Qonning umumiy tahlilida leykopeniya kuzatiladi, ECHT odatda normada bo‘lib, ba’zan kamayishi mumkin.
Siydikda toksik xarakterga ega bo‘lgan o‘zgarishlar kuzatiladi, ya’ni unda oqsil, silindrlar va leykositlar aniqlanadi.
Biokimyoviy tashxis usullari. Qonda bilirubin miqdori Yendrashik usulida aniqlanadi. Sog‘lom odamda qon zardobida bilirubin miqdori erkin (bog‘lanmagan) fraksiya hisobiga 8,5—20,5 mkmol// ni tashkil qiladi. Virusli gepatitlarda bilirubin miqdori erkin bo‘lmagan (bog‘langan) fraksiya hisobiga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |