E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish



Download 0,9 Mb.
bet11/19
Sana11.01.2017
Hajmi0,9 Mb.
#76
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
O’n birinchi bob
Nonushtadan so’ng chamadon bilan qarmoqda joylashgan hilofni ko’tarib Burgetga eltuvchi avtobus yoniga halloslab kelganimizda maydon jazirama issiqda yonardi. Avtobus tomida allaqachon odamlar o’tirib olishgan bo’lsa ham, zinasidan hamon yo’lovchilar tarmashib chiqishyapti. Bill yuqoriga chiqdi, menga joy olish maqsadida Robert Kon ham yoniga o’tirib oldi. Men mehmonxonaga qaytib yo’lga bir qancha vino olib keldim. Qaytib kelganimda avtobus liq to’lgandi. Tomiga qalashib ketgan chamadon va yashiklar ustiga yo’lovchilar o’tirib olishgan, ayollar yelpig’ich bilan o’zlarini yelpishyapti.

Kun nihoyatda issiq, Robert menga mo’ljallangan joyni bo’shatib, pastga tushgandi, mashina tomiga o’rnatilgan uzun yagona taxta o’rindiqqa joylashib oldim. Robert Kon arklar soyasida bizning qo’zg’alishimizni kutib turdi. Oyoq tomonimizda tizzasiga kattakon meshni qo’yib olgan bask yonboshlab yotibdi. U

meshni Billga, keyin menga uzatdi. Meshni ko’tarib endi og’zimga olib kelgandim, bask avtomobil' signaliga o’xshatib qo’qqisdan o’kirgandi, vinoni to’kib yubordimu hammaning kulgisiga sabab bo’ldim. U uzr so’rab yana tatib ko’rishni iltimos qildi. Birozdan so’ng u yana signalga taqlidan bo’kirgandi, ikkinchi marta qalqib ketdim. Bunaqa qilishga juda usta ekan. Basklarning kayfi rosayam choq edi. Billning qo’shnisi ispancha gaplashmoqchi bo’luvdi, Bill hech nimaga tushunmadi, shu sababli bo’lsa kerak, unga vinolarimizdan bir shishasini uzatdi. qo’shni rad etdi. Kun haddan tashqari issiq, bundan tashqari nonushta paytida judayam ko’p ichgan ekan. Bill shishani ikkinchi marta uzatuvdi, uni olib bir qultum ichdi, keyin vino qo’lma-qo’l bo’lib ketdi. Avtobusdagilarning har biri bir qultumdan ichdi-da, keyin shishani bizga berib, berkitib qo’yishga undashdi. Ular

bir-biriga gal bermay vino solingan meshlarini bizga uzatishardi. Bular toqqa keta-yotgan dehqonlar edi.

Signal taqlidchisi bir-ikki marta bizni aldaganidan so’ng, nihoyat avtobus o’rnidan qo’zg’oldi, Robert Kon qo’lini ko’tarib xayrlashgandi, basklarning hammasi unga javoban qo’l silkishdi. Yo’l bizni shahar tashqarisiga olib chiqishi bilanoq salqin havoning orombaxsh nafasi ufurdi. Boshing daraxt shoxlariga yetgudek balandda o’tirib ketish rohat edi. Avtobus tog’ etagiga olib tushuvchi yo’ldan chanshi burqsitib katta tezlikda borardi, chang daraxtlar ustiga qo’nar, barglar orasidan esa daryo bo’yidagi tikka jarlik ustida qad ko’targan shahar ko’rinib turardi. Tizzamga suyanib o’tirgan bask meshning og’zi bilan shaharga ishora qilib ko’zini qisib qo’ydi. Keyin boshini chayqab dedi:

- Yomon emas-a?

- Bu basklar alomat xalq ekan-da,- dedi Bill. Oyoq tomonimda o’tirgan baskning yuzi egarga ishlatiladigan charm rangidek qorayib ketgandi. Egnida boshqalarniki kabi kalta qora ko’ylak. Oftobda qoraygan bo’ynini ajin qoplagan. U yoniga o’girilib Billga meshini uzatdi. Bill unga shishalarimizdan birini berdi. Bask ko’rsatkich barmog’ini Billning burni oldiga olib bordi-da, kafti bilan tiqinini yopib shishani unga qaytarib berdi. Bill vinoli meshni yuqori ko’tardi.

- Ko’taravering,- dedi bask.- Yuqoriroq! Yana yuqoriroq ko’taring.

Bill meshni baland ko’tardi-da, boshini orqaga tashlab og’zini vinoga tutdi. Ichib bo’lib, meshni pastga tushirgandi, iyagidan vino oqib tushdi.

- Yo’q, yo’q! Bunaqa ichilmaydi,- deyishdi basklar. Qanaqa qilib ichish lozimligini endi ko’rsatmoqchi bo’lgan baskning qo’lidan meshni kimdir tortib

oldi. Meshni olgan yigitcha uni boshi uzra baland ko’tarib, mahkam qisgan edi, vino vishillab og’ziga quyildi. U meshni o’zidan ancha narida tutib tursa ham, yoydek oib to’g’ri og’ziga quyulayotgan vinoni xotirjamlik bilan qult-qult yutardi.

- Hey, bola!- baqirdi meshchi.- Kimning vinosini sipqarayapsan?

Yigitcha unga jinjilog’ini silkitib, bizga jilmayib qo’ydi. Keyin ichishni bas qilib, meshni egasining qo’liga tutqazdi. Bizga qarab ko’zini qisdi.Vinoning egasi ma'yuslik bilan meshni chayqatib ko’rdi. Biz allaqandan qishloqqa kirib borib, qovoqxona yonida to’xtadik, shofer bir necha posilkani avtobusga joyladi. Keyin yo’lda davom etdik.

Qishloqdan chiqilishi bilan yo’l toqqa ko’tarila boshladi. Tevarak-atrof ekinzor maydon, tog’ning qoyali yonbag’ri ekinzorlarga tutashib ketgan. Ekinzor ?iilab yuqorigacha cho’zilgan. Yuqoriga chiqib olganimizdan keyin qattiq shamol boshoqlarni silkitayotganini ko’rdik. G’ildiraklar ostidan ko’tarilayotgan chang-to’zon ortimizda muallaq osilib qolardi. Yo’l yuqoriga o’rlagan sayin yashnab turgan dalalar pastlikda qolib ketardi. Endi tog’ yonbag’ridagi anhorning ikkala tomonidagi qip-yalang’och qoyalar orasidagi ekinzorlar onda-sonda ko’zga tashlanardi. Biz baland qilib yuk ortilgan aravani ketma-ket tortib kelayotgan oltita xachirni oldinga o’tkazib yuborish maqsadida yo’lning bir chekkasiga burilib to’xtadik. Aravani ham, xachirlarni ham chang qoplagandi. Birinchi aravaning ortidan ikkinchisi ham kelyapti. Unisiga taxta ortilgan bo’lib, yonidan o’tayotganimizda arava orqaga tisarilib to’xtadi, g’ildiraklari orasiga jilmasligi uchun bir bo’lak taxtani tiqib qo’yishdi. Bu joylar biyday yap-yalang’och qiyalama qoyadan iborat, bamisoli sopoldek pishigan loy esa yomg’ir yog’averganidan jo’yaklardek taram-taram bo’lib qotgandi.

Muyulishdan o’tishimiz bilanoq o’rtasini anhor kesib o’tgan yam-yashil voha boshlandi. Anhorning o’ng va chap tomonida qishloq joylashgan bo’lib, uzumzorlari uylarga tutashib ketgandi. Biz do’kon yonida to’xtadik, ko’pgina yo’lovchi avtobus tomidagi brezent tagidan yuklarning bir qismini pastga olib tushishdi. Bill bilan mashinadan tushib do’konga kirdik. Bu pastakkina uy bo’lib, shipiga egar-jabduh, dastasi oppoq yog’ochli panshaxa, tagligi kanopdan ishlan-gan bir necha juft bashmoq, dudlangan son go’shti, bir bo’lak dumba yog’, sassiq sarimsoq shodasi, uzun kolbasalar osib qo’yilgan ekan. Bino ichi salqin edi, ikki ayol vino sotayotgan peshtaxta yoniga bordik. Ayollarning ortidagi tokchalarda oziq-ovqat, turli mollar taxlab qo’yilgan. Biz bir ryumkadan aguardiente1 ichib, ikkala ryumkasiga qirq sentimo to’ladik. Qaytimini ayolga choychaqaga qoldirmoqchi bo’lib ellik sentimo uzatuvdim, u aroqning bahosini eshitmabdi, deb o’ylab qaytimini berdi. Bizga hamroh bo’lib ketayotgan ikki bask ichkariga kirib, bizni mehmon qilmoqchi bo’lishdi. Ular bizga aroq olib berishdi, keyin biz ham ularni mehmon qildik, birozdan so’ng ular yelkamizga do’stona qoqib qo’yib, yana bizni mehmon qilishdi. Keyin biz yana ularni mehmon qilib, hammamiz birgalikda jazirama tashqariga chiqib, avtobus tomidagi joyimizga kelib o’tirdik. Endi joy hammaga yetarli, ilgari tomga yonboshlab olgan bask Bill bilan o’rtamizga o’tirib oldi. Bizga araq quyib bergan ayol qo’lini peshbandiga artib do’kondan chiqdi-da, avtobusda o’tirgan allakim bilan gaplasha boshladi. Ikkita bo’sh pochta xaltasini ko’tarib shofer qaytib kelib, o’rniga chiqib o’tirgach, avtobus qo’zg’oldi, hamma bizga qo’l silkib xayrlashdi.

Yashil voha bir nafasda ortda qolib, biz yana toqqa chiqib oldik. Bill meshning egasi - bask bilan suhbatlashib ketdi. O’tirganlardan kimdir skameyka suyanchig’idan biz tomon egilib, inglizchalab so’radi:

- Amerikalikmisizlar? -ha.

- Menam o’sha yerda yashagandim,- dedi u.- Bundan qirq yil avval yashagandim.

U xurpaygan oshyuq soqolli, boshqalarga o’xshab qorachadan kelgan qariya edi.

- Xo’sh, qalay ekan?

- Nima dedingiz?

- Amerika sizga yoqdimi?

- Men Kaliforniyada bo’lgandim. Juda yoqqandi.

- Nega u yerdan ketdingiz?

- Nima dedingiz?

- Nega qaytib keldingiz?

- Uylanish uchun qaytib kelgandim. Yana qaytib bormoqchiydim, lekin xotinim sayohatni yoqtirmaydi. Qayerdan bo’lasizlar?

- Kanzas-Sitidan.

- U yerda ham bo’lgandim,- dedi u.- Men Chikagoda. Sent-Luisda, Kanzas-Sitida, Denverda, Los-Anjelesda va Solt-Leyk-Sitida bo’lgandim.

Qariya hamma shaharlarni sanab chiqdi.

- Amerikada ko’p yil yashadingizmi?

- O’n besh yil. Keyin qaytib keldimu uylanib oldim.

- Ichamizmi?

- Mayli,- dedi u.- Bunaqasi Amerikada topilmaydi, to’g’rimi?

- Istagancha topiladi, pul bo’lsa bas.

- Nega bu yerga keldinglar?

- Biz Pamilonga fiesta saylini tomosha qilgani keldik.

- Buqalar jangini yaxshi ko’rasizmi?

- Judayam-da. Siz-chi?

- Ha,- dedi u.- Menam yaxshi ko’raman.- Birozdan keyin yana so’radi:- Hozir qayoqqa ketyapsizlar?

- Burgetga, baliq ovlagani ketyapmiz, - Ovingiz baroridan kelsin!-dedi u.

Qariya men bilan Billning qo’lini qisib, yana bizga orqa o’girib oldi. Basklar unga hurmat bilan tikilib qolishdi. Qariya qulayroq o’tirib oldi, tevarak-atrofni tomosha qilib borarkanman, menga qarab jilmayib qo’yardi. Amerikaliklar bilan qilgan suhbati, aftidan, uni toliqtirganga o’xshardi. U boshqa bir og’iz ham gapirmadi.

Yo’l borgan sayin yuqoriga ko’tarilardi. Tevarak-atrof tap-taqir, tuprog’i qoramtir, qayoqqa qaramang, toshlar qaqqayib turardi, yo’l chekkalarida o’t-o’lanlar ko’rin-maydi. Ortimizga o’girilib, pastda yastanib yotgan vohani ko’rdik. Uzoqdagi tog’ yonbag’rida kvadrat shaklidagi yashil va qoramtir dalalar ko’zga tashlanadi. Ufq tog’larga, qop-qora, g’alati shakllarga tutashib ketgan. Biz yuqoriga ko’tarilganimiz sayin manzara o’zgarib borardi.

Avtobus tikka yo’ldan ohista o’rmalab borar ekan, janub tomonda yangi-yangi tog’lar paydo bo’lardi. Keyin yo’l tizma cho’qqilardan oshib o’tib o’rmon

oralab ketdi. Bu emanzor bo’lib, barglari orasidan quyosh nuri tushib turardi, o’rmonning ichkarisida, daraxtlar orasida esa qoramollar o’tlab yuribdi. Keyin o’rmon tugab yo’l tepalikka ko’tarildi-da, ro’parada to’lqinsimon yam-yashil tekislik, uning ortida esa qop-qora tog’lar ko’zga tashlandi. Bu tog’lar ortimizda qolib ketgan, jaziramada jizg’inagi chiqqan qoramtir tog’larga o’xshamasdi. Bular o’rmon bilan qoplangan bo’lib, uning yonbag’rida bulutlar suzib yurardi. Chetanlar bilan ixota qilingan yashil tekislik uzoq-uzoqlarga cho’zilib ketgan, janubdan G’arb tomon uni kesib o’tuvchi, ikki chetiga ekilgan daraxtlar orasidagi yo’l oqarib ko’rinmoqda. Tepalikning chekkasiga yetib kelganimizda Burgetning tekislikda qad ko’targan qizil tomli oppoq uylariga ko’zimiz tushdi. Uylarning ortida, qop-qora tog’ cho’qqisida Ronseval' monastirining kulrang tunuka tomi yarqirab turardi.

- Ana Ronseval',- dedim men.

- Qayerda?

- Huv ana, tog’ boshlangan joyda.

- Sovuq ekan,- dedi Bill.

- Bu yer baland-da,- dedim men.- Aftidan bir ming ikki yuz metr yuqorida bo’lsak kerak.

- Juda sovuq ekan,- dedi Bill.

Avtobus Burgetga olib boruvchi tep-tekis yo’lga tushib oldi. Biz chorrahani ortda qoldirib, ko’prikdan o’tdik. Burgetdagi uylar yo’lning ikki chekkasiga joylashgan ekan. Tor ko’chalar ko’rinmasdi. Avtobus cherkov bilan maktab binosi yonidan o’tib to’xtadi. Bill bilan pastga tushdik, shofer chamadonni, hilofdagi qarmoqlarimizni olib berdi. Yelkalari osha sariq kamar taqqan, uch burchak shapkali karabinchi yonimizga keldi-da, qarmoq joylangan hilofga barmog’ini nuqib so’radi:

- Buning ichida qanaqangi narsalaringiz bor? Hilofni ochib unga ko’rsatdim. Baliq oviga ruxsatnoma bormi, deb so’ragan edi, cho’ntagimdan olib unga uzatdim. Karabinchi chisloga qarab qo’lini silkib qo’ydi.

- Hammasi joyidami?-so’radim men.

- Ha. Albatta.

Oppoq g’ishtin uylar yonidan o’tib mehmonxona tomon yurdik. Uylarning egalari butun oilalari bilan ostonada bizga ko’zini lo’q qilib qarab o’tirardilar. Mehmonxona bekasi bo’lmish semiz ayol oshxonadan chiqib biz bilan qo’l berib so’rashdi. U ko’zoynagnni olib artdi-da, yana taqib qo’ydi. Shamol bo’lib turgani uchun mehmonxona sovuq edi. Beka xizmatchisiga bizning xonamizni ko’rsatishni buyurdi. Xonada ikkita karavot, umival'nik, shkaf va "Ronseval' ma'budasi"ning ramkadagi kattakon surati bor edi. Shamoldan derazalar dirillardi. Biz yuvinib olib sviterimizni kiydigu, oshxonaga tushdik. Poliga tosh yotqizilgan, shipi pastakkina, devorlariga eman qoplangan ekan. Derazalari allaqachon yopilgan bo’lsa ham, xona shunaqayam sovuq edi-ki, hatto og’zingdan chiqayotgan hovurni ham ko’rish mumkin edi.

- Yo tangrim, nahotki ertagayam shunaqa sovuq bo’lsa -dedi Bill. Men bunaqa sovuqda shaloplab suv kechishni istamayman.

Narigi burchakda, yog’och stollar ortida pianino turgan ekan, Bill uning yoniga borib chala boshladi.

- Isinib olish uchun chalyapman,- dedi Bill.

Men bekani topib xona bilan kundalik ovqatlanish haqi qancha bo’lishini so’radim. U qo’llarini peshbandi os tiga qovushtirib menga qaramay dedi:

- Un ikki peset.

- Qo’ying-e, biz Pamplonda ham shuncha to’lamagandik. U hech nima demadi, faqat ko’zoynagini olib peshbandining bir uchi bilan artib qo’ydi.

- Juda qimmat-ekan,-dedim men.- Katta mehmonxonalarda shunchadan to’lagandik.

- Biz vannaxona qurib qo’yganmiz.

- Arzonroq xonalaringiz yo’qmi?

- Yozda bo’lmaydi. Hozir eng mavsumiy payt. Mehmonxonada bizdan boshqa hech zog’ yo’q edi. Mayli, deb qo’ydim o’zimcha, atigi bir necha kun yashaymiz-ku.

- Vino ham shuning ichidami?

- Albatta.

- Bo’pti,- dedim men.- Rozimiz.

Billning yoniga qaytdim. U qanchalik sovuq ekanini ko’rsatmoqchi bo’lib men tomon nafasini ufirib qo’ydi-da, na'masini chalishda davom etaverdi.

Stollardan birining yoniga o’tirib olib, devordagi suratlarni tomosha qildim. Birida o’lik quyonlar, boshqasida qirg’ovullar, ular ham o’lik, uchinchisida o’lik o’rdaklar tasvirlangan. Suratlarning hammasi xuddi dud bosgandek qoramtir tusda edi. Bufetda bir olam vino shishalari turibdi. Birma-bir ko’zdan kechirib chiqdim. Bill hamon pianino chalmoqda edi.

- Rom qo’shilgan qaynoq punsh'ga qalaysan?- so’radi u.- Mening o’yinim bilan isinib bo’lmas ekan.

Bekaning oldiga borib romli punshning nima ekanini, uni qanday tayyorlash lozimligini tushuntirib keldim. Bir necha minutdan keyin xizmatchi bug’i chiqib turgan sopol ko’zani olib keldi. Bill pianinoni qoldirib yonimga keldi va biz shamolga quloq solib o’tirib qaynoq punsh ichdik.

- Romdan tuzukkina qo’shilganga o’xshamaydi-ku. Bufetga borib romli shishani oldim-da, ko’zaga yarim stakancha quydim.

- O’zboshimchalik qilding,- dedi Bill.- Hokimning ruxsatisiz olding.

Xizmatchi kirib, kechki ovqatga dasturxon yoza boshladi.

- Bu yer rosaim sovuq ekan,- deb qo’ydi Bill. Xizmatchi kattakon idishda sabzavot mahsulotlaridan tayyorlangan qaynoq sho’rva bilan vino olib keldi. Ik-kinchisiga qovurilgan xonbaliq berishdi, keyin allaqanaqa dudlangan go’sht bilan katta bir laganda zemlyanika' keltirib quyishdi. Hamyonimiz ziyon ko’rmay vino ichaverdik, xizmatchi xijolat bo’lsa ham, lekin hozirjavoblik bilan olib kelaverdi. Kampir-beka bir marta oshxonaga kirnb bo’sh shishalarni sanab ham chiqdi.

Ovqatdan keyin xonamizga chiqdigu isinib olish maqsadida o’ringa kirib olib, chekib kitob o’qib yotdik. Tunda shamolning uvlashidan uyg’onib ketdim.

Issiqqina ko’rpada o’ralib yotish maza edi.


Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish