E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet189/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Klinikasi. Yashirin davr tropik bezgakda — 8—10 kun, uch kunlik bezgakda va ovale bezgakda — 10—12 kun va to‘rt kunlik bezgakda — 20—25 kun davom etadi.
Bezgak bilan birinchi marta kasallanganda kasallik boshida isitma noto‘g‘ri tipda bo‘lishi mumkin va bir necha kun o‘tgandan keyin­gina xurujlar to‘g‘ri almashina boshlaydi. Bezgak uchun 1—3 soat davom etadigan et uvushishi, tananing qizib ketishi (6—8 soat) va terlash bilan kechadigan xuruj xarakterlidir. Bezgak bilan og‘rigan bemorda isitma xuruji kunning har xil vaqtlarida kuzatilishi mum- kin, lekin ko‘pincha u ertalab yoki tunda qayd etiladi. Avval kuchli et uvushadi, bemor egniga qanchalik issiq kiyimlar kiymasin va o‘rin-ko‘rpa bilan o‘ramasin, u isimaydi. Bu davr o‘rtacha 1—1,5 soat (gohida 3 soat)gacha davom etadi. Bu davrdan keyin birdan harorat 40—41°C gacha ko‘tarilib hatto undan ham yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Bemorda bosh og‘rig‘i, betoqatlik, bel va oyoq-qo‘llarda og‘riq kuzatiladi. Taxikardiya, ba’zida ko‘ngil aynishi, qusish, alahsirash va es-hush buzilishi aniqlanadi. Xuruj oxiri terlash bilan yakunlanadi va bunda intoksikatsiya belgilari kamayadi. Harorat kritik tarzda normagacha, hatto normadan ham past ko‘rsatkichgacha tushadi. Xuruj tugagandan so‘ng bemor o‘zini yaxshi his qila boshlaydi va u ko‘pincha uxlab qoladi; bir necha soatdan keyin uyg‘onib, o‘zini ancha tetik sezadi. Bezgak xuruji avj olganda bemor butun tanasida kuchli issiqlik sezadi, ustidagi ko‘rpalarni olib tashlaydi, chanqaydi. Bu vaqtda tana terisi qurigan bo‘lib, qo‘lga juda issiq seziladi. Puls haroratga mos ravishda tezlashgan bo‘ladi va arterial bosim pasayadi. Shilliq pardalar quruq, til esa qalin oq karash bilan qoplangan bo‘lib, ko‘pincha lablar yoki burun qanotlarida gerpetik toshmalar kuzatiladi.
Uch kunlik bezgakda xuruj 6—8 soat, to‘rt kunlik bezgakda — 12—24—36 soat, tropik bezgakda — 36 soatgacha davom etadi. Bitta isitma xuruji tugagan vaqtdan boshlab to navbatdagi xuruj boshla- nishigacha bo‘lgan oraliq vaqt apireksiya deyiladi.
Apireksiya paytida harorat normada bo‘lib, umumiy ahvol qoniqarli bo‘ladi, lekin kuch asta-sekin kamaya boradi.
Uch kunlik bezgakda xuruj to‘g‘ri almashganda u kunora, to‘rt kunlik bezgakda esa — har 2 kunda takrorlanadi. Tropik bezgakda xuruj har kuni katta apireksiyalarsiz kechishi mumkin.
Bezgak bilan og‘rigan ayrim bemorlarda xuruj qat’iy xarakterli belgilarsiz kechadi: yuqori tana harorati uzoq vaqt davom etishi mumkin, ertalab va kechqurun tana harorati o‘lchanganda katta farq sezilmasligi mumkin. Shuning uchun bezgakka ozgina gumon tug‘ilgan taqdirda tana harorati 3—4 kun davomida har 2 soatda o‘lchab turilishi kerak.
Bezgak o‘chog‘ida odam bir xil tipdagi qo‘zg‘atuvchi yoki uning har xil tiplari bilan bir necha bor kasallanishi mumkin. Bu vaqtda bezgak xurujida hech qanday qonuniyat bo‘lmaydi, tana harorati doimiy yoki noto‘g‘ri xarakterda bo‘lishi mumkin.
Bemorda jigar va taloq kattalashadi, paypaslaganda og‘riydi. Kasallik boshlanganidan 10—12 kun o‘tgach, teri va shilliq pardalar sarg‘ayadi. Bu eritrositlar gemolizi va jigar parenximasi zararlanishi natijasida kuzatiladi.
Eritrositlar gemolizi va qon yaratish a’zolari faoliyati pasayishi sababli qon manzarasida gipoxrom anemiya kuzatiladi. Retikulositlar ko‘payadi, leykopeniya, neytropeniya, nisbiy limfo- va monositoz aniqlanadi, ECHT oshadi.
Ko‘krak yoshidagi bolalarda bezgak o‘zining tipik ko‘rinishini yo‘qotadi. Kasallik xurujlari bolalarda kam rivojlanadi yoki kuza­tilmaydi. Bularda et uvushishidan keyin ko‘karish va qo‘l-oyoqlar muzlashi aniqlanadi. Kattalarda bezgak xuruji yakunida kuzatiladigan terlash bolalarda uchramaydi. Xurujlararo davr kam rivojlangan bo‘lib, tana harorati yuqoriligicha qoladi. Bolalarda meningeal belgi va meningoensefalit belgilari: qusish, betoqatlik, yurak-tomirlar yetishmovchiligi bilan kechadigan og‘ir toksikoz va ko‘pincha ichak funksiyasi buzilishi qayd etiladi. Anemiya tez rivojlanadi, jigar va taloq tez orada kattalashadi.
Homiladorlik vaqtida bezgak homila rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Homiladorlik ona organizmidagi intoksikatsiya natijasida o‘lik, chala yoki hayotga layoqatsiz bolalar tug‘ilishi bilan yakun- lanishi mumkin. Bundan tashqari homila rivojlanishi davrida homilaga bezgak yuqishi mumkin. Bunday vaqtda jigar va talog‘i kattalashgan, nimjon, to‘la rivojlanmagan hamda anemik bolalar tug‘ilishi mum­kin. Onalarda bezgak tipik kechmaydi. Ularda kasallik ko‘krak yoshi- dagi bolalarda kechgani kabi namoyon bo‘ladi. Bezgakning o‘ta og‘ir asoratlariga bezgak komasi, gemoglobinuriyali isitma va taloq yorilishi kiradi.
Bezgak komasi ko‘pincha birinchi marta kasallanganda va davolan- maganda kuzatiladi. Bu asoratlar klinikasida uchta davr farqlanadi: birinchi davr — xavfli davr — bemor karaxt bo‘lib, u ko‘rik vaqtida uxlab qoladi, berilgan savollarga qiyinlik bilan javob qaytaradi. Ikkinchi davr — sopor davri: bemor ahvoli ancha og‘irlashadi, talvasa kuzatiladi, tana harorati yuqori darajada saqlanadi. Uchinchi davr — chuqur koma (hushini yo‘qotadi, chuqur uyquni eslatadi). Ko‘zdan kechirganda bemor hech qanday ta’sirotlarga reaksiya bermaydi. Terisining rangi yersimon tusda bo‘ladi. Cheyn-Stoks tipida chuqur va shovqinli nafas oladi, arterial bosim progressiv ravishda tushib ketib, bemor ko‘karib ketadi. Siydik va defekatsiya ixtiyorsiz ravishda ajraladi. Ko‘z qorachiqlari yorug‘likka reaksiya bermaydi. Qonda juda ko‘p miqdorda parazitlar aniqlanadi.
Gemoglobinuriyali isitma ko‘p miqdordagi eritrositlar gemolizi natijasida katta miqdorda gemoglobin ajralib chiqishi (siydik bilan ham ajralishi) tufayli vujudga keladi. Bu asorat ko‘pincha bemorni xinin bilan davolash jarayonida qayd etiladi. Tana harorati 40°C gacha va undan ham yuqori ko‘tariladi, bemor bosh og‘rig‘i, o‘ng qovurg‘a osti va bel sohasidagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Anemiya progressiv ravishda kuchaya boradi, gemolitik tabiatga ega bo‘lgan sariqlik rivojlanadi. Diurez progressiv kamayadi, siydik to‘q jigarrang yoki deyarli qora rangga kiradi. U tindirilganda tagida ko‘p miqdorda qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ladi. Tana harorati pasaygandan so‘ng bemor ahvoli yaxshilanadi, siydik och rangga kira boshlaydi. O‘lim o‘tkir buyrak yetishmovchiligidan vujudga kelishi mumkin.
Taloq to‘satdan yorilib, qorinning yuqori bo‘limida kuchli og‘riq kuzatiladi va u chap yelkaga uzatiladi. Qorin devori mushaklari taranglashib, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik aniqlanadi. Bemorning rangi oqarib, arterial bosimi pasayadi. Ichki qon ketishi kuchayib borishi natijasida shok rivojlanadi.
Bezgakda turg‘un immunitet hosil bo‘lmaydi. Kasallik residivlar bilan o‘tishi mumkin. Ular erta (o‘tkir xurujdan 1,5—2 oy keyin) yoki kech residivlar (o‘tkir xurujdan 9—11 oy, ba’zan ko‘p yillar- dan keyin) shaklida o‘tishi mumkin.
Bezgakka o‘z vaqtida tashxis qo‘yilsa va u to‘g‘ri davolansa, kasallik sog‘ayish bilan yakunlanadi. Bezgakning og‘ir shakllarida, ayniqsa tropik shaklida oqibat jiddiy.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish