E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Botulizmda yakuniy tashxis nima bilan tasdiqlanadi?



Download 1,2 Mb.
bet84/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Botulizmda yakuniy tashxis nima bilan tasdiqlanadi?

  • Davolash zardobini yuborish usulini gapirib bering.

  • Botulizm profilaktikasi haqida gapirib bering.

    Vabo (cholera)

    Vabo — vibrionlar qo‘zg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, ingichka ichakning toksik shikastlanishi va suv-elektrolit alma- shinuvining buzilishi bilan kechadi.

    Etiologiyasi. Kasallik klassik vibrion — Vibrio cholerae va El-Tor vibrionlarning birorta biotipi bo‘lgan vibrion orqali chaqiriladi. O‘zining tuzilishi bo‘yicha vibrionlar bir xil, lekin bakteriofaglar yordamida lizisga uchrash xususiyatlari bilan farq qiladi. El-Tor vibrionlari qo‘zg‘atadigan vabo klassik qo‘zg‘atuvchi (Vibrio chole- rae) chaqiradigan vaboday kechadi, ammo uning xususiyati shundaki, bunda nisbatan katta miqdorda bakteriya tashuvchanlik kuzatiladi.

    Vabo qo‘zg‘atuvchilari kalta bukilgan tayoqchalar bo‘lib, ver- gulni eslatadi. Kattaligi 1,5—3 mkm. Hujayraning bir uchida uzun xivchini bo‘lib, shu xivchin hisobiga ular juda harakatchan bo‘ladi, spora va kapsula hosil qilmaydi. Grammanfiy, aerob, 10 dan 40°C gacha bo‘lgan haroratda (optimum 37°C) o‘sadi. Ishqorli oziq muhitlarda yaxshi o‘sadi, masalan 1% li ishqoriy peptonli suvda 6 soatdan keyin vibrionlarning ko‘p miqdorda o‘sishi kuzatiladi. Bu vaqtda boshqa ichak guruhi mikroblarining o‘sishi deyarli kuza- tilmaydi. Vabo vibrionlari endotoksin (mikrob hujayrasi yorilganda ajralib chiqadi) dan tashqari ekzotoksin ajratib chiqaradi. Antigen xossalariga ko‘ra uch tur Vibrio cholerae farq qilinadi (Ogava, Inaba va Gikoshima).

    Vabo qo‘zg‘atuvchilari tashqi muhitga chidamli. Suvda bir necha kundan bir necha haftagacha, najasda 4—5 oydan ortiq, sabza- votlarda bir haftagacha yashaydi. Ular quyosh nuri va quritish ta’sirida tez nobud bo‘ladi. Vibrionlar kislotalarga juda sezgir, har xil dezinfeksiyalovchi eritmalar (xlorli ohak, lizol, sulema) ta’sirida tez o‘ladi. Antibiotiklardan tetrasiklin guruhi antibiotiklari va levomitsetinga sezgir. Past haroratga chidamli.

    O‘tkir oshqozon-ichak kasalliklari bilan kasallangan bemorlarda hamda ochiq suv havzalaridan ayrim vaqtda NAG-vibrionlar deb ataluvchi vibrionlar topiladi, ular vaboga chalingan bemorlar paydo bo‘lishiga turtki bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu qo‘zg‘a- tuvchilar aniqlanganda xuddi vabo kasalligidagi kabi epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkaziladi.

    Epidemiologiyasi. Vabo — ichak antroponozi, pandemik tarqa- lishga moyil. Infeksiya manbai vabo bilan og‘rigan bemor va vibrion tashuvchilardir. Ayniqsa yengil va kam bilinadigan shakllari bilan og‘riganlar hamda vibrion tashuvchilar katta xavf tug‘diradi. Chunki ular hamma vaqt ham aniqlanmaydi. Vibrionlar najas bilan ajralib chiqib, organizmga og‘iz orqali tushadi. Bemor najas va qusuq bilan katta miqdorda vabo vibrionlari ajratadi, ayniqsa vabo patogen qo‘zg‘atuvchilari «guruch qaynatmasi» shaklidagi suvday najas bilan shunchalik ko‘p ajraladiki, 1 ml suyuq najasda 109 mikroblar bo‘lishi mumkin. Ayniqsa bu bemorning zararsizlantirilmagan ajratmalari ichish maqsadida foydalaniladigan ochiq suv havzalariga tushganda yoki oziq-ovqat mahsulotlarini zararlaganda juda xavflidir.

    Kasallik aloqa yo‘li bilan, zararlangan oziq-ovqatlar va suv orqali yuzaga kelishi mumkin. Vaboning keng tarqalishiga sabab bo‘ladigan yuqish yo‘li — bu suv orqali yuqishdir. Chunki bunda kasallik suvni iste’mol qilish orqali va xo‘jalik maqsadlarida ishlatishda ham, masalan, meva va sabzavotlarni yuvganda, cho‘milganda ham yuqadi.


    Download 1,2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   313




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish