37-rasm. “Boshning osilishi” simptomi.
Kernig, Brudzinskiy simptomlari), ongning buzilishi (komagacha) kasallikning tipik belgilaridan hisoblanadi. Bu vaqtda orqa miya suyuqlig‘i tiniq bo‘lsa-da, yuqori bosim ostida chiqadi.
Ko‘pincha o‘choqli ensefalit rivojlanadi: miya yarim sharlarining birortasidagi oq moddaning zararlanishi qo‘l-oyoqlar parezlariga sabab bo‘ladi. Yuz nervining markaziy parezi kuzatiladi. Jarayon chap yarim sharlarda bo‘lsa, gemiparezdan tashqari nutq buzilishi (afaziya) ham mumkin.
O‘z vaqtida olib borilgan davolashlar kasallikning 5—7-kun- laridan boshlab tana haroratining litik tushishi va 10—12-kunlarga kelib normallashishi bilan davom etadi. Intoksikatsiya, meningit belgilari va harakatlarning buzilishi asta-sekin kamayib, bemor tuzala boshlaydi. Sog‘ayish davri 1—2 yilga cho‘ziladi. Ko‘pchilik bemorlarda gavdaning yuqori yarmidagi mushaklar atrofiyasi uchraydi va bu nogironlikka olib keladi. Ayrim hollarda kasallik surunkali kechadi, bu esa ong buzilishi va epilepsiya xurujlariga sabab bo‘ladi.
Ba’zan kasallik atipik yoki juda yengil kechsa-da, sust falajliklar turg‘un saqlanib qolishi mumkin. Kasallikdan keyin doimiy immunitet hosil bo‘ladi.
Tashxisi. Kasallikka tashxis qo‘yishda epidemiologik ma’lumotlar (kanalar chaqishi, mavsumiylik) va markaziy nerv sistemasining zararlanishi katta ahamiyatga ega. Spetsifik tashxisi virusni bemor organizmi yoki o‘lgan kishilar miyasidan ajratib olish va serologik tekshirishga asoslangan. Virus qon, bemorlar likvori va tekshirish materialini miya ichiga yuborish orqali zararlash yo‘li bilan o‘lgan oq sichqonlar miyasi yoki to‘qima kulturalaridan ajratib olinadi. Serologik reaksiyalardan oq sichqonlarda virusni neytrallash reaksiyasi va 3 hafta oralatib olingan bemorning qo‘sha zardoblarida KBR va GATR qo‘llanadi.
Davolash. Barcha bemorlar shifoxonaga yotqiziladi. Kasallikning o‘tkir davrida qat’iy o‘rinda yotish rejimi tayinlanadi. Har bir bemorni individual parvarishlash lozim. Yengil hazm bo‘ladigan, vitaminlar, ayniqsa C vitamini va B kompleks vitaminlarga boy yuqori kaloriyali ovqatlar tavsiya etiladi.
Davolashning dastlabki 3 kunida har kuni mushak orasiga 6—9 ml dan ensefalitga qarshi donor gamma-globulini yuboriladi (erta qo‘llanilgandagina samara kuzatiladi). Degidratatsion terapiya (venaga 40% li glukoza eritmasi, natriy xlorid, mannitol, furosemid yoki laziks, 25% li magniy sulfat eritmasi yuborish) o‘tkaziladi. Oksi- genoterapiya foydali. Talvasa chog‘ida mushak orasiga 1 ml 2,5% li aminazin va 2 ml 1% li dimedrol eritmasi yuboriladi. Epileptik tutqanoq vaqtida fenobarbital yoki benzonal 0,1 g dan kuniga 3 mahal buyuriladi. Tana harorati normaga tushgach 2 haftadan keyingina bemorlarga o‘rnidan turishga ruxsat beriladi.
Sust falajliklar rivojlanganda fizioterapiya va muntazam tartibda davolovchi badantarbiya tayinlanadi.
