Gripp nima?
Nima uchun gripp epidemiyasi yilning sovuq vaqtlarida kuza- tiladi?
Grippning atipik shakllarining kechish xususiyati qanday?
Grippda qanday asoratlar uchraydi?
Qanday laboratoriya usullariga asosan gripp tashxisi qo‘yiladi?
Karantin nima?
Gripp qanday davolanadi?
Grippga qarshi faol immunizatsiya uchun nimalar qo‘llaniladi?
Paragripp (paragrippe)
Paragripp — o‘tkir virusli infeksiya bo‘lib, o‘rtamiyona intoksikatsiya belgilari va yuqori nafas yo‘llari, ayniqsa hiqildoqning zararlanishi bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchilari — paragripp viruslari bo‘lib, ular gripp virusiga yaqin. Hozirgi vaqtda paragripp viruslarining to‘rtta turi ma’lum. Virusning kattaligi 150—250 nm. Virus RNK ga ega. Ular odam va maymun embrioni buyragi to‘qimalari kul- turasida, ayrimlari esa — tovuq embrioni amniotik suyuqligida yaxshi ko‘payadi. Paragripp viruslari tashqi muhitga chidamli emas: xona haroratida 2—4 soatdan keyin yuqumlilik xususiyatini yo‘qota boshlaydi. Umumiy faolsizlanish 50°C haroratda 30—60 min qizdirilgandan keyin kuzatiladi.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai bemor odam hisoblanadi, virus kasallikning o‘tkir davrida burun-tomoq shilimshiqlari bilan ajraladi, havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Paragrippoz infeksiya yil davomida sporadik kasallanishlar shaklida uchraydi, kuz-qish oylarida esa kasallanish ko‘payadi. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarda boshqa etiologiyali o‘tkir respirator kasalliklarga nisbatan paragripp ko‘p uchradi. Paragripp bilan asosan bolalar kasal- lanadilar, bola qancha yosh bo‘lsa, kasallik uning uchun shuncha xavfli hisoblanadi.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Ma’lumki, virus asosan yuqori nafas yo‘llari (burun yo‘llari, hiqildoqda traxeya) ning epiteliy hujayralarida ko‘payadi. Jarayon asosan kichik yoshdagi bolalarda nafas yo‘llari pastki bo‘limlarida, mayda bronxlarda, bronxiolalarda va alveolalarda uchraydi.
Nafas yo‘llarining shilliq qavati qizaradi va shishadi. Yallig‘lanish jarayonlari ko‘proq hiqildoqda rivojlanadi. Bu yosh bolalarda ayrim hollarda hiqildoq stenozi (krup) ga sabab bo‘ladi, paragripp kasalligida virusemiya qisqa vaqt davom etadi va kuchli intoksikatsiya kuzatilmaydi.
Klinikasi. Paragrippda yashirin davr o‘rtacha 3—4 kun (2 kundan 7 kungacha) davom etadi. Kasallik ko‘pincha sekin boshlanadi. Bemor holsizlik, biroz bosh og‘rig‘i (asosan peshona qismida) dan shikoyat qiladi. Ba’zan og‘riq boshning chakka qismida yoki ko‘z olmalarida kuzatiladi. Ayrim vaqtlarda yengil et uvushishi va mushak og‘riqlari aniqlanadi. Paragripp tipik kechganda harorat subfebril yoki normal bo‘ladi, ba’zida birdaniga ko‘tarilib ketadi. Yosh bolalarda, kasallik og‘ir kechganda, kattalarda esa kasallikning 1- kunidanoq tana harorati ko‘tariladi. Tumov, quruq yo‘tal, tomoqda ozroq og‘riq kabilar ham odatda kasallikning 1-kunlari namoyon bo‘ladi. Rinoreya paragrippda gripp kasalligiga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Bemorni obyektiv tekshirganda teri normal rangda yoki biroz oqargan bo‘ladi. Burun shilliq qavatlari qizargan va shishgan holda ko‘rinadi. Yurak qon-tomirlar sistemasida tomir urishining tez- lashishi, kasallik og‘ir kechganda esa yurak tonining bo‘g‘iqligi aniqlanadi.
Kattalarda va kichiklarda ham ko‘p uchraydigan paragripp asorat- lariga pnevmoniya kiradi. Pnevmoniya ikkilamchi bakterial infeksiya natijasida paydo bo‘ladi va odatda o‘choqli xarakterga ega. Bola hayotining dastlabki yilida ba’zan krup — hiqildoq stenozi kuzatiladi. Bu hiqildoqning shishganligi, uning bo‘shlig‘ida sekret to‘p- langanligi va mushaklarning reflektor qisqarishi natijasida vujudga keladi. Paragrippoz krup odatda yaxshi yakunlanadi. Paragripp gripp qatori surunkali kasalliklarning zo‘rayishiga olib keladi. Odatda paragripp oqibati sog‘ayish bilan tugaydi.
Tashxisi. Paragripp infeksiyasida yuqori nafas yo‘llari zarar- langanda hiqildoq ko‘proq shikastlanadi. Kataral o‘zgarishlar sekinlik bilan, intoksikatsiya sust rivojlanadi yoki kuzatilmaydi. Paragrippga yakuniy tashxis qo‘yishda gripp kasalligidagi kabi ekspress tashxis (erta), virusologik hamda serologik tekshirishlar natijalaridan foydalaniladi.
Davolash. Paragrippda davolash asosan simptomatik va umumiy quvvatni oshirishga qaratilgan. Bundan tashqari, remantadin kasal- likning erta muddatlarida qo‘llanadi. Krup rivojlanganda zudlik bilan bemor shifoxonaga yotqizilishi shart. Bakterial asoratlar bo‘l- gandagina antibiotiklar va sulfanilamid preparatlar tayinlanadi.
Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Bu infeksiya o‘chog‘i mavjud bo‘lgan vaqtda epidemiyaga qarshi rejim qoidalariga rioya qilishga asoslangan.
Bolalar jamoalarida paragripp yuzaga kelganda haftada bir marta interferon stimulyatorlari yoki kuniga 3—4 mahal leykositar interferon butun epidemiya davomida tayinlanadi. Kattalarga burun kataklariga kuniga 1—2 mahal oksolin malhami surtiladi.
O‘choqdagi tadbirlar bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va izolatsiya qilishdan iborat. Bemor alohida xonaga izolatsiya qilinadi va bu xona har kuni nam latta bilan artilib, shamollatib turiladi.
Nazorat savollari
Do'stlaringiz bilan baham: |