Asoratlari. Kasallik asoratlari spetsifik va nospetsifik asoratlarga bo‘linadi. Spetsifik asoratlarga miokardit, mononevrit, polinevrit, o‘tkir buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, toksik nefrozlar kiradi.
Miokardit ko‘p uchraydigan va og‘ir zararlanishlardan biridir. Ular kasallikning 2—5-kunlari yuzaga keladi. Miokardit belgilari odam o‘zini yomon his etishi, rangi oqarib ketishi, lablari ko‘ka- rishi, umumiy bezovtalik, ko‘ngil aynishi, ayrim hollarda qusish, qorinda og‘riq bilan xarakterlanadi. Bular bilan bir qatorda yurak chegaralarining kengayishi, jigar o‘lchamlarining kattalashishi, taxikardiya va yurak ritmining buzilishi kuzatiladi. Ba’zan og‘ir shakllarda miokardit juda ham tez rivojlanadi va bir necha kunlar ichida o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Bemorda miokarditni erta aniqlashda elektrokardiografiya katta yordam beradi. Miokardit belgilari juda sekin yo‘qoladi, bu jarayon 1—2 oy davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |