36-rasm. Pappatachi isitmasida Pik simptomi.
Tashxisi. Pappatachi isitmasiga tashxis qo‘yish kasallik tipik kechganda (ommaviy kasallanish, isitmaning qisqa muddatliligi, Taussig va Pik simptomlari mavjudligi) va tegishli epidemiologik ma’lumotlar (mazkur joyning geografik joylashishi) bo‘lganda qiyinchilik tug‘dirmaydi. Laboratoriya usulida tekshirganda bemor- lardan virus ajratiladi (tovuq embrioni va to‘qimalar kulturasidan foydalangan holda) yoki ularda spetsifik antitelolar titri oshadi. Serologik tekshirishlar uchun (neytrallash reaksiyasi, KBR, GATR) kasallikning 2—3-kunlari va 2—3-haftasida qo‘sha zar- doblar tekshiriladi. Qonda leykopeniya, limfopeniya, aneozinofiliya va monositoz aniqlanadi.
Davolash. Spetsifik davosi yo‘q, antibiotiklar foydasiz. Isitma davrida yotoq rejimi buyuriladi. Yetarlicha suyuqliklar, vitaminlar va simptomatik terapiya tayinlanadi. Sog‘ayish davrida jismoniy tarbiya, massaj va fizioterapevtik muolajalar qo‘llanadi.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Endemik o‘choqlarda kasallik tarqatuvchilari bilan kurashiladi (iskabtoparlarni yo‘qotish), chivinlar chaqishining oldini olish choralari ko‘riladi (derazalarga to‘rlar tutish, pashshaxonalardan foydalanish, dime- tilftalat va boshqa repellentlar shimdirilgan hurkitib haydovchi preparatlar qo‘llaniladi).
Spetsifik profilaktikasida embrional formalinlangan vaksina yoki tovuq embrioniga moslashtirilgan viruslar shtammlarida tayyorlangan quruq vaksina qo‘llaniladi. Vaksina epidemik mavsum boshlanishi yoki endemik o‘choqda bo‘lishdan 2 oy oldin yuboriladi.
Nazorat savollari
Pappatachi isitmasi qo‘zg‘atuvchisi nima va u qanday ko‘pa- yadi?
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi organizmga qanday tushadi?
Pik simptomi nima?
Pappatachi isitmasida qonda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
Pappatachi isitmasida spetsifik profilaktika uchun nima qo‘l- lanadi?
Kanadan yuqadigan ensefalit (encephalitis acarina)
Kanadan yuqadigan ensefalit — o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, bosh va orqa miya kulrang moddasining zararlanishi bilan xarak- terlanadi hamda parezlar va falajlanishlarga sabab bo‘ladi.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi B antigen guruhidagi arboviruslarga kiradi. RNK ga ega, virion diametri 40—45 nm. Virus tovuq em- brionida va to‘qima kulturasida ko‘payadi. Tajriba hayvonlaridan oq sichqonlarda virus juda ko‘p. Virus qizdirishga sezgir: qaynatilganda 2 minutdan keyin o‘ladi, ultrabinafsha nurlar ta’sirida tez nobud bo‘ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalarga ham sezgir.
Epidemiologiyasi. Kanadan yuqadigan ensefalit transmissiv tabiiy o‘choqli kasallik bo‘lib, u bahor-yoz oylarida ko‘payadi. Infeksiya manbai yovvoyi hayvonlar (sichqonlar, kalamushlar, burunduqlar va b.) va kanalar bo‘lib, ular bir vaqtning o‘zida kasallik tarqatuvchilari hamdir. Yirik va mayda shoxli hayvonlar ham infeksiya yuqtirishi mumkin. Odam kanalar chaqishi, ayrim hollarda kanani tirnoq bilan ezish natijasida infeksiya yuqtiradi. Alimentar yo‘l bilan yuqishiga hayvonlar (echki)ning xom sutini iste’mol qilishni misol qilish mumkin. Kasallik asosan Tayga o‘rmonlarida, kanalar ko‘p uchraydigan joylarda uchraydi. Kanadan yuqadigan ensefalitlarga beriluvchanlik yuqori.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Kana chaqqanda virus dastlab qonga, so‘ng markaziy nerv hujayralariga tushib, terida kuchli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, orqa miya bo‘yin qismi oldingi shoxlarining nerv hujayralari va uzunchoq miya yadrolari kuchli zararlanadi. Yorib ko‘rilganda ichki a’zolarda venoz qon to‘planishi va ularning degenerativ o‘zgarishlari, yurak epikardi seroz qavati, yuqori nafas yo‘llari va oshqozon shilliq qavatiga qon quyilgani aniqlanadi. Miya qavati kuchli qizargan, tomirlar ken- gaygan va qonga to‘lgan bo‘ladi. Bosh va orqa miya moddasi bo‘shash- gan, shishgan, mayda qon quyilishlar kuzatiladi.
Klinikasi. Yashirin davri 8 kundan 23 kungacha (o‘rtacha 10—12 kun) davom etadi. Belgilari uch xil sindromlar majmuidan iborat: umumiy infeksion, meningeal va nerv sistemasining o‘choqli zararlanishi. Kasallik o‘tkir boshlanadi, holsizlik, darmonsizlik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, uyquning buzilishi kuzatiladi. Oyoq- qo‘llar va bo‘yinda tez o‘tib ketuvchi holsizlik qayd etiladi. Bolalar va o‘smirlarda ko‘pincha epileptik tutqanoq kuzatiladi. Kasallik faqat umumtoksik belgilar yoki ensefalit, meningoensefalit yoki o‘choqli zararlanishlarsiz yengil umumiy infeksion belgilar shaklida o‘tishi mumkin. Tana harorati tezda 39—40°C gacha ko‘tariladi. Isitma 2 kundan 10 kungacha davom etadi.
Bo‘yin-yelka mushaklarining sust parezlari va falajlari — «bosh- ning osilishi» simptomi (37-rasm), bosh suyagi nervlari va meningeal belgilar (kuchli bosh og‘rig‘i, ensa mushaklari rigidligi,
Do'stlaringiz bilan baham: |