o‘xshagan burishishlar kuzatiladi.
31-rasm. Vabodan o‘lgan bemorning ingichka ichagi ko‘rinishi.
Kesib ko‘rilganda teri, ter osti kletchatkasi va mushak to‘qimasi qattiqlashgan, ichak suyuqlik bilan to‘la bo‘ladi. Qonning qayta taqsimlanishi, ya’ni uning yirik venalarda yig‘ilib qolishi va kapil- larlar to‘rining bo‘shab qolishi aniqlanadi. Ko‘pincha miokard va jigarda distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi. Buyrak kichraygan bo‘lib, uning kapsulasi tez olinadi. Ichak- lar seroz qavati va kengaygan ka- pillarlar to‘riga ega bo‘lib, ayrim hollarda o‘t suyuqligi bilan bo‘- yalgan bo‘ladi (31-rasm).
Kasallikning oxirgi davrida va o‘lgandan keyingi o‘zgarishlar natijasida ingichka ichak shilliq qavati hujayralarining yuza nekroz belgilari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |