3-jadval
Difteriyaning turli shakllariga qarshi zardobning o‘rtacha miqdori (ming antitoksik birlikda)
Difteriya shakllari
|
Birlamchi
miqdor
|
Davolash kursi
|
Halqum difteriyasining lokalizatsiyalangan shakli
|
|
|
orolchali
|
10-15
|
10-20
|
Qardali
|
15-30
|
20-40
|
Oarqalgan shakli
|
30-40
|
50-60
|
Subtoksik shakli
|
40-50
|
60-80
|
Ooksik shakli
|
|
|
I darajali
|
50-70
|
80-120
|
II darajali
|
60-80
|
150-200
|
III darajali
|
100-120
|
250-350
|
GiQertoksik
|
100-120
|
450 dan ko‘6 emas
|
Lokalizatsiyalangan difteriya:
|
|
|
burun difteriyasi
|
10-15
|
20-30
|
jinsiy a’zolar difteriyasi
|
10-15
|
15-30
|
ko‘z difteriyasi
|
10-15
|
10-30
|
teri difteriyasi
|
10
|
10-30
|
Zardob bilan difteriyaning barcha shakllari davolanadi. Kurs bo‘yicha tayinlangan miqdor 1—4 kun davomida kiritiladi. Difteriyaning toksik shakllarida davolashning dastlabki 2 kunida qon tezda antitoksin bilan to‘yinishi uchun uni sutkada 2 marta yuboriladi. Intoksikatsiya, halqumdagi shish hamda karashlar hajmining kamayishi zardob yuborishni to‘xtatish mezoni bo‘lib hisoblanadi. Zardob dastlabki desensibilizatsiyadan keyin tayinlanadi. Kasal- likning yengil shakllarida davoning foydasi 10—14 soatdan keyin, toksik shakllarida esa keyinroq kuzatiladi.
Zardob yuborishdan tashqari asosiy masala nafas olishning buzilishiga qarshi kurashishdir. Bunda dastlab bemorga osoyishtalik (tinch holat) yaratilib, iliq muolajalar (umumiy vannalar, issiq qilib o‘rash), sodali eritmalarning bug‘li ingalatsiyasi, gorchich- niklar qo‘llanadi.
Organizmdan toksik moddalarning chiqishini tezlashtirish uchun polivinolpirrolidon preparatlari (neogemodez, gemodez, neokompensan va b.) hamda gemodez+glukozali yoki aminokislotali eritmalar (glukoneodez, aminodez) ishlatiladi. Dezintoksikasion preparatlar kasallikning dastlabki kunlari, ya'ni qonda toksin aylanib yurgan vaqtda samaralidir.
Toksik difteriyada va krupda albatta kortikosteroid preparatlar (prednizolon sutkada 40—50 mg miqdorda tayinlanadi. Keyinchalik miqdor asta-sekinlik bilan pasaytirib boriladi) 10—15 kun davomida yuboriladi.
Antibiotiklar bakterial infeksiya qo‘shilganda tayinlanadi.
Vitaminlardan askorbinat kislota tayinlanadi. Ma'lumki C vitaminiga bo‘lgan ehtiyoj har qanday yuqumli kasallikda, jumladan difteriyada ham oshadi.
Miokarditlarda strixnin (1% li eritmasi, teri ostiga), kordiamin, strofantin va boshqa preparatlardan tayinlanadi.
Riboksin, kaliy orotat va panangin ham yaxshi foyda beradi. Kasallikning toksik shakllarida birinchi kundan oksigenoterapiya qo‘llanadi.
Konservativ davolash foyda bermaganda jarrohlik usuliga o‘tiladi. Difteriya etiologiyali krup (cheklangan shakli) da intubatsiya qilinadi. Mazkur muolajadan so‘ng nafas olish yaxshilanmasa, traxeostomiya qilinadi.
Bemor shifoxonadan difteriyaning klinik belgilari va rivojlangan asoratlar yo‘qolgandan so‘ng chiqariladi. Halqum, burun, hiqildoq difteriyalari bo‘lgan bemorlar asorat kuzatilmaganda kasallik boshlanganidan 14—21 kundan so‘ng, subtoksik shaklida kasallik boshlanganidan 21 kundan keyin, toksik shaklining I darajasida — kasallikning 30-kuni, II darajasida — 45, III darajasida 60-kuni shifoxonadan chiqarilishlari mumkin.
Miokarditni o‘tkazgan bemor EKG nazoratida shifoxonadan chiqariladi.
Shifoxonadan chiqarishdan oldin halqumdan, burun va jarayon kuzatilgan boshqa joylardan difteriyaga ekish uchun ikkita nazorat ekmasi olinadi. Tekshirish natijalari ijobiy bo‘lmaganda uchastka vrachi nazoratiga shifoxonadan chiqariladi.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Difteriya bilan kurashishda spetsifik profilaktika — emlash orqali immunitet yaratish asosiy o‘rin egallaydi. Joylarda emlash ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish va ular haqidagi ko‘rsatmalarni puxta bajarish eng asosiy masala bo‘lib, vaksinatsiya samarasi xuddi shu ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Bunda tibbiy hamshiraga ma'suliyatli vazifa yuklanadi. Emlashni sifatli va to‘g‘ri bajarish uning vijdoniga bog‘liq. 1997- yildan O‘zbekiston Respublikasida Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti o‘tkazayotgan emlash siyosatiga asoslangan profilaktik emlashlarning yangi taqvimi amalda qo‘llanmoqda.
O‘choqda bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, izolatsiya qilish va bemorlarni hamda bakteriya tashuvchilarni shifoxonaga yotqizish tadbirlari o‘tkaziladi. Bemorni va bakteriya tashuvchini (difteriya tayoqchasi tashuvchisini) izolatsiya qilgandan keyin yakuniy dezinfeksiya o‘tkaziladi. Bemorning idish-tovoqlari 15 minut davomida 2% li soda eritmasida yoki 1% li sovun qo‘shilgan suvda qaynatiladi yoki 1,5 soat mobaynida 3% li xloramin eritmasiga solib qo‘yiladi. O‘yinchoqlar qanday materialdan yasalganiga qarab zararsizlantiriladi. Kiyim-bosh va yotoq choyshablari 15 min davomida 2% li sodali eritmada qaynatiladi yoki 1,5 soat 0,2% li xloramin eritmasiga solib qo‘yilib yuviladi. So‘ngra chayib olinadi (0,2% li xloramin o‘rniga
1% li sulfoxlorantin, 3% li vodorod peroksid hamda 0,5% li yuvish vositasidan) foydalanish mumkin. Bemor xonasidagi pol, mebel va boshqa buyumlar 0,5% li xloramin yoki 0,2% tindirilgan xlorli ohak eritmasi bilan artiladi.
Keyingi o‘n yillik kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, difteriyada bakteriya tashuvchanlik mustaqil epidemik jarayon sifatida yuzaga kelishi mumkin ekan. Shuning uchun har bir aniqlangan bakteriya tashuvchi klinik va bakteriologik tekshirilishi shart. Barcha bakteriya tashuvchilar (tranzitor bakteriya tashuvchilardan tashqari) antibiotiklar yordamida sanatsiya (tozalash) qilinadi.
Nazorat savollari
Do'stlaringiz bilan baham: |