Tana harorati normallashgandan keyin 2—3 hafta o‘tgach va meningeal simptomlar kuzatilmaganda bemorlar shifoxonadan chiqarilishlari mumkin.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kanalar chaqishidan himoyalanish uchun bo‘yin va qo‘l kaftlarini yaxshi yopib turuvchi maxsus kombinezonlar kiyish, uning yoqasi va manjetlariga kanalarni hurkitadigan moddalar (dimetilftalat yoki boshqa hurkituvchi suyuqliklar) surtish lozim. Rezina yoki teridan qilingan etiklar kiyiladi. Odamlar turadigan joylarda o‘tlar, tushgan barglar yoqiladi va kemiruvchilarni yo‘qotish tadbirlari o‘tkaziladi. Endemik tumanlarda epidemik ko‘rsatmalarga binoan odamlar vaksinatsiya qilinadi. Kasallikka qarshi vaksina uch marta teri ostiga 3 va 5 ml dan 10 kun oralatib yuboriladi va bir oydan keyin revak- sinatsiya (5 ml) qilinadi.
Nazorat savollari
Kanadan yuqadigan ensefalit nima?
Kasallik qo‘zg‘atuvchisiga sezgir bo‘lgan tajriba hayvonlarini gapirib bering.
Kasallik belgilari qanday asosiy sindromlardan iborat?
Bo‘yin-yelka mushaklarining sust parezi va falajlari qanday belgilar bilan ifodalanadi?
Kanadan yuqadigan ensefalitning spetsifik tashxisi qanday?
Degidratatsion terapiya uchun qanday preparatlar qo‘llanadi?
Bemorlarni shifoxonadan chiqarish qoidalarini gapirib bering.
Chivindan yuqadigan ensefalit (encephalitis japonica)
Chivindan yuqadigan ensefalit — o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, kuchli intoksikatsiya, miya moddasi va pardalarining og‘ir zararlanishi bilan o‘tadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi A antigen guruhidagi arboviruslarga mansub. RNK ga ega, virion diametri 50—60 nm ni tashkil qiladi. Virus tovuq embrionida va to‘qima kulturasida ko‘payadi. Virusga oq sichqonlar, maymunlar, qushlar va boshqalar sezgir. 70°C da 10 minut, 100°C da esa 2 minut davomida faolsizlanadi. Aseton, spirt va efir ta’sirida 3 sutkadan, 5% li lizol eritmasida esa 1 minutdan keyin o‘ladi.
Epidemiologiyasi. Chivindan yuqadigan ensefalit — tabiiy o‘choqli transmissiv infeksiyadir. Ensefalit qo‘zg‘atuvchisi ko‘pgina hayvonlar (sigirlar, otlar, cho‘chqalar va b.) hamda qushlar (kaptarlar, qarg‘alar va b.)dan ajratib olingan. Infeksiya manbai va tarqatuvchilari 6 xil chivinlar hisoblanadi. Kasallik mavsumiy bo‘lib, asosan yoz oxiri va kuz boshlari, ya’ni chivinlar ko‘payadigan davrda ko‘proq uchraydi. Odamga kasallik infeksiya yuqtirgan chivin- lar chaqqanida yuqadi. Kasallikka barcha yoshdagi kishilar beri- luvchandir. Qishloq joylarida ko‘proq botqoqliklar (chivinlar to‘plangan joylar)ga yaqin joylarda ishlaydiganlar kasallanadilar.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Infeksiya yuqtirgan chivin odamni chaqqanda virus qon oqimiga tushadi (virusemiya) va bosh miyaning kulrang, ayrim hollarda oq moddasining yallig‘lanishi va uzunchoq miyaning o‘zgarishlariga olib keladi. Asosiy o‘zgarishlar nerv sistemasida kuzatiladi (miya to‘qimasi va miya qavatlarining shishishi, vena va arteriyalarning kengayishi va qonga to‘laligi, miya moddasi va yumshoq miya pardalariga mayda qon quyilishlar). Bu o‘zgarishlardan tashqari, nerv to‘qimasida ko‘plab nekrozlar uchraydi. Yurak mushaklari, jigar va buyrakda distrofik o‘zgarishlar qayd etiladi. Kasallik natijasida turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.
Klinikasi. Yashirin davri 5—14 kun davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanadi. Et uvushadi keyin tana harorati tezda 40°C va undan ham yuqori ko‘tariladi. So‘ngra bosh og‘rig‘i, umumiy darmonsizlik, belda, qorinda, oyoq-qo‘llarda og‘riq, ko‘ngil aynishi va qusish kuzatiladi. Ensa mushaklari rigidligi aniqlanadi. Kasallikning
— Yuqumli kasalliklar
3—4-kunidan es-hush buzilishi, alahsirash, gallusinatsiya, psixo- motor qo‘zg‘alishlar namoyon bo‘ladi.
Bemorlarda teri qizarib, konyunktivalar infeksiyasi uchraydi. Es- hush aynishi (komagacha), talvasa, markaziy falajlanishlar va bulbar buzilishlar (yutinish va nutqning buzilishi) bilan o‘tadigan og‘ir ensefalitlar rivojlanadi. Gipotalamik sohadagi zararlanishlar tufayli puls minutiga 120—140 martagacha tezlashadi, arterial bosim ko‘tariladi. O‘pkada bronxit va pnevmoniya avj oladi.
Odatda kasallikning 7—10-kuni tana harorati pasayadi va bemor tuzala boshlaydi. Kasallik og‘ir o‘tganda o‘lim holatlari kuzatilishi mumkin. Ba’zan ensefalitning yengil va uncha bilinmaydigan shakllari uchraydi, bu esa kasallik epidemiologiyasida muhim ahamiyatga ega. Oqibati juda jiddiy — o‘lim ko‘rsatkichi yuqori bo‘ladi.
Tashxisi. Kasallikni aniqlash epidemiologik (mavsumiylik, bemorning oxirgi 10—20 kun ichida endemik o‘choqda bo‘lganligi, chivinlar chaqqani) va klinik ma’lumotlarga asoslanadi. Tashxis kasallikning o‘tkir davrida qon va orqa miya suyuqlig‘idan virusning ajratib olinishi bilan tasdiqlanadi. Serologik reaksiyalar (KBR, GATR, neytrallanish reaksiyasi) ham qo‘llanadi. Zararlangan oq sichqonlar miya suspenziyasidan tayyorlangan allergen yordamida teri orasiga sinama qo‘yish mumkin.
Davolash. Bemorlar shifoxonada davolanishlari zarur. Sog‘ay- ganlar zardobi (20—30 ml mushak orasiga yoki venaga har 3—4 kun davomida) yoki spetsifik gamma-globulin (kasallikning 1-haftasida, gamma-globulin har kuni 3—6 ml dan kuniga 3 mahal ) yuboriladi. Kortikosteroid preparatlar (prednizolon sutkasiga 40—60 mg dan) va degidratatsion terapiya (gipertonik eritmalar, mannitol, furosemid yoki laziks venaga) qo‘llanadi. Dezintoksikatsiya, yurak preparatlari va vitaminlar tayinlanadi. Nafas olish buzilganda sun’iy nafas oldi- riladi. Bemorlar 3—4 hafta davomida o‘rinda yotish rejimiga amal qilishlari va shifoxonadan chiqqach 1—1,5 oydan so‘ng dispanser nazoratidan o‘tishlari lozim.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Chivindan yuqadigan ensefalit profilaktikasi chivinlarni yo‘qotish va odamlarni chivinlardan himoya qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlardan iborat. Infeksiya o‘chog‘ida kasallik yuqtirishi mumkin bo‘lgan kishilar chivindan yuqadigan ensefalit virusining standart shtamm- lari bilan zararlangan sichqonlar miyasidan tayyorlangan vaksina bilan emlanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |