E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Oziq-ovqat orqali ham kasallik tarqalishi mumkin. Pashshalar ham vabo tarqatuvchisi hisoblanadi



Download 1,2 Mb.
bet85/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Oziq-ovqat orqali ham kasallik tarqalishi mumkin. Pashshalar ham vabo tarqatuvchisi hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda El-Tor vibrionlari qo‘zg‘atadigan vabo keng tarqalgan. Uning asosiy xususiyati uzoq vaqt davom etadigan vibrion tashuvchanlikdir. Agar klassik vaboda sog‘lom vibrion tashuvchilar umumiy bemorlarning 20% ga yaqinini tashkil qilsa, El-Tor vaboda u 50% ga teng.

Bugungi kunda ayrim mamlakatlar (Hindiston, Pokiston, Bangladesh va b.) vabo kasalligining o‘chog‘i hisoblanadi va bu davlatlardan davriy ravishda vaboning boshqa mamlakatlarga o‘tishi kuzatilib turadi.

Patogenezi va patologik anatomiyasi. Infeksiya darvozasi hazm yo‘llari hisoblanadi, ya’ni vabo vibrionlari organizmga faqat og‘iz orqali kiradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari ko‘pincha oshqozonda undagi xlorid kislota ta’sirida tez o‘ladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilar oshqozon to‘sig‘idan o‘tib, ingichka ichakka tushgandagina boshlanadi, chunki ichakda ular tez ko‘payadi (ishqoriy muhit) va enterotoksin (xolerogen) ishlab chiqaradi. Xolerogen oqsil tabiatiga ega bo‘lgan ekzotoksin hisoblanadi. Xolerogen (ekzotoksin) ta’sirida ingichka ichak shilliq pardasi katta miqdorda izotonik eritma ajratib chiqara boshlaydi va uni yo‘g‘on ichak so‘rib ulgurmaydi. Izotonik eritmadan iborat bo‘lgan ko‘p miqdordagi ich ketishi kuzatiladi. Suyuqlik yo‘qotish 1 soatda 1 litrga yetadi. Katta hajmda suyuqlik yo‘qotish (suyuqlik bilan ko‘p tuzlar chiqib ketadi) sirkulyatsiya qoni hajmining kamayishi, suvsizlanish, gipovolemik shokka (kollaps), qonning quyuqlashishi hamda almashinuvining buzilishiga olib keladi. Qonning quyuqlashishi gemodinamikani buzadi, buyrak faoliyatini izdan chiqaradi (anuriya rivojlanishiga qadar olib keladi), yurak-qon tomirlar sistemasining jiddiy o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi. Elektorolitlar yo‘qotilishi tufayli betoqatlik sindromi kuzatiladi.

Agarda bemorga o‘z vaqtida yetarli miqdorda suyuqlik va elek- trolitlar kiritilsa, bemor ahvoli tezda yaxshilanadi, aks holda kasallik zo‘raya borib, shok, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, azotemiya ta’sirida bemor o‘limi yuz berishi mumkin.

Vabodan o‘lgan kishilarda suvsizlanish tufayli xarakterli ko‘ri- nish kuzatiladi, ya’ni ko‘zlari ichiga botgan, teri yer rangida, ko‘kargan tusda bo‘ladi. Qo‘l-oyoq mushaklari tortishib qisqarishi murdaga xarakterli holatni beradi. Ayniqsa barmoq terisida ajinga


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish