E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Download 1,2 Mb.
bet147/236
Sana16.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#495758
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   236
Bog'liq
Yuqumli kasalliklar

Tashxisi. Epidemiologik anamnez (botqoq, o‘tzorlarda ishlash, cho‘milish, qishloq xo‘jalik hayvonlari bilan aloqada bo‘lish) klinik belgilar va laboratoriya tekshirishlariga asoslangan.
Qonda eritrositlar gemolizi natijasida yuzaga kelgan kuchli anemiya aniqlanadi. Eritrositlar soni 2—3x1012 /l gacha, gemoglobin

  • 40—50 g/l gacha kamayadi, yuqori leykositoz (20x109 gacha), limfopeniya, ECHTning ba’zan 50—60 mm/soatgacha oshganligi qayd qilinadi. Trombositlar soni 100—180x109/l gacha kamayishi mumkin. Siydikda albuminuriya, patologik jarayonga jigar qo‘shil- ganda esa bilirubin va transferazalar (AlAT 2—4 mmol/l gacha) oshganligi aniqlanadi.

Bakteriologik tekshirish materialni birlamchi mikroskopiya va leptospiralarning toza kulturasini olish uchun uni ekma qilishdan iborat. Qon (kasallikning birinchi 5 kunida), orqa miya suyuqligi (meningeal belgilar bo‘lganda) va siydik (kasallikning 10-kunidan boshlab) tekshiriladi. Tekshiriladigan materialning bir tomchisi buyum oynachasiga tomiziladi va qoplagich oynacha bilan yopiladi. Ijobiy natija kuzatilganda qorong‘i maydonda faol va har xil hara- katlar qilayotgan kumush rang oq iplar shaklidagi leptospiralar topiladi.
Ekma uchun tekshirish materiali sifatida 5 tomchidan 20 tom- chigacha qon, siydik, orqa miya suyuqligi olinadi. Bir vaqtda 3—5 ekmalar qilinadi (imkon boricha bemor yotog‘i oldida). Lep- tospiralarni o‘stirish uchun optimal harorat 28—30°C bo‘lishi kerak. Leptospiralar 30 kun davomida o‘stiriladi. Ular o‘sganda muhit loyqalanmasligini e’tiborga olib, ularning o‘sganligini aniq­lash uchun qorong‘ilatilgan joyda muhitdan tomchi olib, har 5—7 kunda tekshirib boriladi.
Biologik tekshirish uchun yosh dengiz cho‘chqalari ishlatiladi. Bemor qoni dengiz cho‘chqasining ko‘pincha qorin pardasiga 2—5 ml hajmda kiritiladi. Ijobiy biosinamada 4—6-kun hayvonlar ko‘zi- dan yosh oqa boshlaydi, tana harorati 39—40°C gacha ko‘tariladi va umumiy sariqlik kuzatiladi. A’zo hamda to‘qimalarga qon quyilishi natijasida hayvonlar o‘ladi. Hayvonlardan leptospiralarni ajratib olish uchun qon, siydik va a’zolar ekiladi.
Leptospiralarning tirik kulturalari yordamida qo‘yiladigan mikros- kopik agglutinatsiya reaksiyasi (MAR) leptospirozga tashxis qo‘yish- da spetsifik usul hisoblanadi. Mazkur reaksiya kasallikning 2—4- haftasida qo‘yiladi. Natija 1,5—2 soatdan keyin olinadi. Ijobiy natijalarda leptospiralar harakatsizlanadi. Reaksiya natijasi uch balli shkala bo‘yicha plyuslar bilan belgilanadi (+++ barcha leptospiralar agglutinatsiyaga uchraydi; ++ 50—75% mikroorganizmlar yopishib qoladi; +25% leptospiralar agglutinatsiyalanadi). Ijobiy hisoblanishi uchun kamida (++) bo‘lishi kerak. Oxirgi yillarda sust gemag- glutinatsiya reaksiyasi (PGAR) qo‘llanmoqda. Uning minimal tashxis titri — 1:80 ga teng.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish