Qanday kasallik haqida o‘ylash mumkin?
Qanday laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilishi zarur?
Vidal reaksiyasi uchun qon olish tartibini gapirib bering.
masala
Yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan N. ismli 50 yoshdagi bemorning umumiy ahvoli to‘satdan og‘irlasha boshladi: rangi oqarib, tomir urishi tezlashdi, arterial bosim pasayib ketdi. Tana harorati tezda normaga tushdi. Qon tahlilida qonda eritrositlar va gemoglobin miqdori kamayganligi aniqlandi.
Bunday holat qaysi kasallikda kuzatilishi mumkin va bu qanday asorat?
Bu vaqtda bemorlarga qanday yordam ko‘rsatiladi?
Qon to‘xtatuvchi preparatlar haqida gapirib bering.
masala
Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Ch. ismli 43 yoshdagi bemor yotqizildi. Kasallik belgilari quyidagilar: haroratning yuqoriligi, ko‘rishning xiralashgani, bitta narsaning ikkita bo‘lib ko‘rinishi (diplopiya), yutishning qiyinlashgani, ovozning pasaygani aniq- landi. Ko‘z qorachiqlari har xil kattalikda, qovoqlar osilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |