E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet191/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Davolash. Bezgakning yangi aniqlangan ko‘rinishlari, erta va kechki residivlarini davolash vaqtida barcha bemorlar birinchi xurujni to‘xtatish uchun shifoxonaga yotqizilishlari shart. Xurujlar orasidagi davrda takroriy davo kurslarini o‘tkazish uchun va residivga qarshi bezgak bilan og‘rigan bemor ambulatoriya sharoitida ham davolanishi mumkin.
Davolashning quyidagi turlari farq qilinadi: dastlabki davolash, bunda bezgakning klinik shakli aniqlangunga qadar gamotrop pre- parat bilan birga bemorga gametoshizotrop preparat beriladi. Klinik davolash eritrositar bosqichlarni o‘ldirish orqali bezgak xuruj- larining oldini olish maqsadida o‘tkaziladi. Radikal davolash; bunda parazitning qondagi va to‘qimadagi shakllari yo‘qotiladi.
Bugungi kunda bezgakka qarshi juda ko‘p sintetik preparatlar mavjud. Ulardan asosiylari — 4-aminoxinolin va 8-aminoxinolin hosilalari, sulfanilamidlar va sulfonlardir. Bundan tashqari, bigumal va xloridin qo‘llanadi.
4-aminoxinolin hosilalaridan keng tarqalgani xingamin (xloro- xin, delagil, rezoxin va b.)dir. Ular plazmodiylarning eritrositar shakllariga ta’sir etadi. Bu guruh preparatlardan amodiaxin, galo- xin, gidroksixlorozinlarni ham qo‘llash mumkin, ular ham shun- day ta’sirga ega.
8-oksixinolin (xinosid, primaxin) hosilalari plazmodiylarning ekzoeritrositar (eritrositdan tashqari) shakllari hamda barcha turdagi plazmodiylar gamontlariga ta’sir ko‘rsatadi (gamotrop ta’sir).
Bigumal, xloridin, sulfanilamidlar va sulfonlar plazmodiy- larning eritrositar shakllariga ta’sir ko‘rsatadi (gematoshizotrop ta’sir). Bu preparatlar parazitlarning ekzoeritrositar (to‘qima) va jinsiy shakllariga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Uch va to‘rt kunlik bezgakni davolash uchun xingamin (delagil, xloroxin) bilan uch kunlik davolash kursi o‘tkaziladi. 1- kuni 0,5 g preparat sutkasiga 2 marta, 2- va 3-kuni 0,5 g dan bir marta beriladi. Uch kunlik bezgakda, bundan tashqari, primaxin sutkasiga 0,027 g yoki xinosid sutkada 0,03 g dan 10 kun davomida, ya’ni davo­lashning 4-kunidan 13-kunigacha beriladi. Xinosid sutkasiga 0,02 g dan 15 kun yoki primaxin sutkasiga 0,015 g dan 14 kun davomida beriladi. Bu kurs bezgakni radikal davolaydi.
Tropik bezgak xingamin bilan davolanadi. 1-kuni 1,5 g preparat 3 mahal qabul qilinadi, keyingi 2—4 kunda sutkasiga 0,5 g xingamin xinosid (sutkada 0,02 g) yoki primaxin (sutkada 0,015g) bilan birga ishlatiladi. Hozirgi kunda tropik bezgak plazmodiylarining dorilarga chidamliligi ortgan va bu sxema yetarli emas. Tropik bezgakning chidamli shakllarida ayrim preparatlar (xingamin, xinin, xloridin, akrixin)ning foydasi kam. Bunda har xil preparatlarni qo‘llash ancha samaralidir. Bu shakllarni davolash uchun xinin sulfat sutkasiga 0,65 g dan 3 mahal 10 kun davomida sulfapiridazin (1-kun 1 g, keyingi

  1. kunda 0,5 g dan) bilan birga buyuriladi. Xingaminni (1-kuni sutkasiga 0,5 g dan 2 mahal, keyingi 3—4 kun sutkasiga 0,5 g dan) sulfapiridazin (1-kuni 1 g, keyingi 4 kun sutkada 0,5 g dan) bilan birga qo‘llash ancha naf beradi.

Tropik bezgakning xavfli shakllarini davolashda parenteral yo‘l bilan bezgakka qarshi preparatlar tayinlanadi. Ammo preparatlarning toksik ta’sirini e’tiborga olib, ularni sekinlik bilan, imkon boricha tomchilab, izotonik eritmalar yoki 40% li glukoza eritmasida desensibilizatsiyalovchi preparatlar bilan birga qo‘llash zarur. Davo venaga 250—500 ml natriy xloridning izotonik eritmasida 0,65 g digidroxloridni tomchilab (1 minutda 60 tomchi) yuborishdan boshlanadi. Kamida 8 soatdan keyin u takroran yuboriladi. Eng ko‘p sutkalik miqdori 2 g dan oshmasligi kerak. Davo 10—14 kunni tashkil etadi. Xingamin (delagil) ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U ampulada 5% li eritma holida chiqariladi. Uning 5% li eritmasi 10 ml miqdorda har 6—8 soat orasida tayinlanadi. Xingaminning sutkalik miqdori 30 ml dan oshmasligi kerak. Bemor ahvoli yaxshi- langandan keyin bu preparat og‘iz orqali (ichish yo‘li bilan) qabul qilinadi.
Bezgakka qarshi preparatlar bilan bir vaqtda patogenetik davo usullari ham qo‘llanadi. Bunday davo tomirlar devori o‘tkazuv- chanligi va suv elektrolit almashinuvini normallashtirish, gipok- siyani kamaytirish va miya shishini yo‘qotishga qaratilgan bo‘ladi. Buyrakning ajratish funksiyasini oshirishga qarshi preparatlardan 1% li furosemid eritmasi yoki 2—4 ml laziks hamda venaga korti- kosteroidlardan prednizolon, gidrokortizon, prednizon, deksa- metazon, mannitol va boshqalar tayinlanadi. Parallel ravishda antigistamin preparatlar — dimedrol va diprazin, yurak-tomirlar

  1. Yuqumli kasalliklar preparatlari kofein, kordiamin va strofantin hamda vitaminlar buyuriladi. Qo‘zg‘alish va talvasani to‘xtatish uchun mushak orasiga 2,5% li aminazin eritmasidan 1—2 ml yuboriladi. Dezintoksikatsiya uchun venaga 500—1000 ml poliglukin yoki reopoliglukin, 400— 500 ml gemodez yuboriladi. 10% li albumin eritmasini ham tayin- lash mumkin.

Gemoglobinuriyali isitmada avvalo gemoliz chaqiradigan prepa- ratlar — xinin va sulfanilamidlar to‘xtatiladi va xingamin (delagil) yoki bigumal qo‘llaniladi. Prednizolon va gidrokortizon, mannitol hamda tuzli eritmalar yuboriladi. Siydik hosil bo‘lishi buzilganda bemorni issiq o‘rab, buyrak sohasiga diatermiya qilinadi. Og‘ir hollarda bemor gemodializga o‘tkaziladi, u «sun’iy buyrak» apparati yordamida amalga oshiriladi.
Sog‘aygan bemor etiotrop davo to‘liq o‘tkazilgandan keyin shifoxonadan chiqarilishi mumkin. Bu vaqtda bezgak plazmodiylariga tekshirilgan surtma va yirik tomchi usulida 3 marta ijobiy bo‘lmagan natijalar olinishi zarur.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish