish, sianoz bilan xarakterlanadi. O‘z vaqtida intubatsiya yoki traxeotomiya qilinmasa kislorod yetishmasligidan o‘lim hollari yuz beradi.
Burun difteriyasi ko‘pincha ko‘krak yoshidagi bolalarda uchraydi. Difteriyaning bu shakli ikkita klinik shakllaridan birortasi ko‘ri- nishida o‘tadi (pardali yoki kataral). Pardali shaklida burundan nafas olish qiyinlashadi va burundan avval seroz, so‘ngra yiringli ajral- malar oqadi. Rinoskopiyada burun to‘sig‘ida va chig‘anoqlarida pardali karashlar aniqlanadi. Burun difteriyasining kataral shaklida burunning shilliq qavatida gemorragik po‘stlar va eroziyalar aniq- lanadi. Burun difteriyasi odatda sust rivojlangan intoksikatsiya belgilari bilan kechadi.
Kam uchraydigan shakllariga ko‘z, tashqi jinsiy a’zolar, quloq va teri difteriyalari kiradi.
Ko‘z difteriyasi 0,3% dan 8% gacha uchraydi va ikki xil — krupoz va difteritik shakllarda o‘tadi. Krupoz shakli uchun konyunktivada fibrinoz pardaning yuza joylashishi xarakterli. Klinik jihatdan qovoqlar shishganligi, ko‘z yoriqlari toraygani, qon aralash ajralmalar chiqishi bilan xarakterlanadi. Konyunktiva kulrang yupqa pardasimon karash bilan qoplangan bo‘lib, bu parda oson olinadi. Bemorning umumiy ahvoli deyarli o‘zgarmaydi va tana harorati odatda normada bo‘ladi.
Difterik shaklida qalin parda hosil bo‘lib, pastdagi to‘qima bilan birikib ketadi. U og‘ir kechadi, tana harorati ko‘tariladi, qovoqlarda kuchli shish paydo bo‘ladi. Qovoq terisi qizargan bo‘lib, kon- yunktivada qiyinlik bilan olinadigan zich karashlar aniqlanadi. Ko‘z olmalari shishadi, zardob bilan davolashga qaramay ko‘r bo‘lish bilan kechadigan panoftalmit kuzatiladi.
Tashqi jinsiy a’zolar difteriyasi ko‘pincha ikkilamchi rivojlanadi. Juda kam hollarda uchraydi. Qiz bolalarda jinsiy lab, vulva va qin shilliq pardalari, o‘g‘il bolalarda — jinsiy a’zosining boshi va uretra zararlanadi. Fibrinoz pardalar paydo bo‘lganda kasallikning pardali shakli aniqlanadi. Qindagi ajralmalar yiringli bo‘lib, kam ajraladi. Chov qismidagi limfatik tugunlar kattalashadi. Intoksikatsiya belgilari biroz rivojlangan (tana harorati normal yoki subfebril, biroz holsizlik) bo‘lib, siyish jarayoni og‘riq bilan kechadi.
Zardob bilan davolanmagan bemorlarda karashlar tarqalishi mumkin, oraliq teri osti kletchatkasida shish paydo bo‘ladi, keyinchalik chov qismlariga tarqaladi. Bunda miokardit va polinevrit kabi asoratlarga sabab bo‘luvchi umumiy toksemiya kuzatiladi. Jinsiy a’zolar difteriyasi toksik shaklining tomoq difteriyasi kabi mahalliy shish kattaligiga qarab uchta darajasi ma’lum.
Quloq difteriyasi odatda tomoq yoki burun difteriyalaridan keyin ikkilamchi rivojlanadi; u yerda fibrinoz parda aniqlanishi mumkin. Klinik jihatdan quloqdan seroz, seroz-yiringli ajralma oqishi bilan xarakterlanadi. Eshitish yo‘li terisi ko‘zdan kechirilganda u shishib, namlangani kuzatiladi (quloq difteriyasining kataral shakli). So‘ngra fibrinoz parda hosil bo‘lib, terida yaralar aniqlanadi (pardali shakli).
Teri difteriyasi tipik shaklda kechganda qizarish, shish, teri namlanishi va fibrinoz pardalar hosil bo‘lishi qayd etiladi. Karashlar yuz, quloq supralari, bo‘yin, kindik, oraliq va boshqa sohalarda uchrashi mumkin.
Bular qatorida teri difteriyasining atipik shakllari uchrab turadi. Ular streptodermiya, ekzema, pufakchalar, pustulalar, impetigo, hasmol shaklida namoyon bo‘ladi. Bunday paytda tashxis faqatgina bakteriologik ma’lumotlar asosida qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |