E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet206/313
Sana11.01.2022
Hajmi1,2 Mb.
#348784
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   313
Bog'liq
2 5195056900663675278

Davolash. Bemorlar yotoq rejimiga rioya qilishlari shart. Ovqatlar to‘la qimmatli bo‘lishi kerak. 4-parhez, sariqlik shaklida esa — 5- perhez tayinlanadi. Asosiy davolash usullari — antibiotikoterapiya va spetsifik gamma-globulin yuborishdir. Davolash kasallikning bosh- lanishida, ya’ni hali mikroorganizmlar qondaligida juda samaralidir. Penitsillin sutkasiga 2000000—4000000 TB birlikda tayinlanadi, og‘ir shakllarda va meningit belgilari mavjud bo‘lganda, uning sutkalik miqdori 12000000—16000000 TB birlikkacha ko‘tariladi. Tetrasiklin 0,3 g dan kuniga 4 mahal buyuriladi. Antibiotiklar 8—

  1. kun davomida qo‘llaniladi. Kuchli intoksikatsiyada, sariqlik va gemorragik sindromda antibiotiklar kortikosteroid preparatlar bilan birga yuboriladi. Kortikosteroidlardan prednizolon qo‘llanadi: 30— 40 mg dan 8—10 kun davomida miqdorini asta-sekinlik bilan tushirib boriladi. Venaga tomchilab 5% li glukoza eritmasi, gemodez va askorbinat kislota buyuriladi.

Leptospiroz gamma-globulin, dastlab desensibilizatsiya o‘tka- zilgandan keyin yuboriladi. 1-kuni 0,1 ml suyultirilgan (1:10) gamma-globulin teri ostiga, 30 minutdan so‘ng teri ostiga 0,7 ml suyultirilgan gamma-globulin va yana 30 minutdan keyin — 10 ml suyultirilmagan gamma-globulin mushak orasiga yuboriladi. Davo- lashning 2- va 3-kuni mushak orasiga 5 ml dan suyultirilmagan gamma-globulin yuboriladi.

Vitaminlar kompleksi, albatta askorbinat kislota va vitamin R preparatlari buyuriladi. Og‘ir hollarda, o‘tkir buyrak yetish- movchiligida venaga 150—200 ml 4% li natriy gidrokarbonat eritmasi yuboriladi. Oshqozon yuviladi va 2% li natriy gidrokarbonat bilan huqna qilinadi. Konservativ davodan samara kuzatilmasa, gemodializ («sun’iy buyrak» apparati) tayinlanadi.

Bemor odatdagiday parvarish qilinadi. Kuchli terlash sababli choyshablar va bemor kiyimlari tez-tez almashtirib turiladi. Mushaklarda kuchli og‘riq kuzatilganda isitgichlar (grelka), og‘riq qoldiruvchi preparatlar buyuriladi. Ichki a’zolar faoliyati kuzatib turiladi. Bemorlarni shifoxonadan chiqarishda kasallik og‘irligi (anemiya, proteinuriya va b.) va ko‘zda kuzatiladigan asoratlar (iritlar, ko‘rish qobiliyatining pasayishi)ga, buyrak (buyrak yetish- movchiligi), nerv sistemasi (yuz nervlari parezi, polinevrit)ga ahamiyat beriladi. Asoratlar kuzatilganda bemorlar tegishli ixti- soslashgan statsionarda davolanishni davom ettiradilar.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish