E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Kasallikning og‘ir shakllarining progressivlanishida o‘tkir jigar yetishmovchiligi — jigar komasi rivojlanishi mumkin



Download 1,2 Mb.
bet98/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Kasallikning og‘ir shakllarining progressivlanishida o‘tkir jigar yetishmovchiligi — jigar komasi rivojlanishi mumkin.

Komadan xabar beruvchi belgilar quyidagilardir: bunda umu­miy darmonsizlik kuchayadi, bemor ko‘p marta qusadi, ko‘p uxlaydi, ayrim vaqtda qo‘zg‘alish va taxikardiya kuzatiladi, toksik nafas olish paydo bo‘ladi. Bu vaqtda sariqlik kuchayadi. Jigarni paypaslaganda odatda u og‘riydi, ayrim vaqtlar o‘ng qovurg‘a ostidagi juda kuchli og‘riq bezovta qiladi, jigar kichrayadi, bemorda gemorragik sindrom rivojlanadi.

Koma uchun og‘ir jigar yetishmovchiligi tufayli kuzatiladigan markaziy nerv sistemasining kuchli o‘zgarishlari xosdir. Ko‘pincha psixomotor qo‘zg‘alishlar namoyon bo‘ladi, bemor yotgan joyida ingrab o‘rnidan turib ketishga, qayergadir qochishga harakat qiladi, alahsiraydi. U ko‘pincha baqiradi; vaqti-vaqti bilan klonik talvasa paydo bo‘ladi; bemor bezovtalanadi, harakatli qo‘zg‘alishlar uzoq davom etadigan uyqu bilan almashishi mumkin. Yurak tovushlari bo‘g‘iq, taxikardiya ko‘pincha aritmiya, arterial bosimning pasayishi va EKG ning o‘zgarishlari kuzatiladi. Gemorragik sindrom kucha­yadi. Bemor tez-tez qusadi, ba’zan qusuqda toza qon aniqlanadi, burundan, ichakdan qon ketadi, teriga qon quyiladi (ayniqsa inyeksiya joylariga). Harorat odatda 37,5—38°C gacha ko‘tariladi, lekin normada bo‘lishi ham mumkin. Ko‘pincha og‘izdan nordon- shirin hid — «jigar hidi» keladi. Qorin yumshoq, ichkariga tortilgan yoki dam bo‘ladi. Jigar kichrayib, uning qirrasi yumshoq bo‘lib qoladi, ba’zan jigar tukillatib ko‘rilganda aniqlanmaydi yoki qovurg‘a yoyi yuqorisida nozik tasma shaklida aniqlanadi. Ko‘pincha taloq kattalashadi. Teri qoplamlari va sklera intensiv sarg‘aygan, til qurigan, karash bilan qoplangan bo‘lib, ba’zi vaqtda yuz va oyoqlar biroz shishadi, siydik kam ajraladi. Qonda bilirubin miqdori oshadi, moddalar almashinuvi izdan chiqadi.

Koma tez avj olganda qisqa vaqtda jigarning toksik distrofiyasi natijasida kasallik o‘lim bilan tugashi mumkin. Sekin avj olganda jarayon cho‘zilib, o‘lim kechroq sodir bo‘ladi.

Sariqsiz shakllari sariqlik bilan kechadigan shakllaridan sariqlik davrining yo‘qligi bilan farq qiladi. Kasallik bunda ham o‘tkir boshlanib, boshqa o‘zgarishlar ham sariqlikdagi kabi bo‘ladi (jigar va kimyoviy hamda boshqa o‘zgarishlar), lekin sariqsiz shakllarida jigar funksiyasining buzilishi kamroq namoyon bo‘ladi. Bu yengil shakllar hisoblanib, ammo surunkali shakllar va jigar sirrozi rivojlanishida sariqlik bilan kechadigan shakllaridan kam rol o‘ynamaydi.

Subklinik va inapparant shakllariga biokimyoviy o‘zgarishlarga asoslangan holda tashxis qo‘yiladi va ular deyarli klinik o‘zga- rishlarsiz kechadi.

Gepatit o‘tkir, cho‘ziladigan va surunkali bo‘lishi mumkin. O‘tkir shaklida kasallikning klinik belgilari yo‘qolib, asosiy bio- kimyoviy o‘zgarishlarning normaga kelishi 3 oygacha davom etadi. Cho‘zilib kechganda sog‘ayish jarayoni 4—6 oygacha davom etadi. Buning sababi sariqlikdan oldingi va sariqlik davrining ko‘p davom etishidir. Surunkali gepatit sekin rivojlanadi va ko‘p yillar davom etadi. Gepatitlar kechishini aniqlash uchun olingan kalendar muddatlari shartli hisoblanadi. U davom etish muddati bilangina emas, balki kasallik kechishi bilan aniqlanadi.

D gepatitning asosiy xususiyati miks-infeksiya (B gepatit va D gepatit) rivojlanishidir. O‘zining klinik ko‘rinishlari bo‘yicha asosan o‘tkir B gepatitga mos keladi. Kasallik boshlanishidagi farq shundaki, u o‘tkir boshlanib, tana harorati ko‘tariladi va A gepatitni eslatadi. Bundan tashqari, yirik bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatiladi. Sariqlik paydo bo‘lganda bemor ahvoli yaxshilanmaydi, intoksikatsiya kuchayadi. Miks infeksiyada infeksion jarayon odatda davriy kechib sog‘ayish bilan yakunlanadi. O‘tkir B gepatit +D gepatit o‘z-o‘zidan davo- lanuvchan ko‘rinishga o‘tadi.

C gepatit nisbatan yengil o‘tadi. Bu kasallikda darmonsizlik kuzatiladi, ishtaha pasayadi, o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik seziladi va odatda intoksikatsiya belgilari sust rivojlanadi. Bemorlarning ko‘p- chiligi tibbiy yordam uchun murojaat qilishmaydi. Lekin shuni alohida ta’kidlash zarurki, xususan C gepatit jigarning barcha kasalliklari — surunkali gepatit, jigar sirrozi va jigar raki vujudga kelishida asosiy sabablardan biri hisoblanadi.

Yoshi qaytgan kishilarda virusli gepatitning xususiyatlari. Yoshi qaytgan kishilarda kasallik sekin rivojlanadi. Asosiy klinik belgilar turg‘un holda saqlanadi, sariqlik intensiv bo‘lib, qonning bio- kimyoviy ko‘rsatkichlari sekin normaga tushadi, qattiqlashgan jigar juda sekinlik bilan qisqaradi. Kasallikning asosan xolestatik ko‘rinishi ko‘p uchraydi. Kasallik ko‘pincha cho‘ziluvchan tus olib, surunkali gepatit va jigar sirroziga o‘tadi. Gepatit o‘zining kechishi bo‘yicha mexanik sariqlikni eslatadi.

Homilador ayollarda virusli gepatitning o‘ziga xos xususiyatlari. Odatda gepatit homiladorlikning ikkinchi yarmida rivojlanadi va ko‘pincha ayollar B gepatit bilan og‘riydilar. Chunki homilador ayollar homiladorlikning birinchi yarmida har xil inyeksiyalar oladilar. Kasallik ularda og‘ir o‘tadi va ko‘pincha o‘tkir jigar distrofiyasi rivojlanadi. Homilador ayollarda virusli gepatit E dan o‘lish hollari homilador bo‘lmagan ayollarga nisbatan 3—4 marta ko‘p uchraydi. Kasallik odatda ko‘ngil aynishi, ko‘p marta qayt qilish, terining kuchli qichishishi bilan kechadi va bu ko‘pincha muddatidan oldin tug‘ishlar, o‘lik tug‘ilishlar, abortlar, atonik qon ketishlar (bachadondan) bilan asorat beradi. Homilaga gepatit B,


  1. Download 1,2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish