E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish



Download 0,9 Mb.
bet3/19
Sana11.01.2017
Hajmi0,9 Mb.
#76
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Uchinchi bob

Bahorgi iliq kechalardan biri edi, Robert uyiga jo’nab ketgach, "Napoliten" kafesining ayvonida o’tirib nurli reklama chiroqlarini, svetoforiing qizil va yashil signallarini, saylga chiqqan odamlarni, qator ketayottan taksilar oqimi yonida

taqa-tuq qilib borayotgan izvoshlarni, kechki ovqat ilinjida yakka holda va juft-juft bo’lib yurgan do’ndiqchalarni tomosha qildim. Men o’tirgan stol yonidan ko’hlikkina bir ayol o’tib, ko’cha bo’ylab ketayotganiga nazar solib turdimu, uni ko’zdan qochirib, boshqasiga qaragan edim, boyagi ayol yana qaytayotganini ko’rib qoldim. U yana yonimdan o’tib ketayotganida ko’zlarimiz to’nashdi-yu, ayol yonimga kelib o’tirdi. Darrov ofitsiant yetib keldi.

- Sen qanaqasidan ichasan?- so’radim men.

- Pernodan.

- Go’daklarga perno ichish mumkin emas.

- Uzing go’daksan. Garson, bir ryumka perno keltir.

- Mengayam.

- Qalay, ko’ngilxushlik qilishni istaysanmi?-so’radi u.

- Ha. Uzingchi?

- Ko’ramiz. Bu shaharda oldindan nima bo’lishini bilib bo’larmidi?

- Nima, Parijni yoqtirmaysanmi?

- yo’q.

- Nega bo’lmasa boshqa joyga bormaysan?

- Boshqa joy yo’q-da.

- Bu yerning nimasi yomon?

- Nimasi yomon emish?!

Perno - abseit sharbatidan ishlangan ko’kimtir musallas. Agar unga suv aralashtirilsa, xuddi sut kabi oqish tusga kiradi.

Ta'mi chuchukmiyani eslatadi va u avval kishini tetiklashtiradi, keyin esa lohas qiladi. Perno ichayotganimizda u nimadandir norozi ko’rinadi.

-Xo’sh, balki meni kechki ovqat bilan mehmon qilarsan?- so’radim men.

U jilmayib qo’ydi va shunda men nega uning hecham kulmayotgani sababini fahmlab qoldim. Og’zi yumuq paytda u juda go’zal ko’rinarkan. Pernoning haqini to’ladim-da, ko’chaga chiqdik. Izvoshchini chaqirdim, u yo’lkaga kelib to’xtadi. Bir tekisda sekin yuradigan izvoshga qulayroq joylashib olganimizdan keyin Opera teatrining chiroqlari porlab turgan, kimsasiz keng xiyoboni bo’ylab yurib, eshiklari yopiq, vitrinalari yorishib turgan magazinlar yonidan o’tdik. Izvoshimiz hamma derazalariga soatlar osib qo’yilgan "N'yu-York geral'd" redaksiyasi binosiga yaqinlashdi.

- Shuncha soatning nima keragi bor ekan-a?-so’radi u.

- Bular butun Amerikadagi vaqtni ko’rsatib turadi.

- Hazilingni qo’y.

Biz Piramida ko’chasiga burilib, tor Ryu-de-Rivolidan o’tdik-da, qop-qorong’i darvoza orqali Tyuil'riga kirib bordik. Ayol menga suykalgan edi, uni quchoqlab oldim. V o’parmikan, deb menga qaradi. Qo’lini bo’ynimga tashlagan edi, o’zimni chetga oldim.

- Keragi yo’q.

- Senga nima bo’ldi? Kasalmisan? -a.

- Hamma kasal. Men ham kasalman.

Biz Tyuil'ridan yoruqqa chiqdik-da, Senani kesib o’tib, Muqaddas Otalar ko’chasiga burildik.

- Agar kasal bo’lsang, nega perno ichding?

- Uzing-chi?

- Menga buning ahamiyati yo’q. Ayol uchun buning ahamiyati yo’q.

- Isming nima?

- Jorjet. Seniki-chi?

- Jeykob.

- Bu flamandcha ism.

- Amerikancha ism ham bor.

- Sen flamand bo’lmasang kerak?

- Yo’q, amerikalikman.

Restoranga yaqinlashib qoldik. Izvoshchiga to’xtashni buyurdim. Biz izvoshdan tushdik, lekin Jorjetga restoran yoqmadi.

- Uncha hashamdor emas ekan.

- Yo’g’-e,- dedim men.-Balki Fuayoda ovqatlanishni istarsan? Unday bo’lsa, yana izvoshga o’tirib, orqangga qaytsang bo’lardi.

Kim bilandir birga ovqatlanib, vaqtimni xush o’tkazarman, degan allaqanday yoqimli bir fikr xayolim olib qolgani uchun uni o’zim bilan birga olakelgan. Men "do’ndiqcha"lar bilan ko’pdan beri ovqatlanmaganim uchun buning chidab bo’lmaydigan darajada zerikish ekanini unutib qo’ygandim. Biz restoranga kirdik-da vin' xonim o’tirgan baland ish stoli yonidan yurib, xonaga o’tdik.

Ovqatlanib olganidan keyin Jorje bir oz kayfiyati ko’tarildi.

- Bu yer unchalik yomon emas,-dedi unchalik emasu, ammo taomlari zo’r ekan.

- L'ejdan ko’ra yaxshi-da,

- Bryusselda demoqchisan-da.

Biz yana bir shisha vino ichganimizdan keyin Jorj sho’xlik qila boshladi. U qurt yegan hamma tishlarini ko’rsatib irjaydi. Qadah urishtirdik.

- Aslini olganda, yoqimtoy ekansan,- dedi u.- salliging chatoq bo’ldi-da. Aks holda til topishib o dik. Senga nima qilgan?

- Urushda yarador bo’lgandim,- dedim men.

- La'nati urush!

Biz, aftidan, urush haqida, uning madaniy ola muqarrar halokatga olib kelishi, yaxshisi, urushsiz yashash ma'qul ekani to’g’risida munozaraga berilib ketgan bo’lardik. Bu mavzu hiqildog’imga kelgan. Baxtimga birinchi xonadan kimdir chaqirib qoldi.

- Barns! Hey, Barns! Jeykob Barns!

- O’rtoqlarim chaqiryapti,- dedim Jorjetga xonadan chiqayotganimda.

Uzun stol atrofida Breddoks bilan uning ulfatlari: Kon, Frensis Klayn, Breddoks xonim va yana men notanish allaqanday odamlar o’tirishgan ekan.

- Raqs tushgani boramizmi?- so’radi Breddoks.

- Qaerga?

- Albatta, dansingga-da. Raqs tushishni yana yo’l qo’yganimizni nahotki bilmasangiz?- gapga qo’shil Breddoks xonim.

- Biz bilan yuraqoling, Jeyk. Hammamiz boramiz, dedi stolning narigi tomonida o’tirgan Frensis. U matini tik tutgan holda o’tirgan joyida zo’rma-zo’ra" jilmayardi.

- Albatta, boradi,-dedi Breddoks-Mana bu yoqqa o’tiring, Barns, biz bilan kofe iching.

- Ma'qul.

- Xonimingizni ham boshlab keling,- dedi kuli Breddoks xonim. U kanadalik bo’lib, shu millatga xos erkin muomila qilardi.

- Tashakkur, hozir kelamiz,-dedim men. Orqaga qaytdim.

- Kim ekan o’sha do’stlaring?-so’radi Jorjet.

- Yozuvchi va rassomlar.

- Bu rayonda unaqalar achib yotibdi.

- Ha, juda kўp.

- Judayam kўp. Lekin bir xillarining topish-tutishi yomon emas.

- Ha-da.

Ovqatlanib bo’lib, qolgan vinoni sipqardik.

- Qani, yur,-dedim unga.-Kofeni ular bilan birga ichamiz.

Jorjet sumkachasini ochdi-da, ko’zguga qarab, yuziga upa surdi, labini bo’yab, shlyapasini tartibga keltirdi.

- Ketdik,- dedi u.

Biz gavjum xonaga kirdik: Breddoks bilan hamma erkaklar o’rinlaridan turishdi.

- Sizlarga qaylig’im mademuazel' Jorjet Leblanni tanishtirishga ijozat bergaysizlar,- dedim men.

Jorjet o’zining jozibador tabassumi bilan jilmayib qo’ydi-da, hamma bilan birma-bir ko’rishib chiqdi.

- Ayting-chi, siz ashulachi Jorjet Leblanning qarindoshi emasmisiz?- so’radi Breddoks xonim.

- Bunaqa odamni tanimayman,- javob berdi Jorjet.

- Lekin, ismu familiyangiz o’xshash-ku,- dedi muloyimlik bilan Breddoks xonim.

- Yo’q, sirayam o’xshamaydi,- dedi Jorjet.- Mening familiyam Xoben .

- Axir, janobi Barns sizni mademauzel' Jorjet Leblan, deb tanishtirdi-ku! Boshqachami?- fransuzcha gapirib qo’yib, so’zining ma'nosini yaxshi tushunmaganidan hayajonlanib so’radi Breddoks xonim .

- U tentak-da,- dedi Jorjet.

- E-e, shunaqami, demak, hazil ekan-da,-dedi Breddoks xonim.

- Ha,- dedi Jorjet.- Kulgi bo’lsin uchun aytuvdi.

- Eshityapsanmi, Genrih-deb qichqirdi Breddoks xonim stolning narigi tomonida o’tirgan eriga.- Janobi Barns o’zining qaylig’ini mademuazel' Lablen deb ta-nishtirgandi, aslida Xoben ekan.

- Bilaman, xonim! Mademauzel' Xoben bilan ko’pdan beri tanishman.

- Menga ayting-chi, mademauzel' Xoben,- dedi Frensis Klayn xuddi Breddoks xonimdek rostanam fransuzcha gaplasholishidan na faxrlanish va na xayratlanish hissini sezmay, fransuzcha so’zlarni juda tez talaffuz qilarkan,- ko’pdan beri Parijdamisiz? Bu yer sizga yoqadimi? Parijni albatta yotirasiz, shundaymi?

- Bunisi kim bo’ldi?-so’radi menga o’girilib Jor-jet.- U bilan gaplashaveraymi?

U o’g’illarini qovushtirib, uzun bo’ynidagi boshini dadl tutib, yana gapirishga chog’langan labini cho’chchaytirib jilmayib o’tirgan Frensis tomon o’girilib oldi.

- Yo’q, Parijni yoqtirmayman. Bu yer qimmatchilik, haddan tashqari iflos.

- E, nimalar deyapsiz? Menimcha, Parij g’oyatda ozoda shahar. Yevropadagi eng orasta shaharlardan biri.

- Menimcha, iflos.

- Juda g’alati-ya! Siz, balki, yaqindan beri yashayotgan bo’lsangiz kerak bu yerda?

- Anchadan beri yashayman.

- Lekin bu yerda ajoyib odamlar bor. Buni rad etolmansiz.

Jorjet menga o’girilib dedi!

- Qoyilmaqom do’stlaring bor ekan.

Salgina mast bo’lgan Frensis suhbatni davom ettirmoqchi bo’luvdi, ammo stolga qahva keltirib qolishdi, Lavin' esa likyor olib keldi. Keyin hammamiz ko’chaga chiqib Breddokslar tilga olgan dansingga jo’nab ketdik.

Panteon yonidagi “Va1 MizeIe”dansing ekan. Haftada besh kun kechqurunlari bu yerda shu rayon ishchilari tansa tushisharkan, yana bir kuni esa bino dansingga ay-lantirilarkan. Dushanba kuni kechqurun yopiq bo’larkan. Biz yetib borganimizda dansingda eshik oldida o’tirgan politsiyachi, rux qoplangan peshtaxta ortida turgan beka va dansing egasidan boshqa hech kim yo’q edi.

Ichkariga kirishimiz bilan yuqori qavatdan xo’jayinning qizi tushdi. Xonada bnr necha stol va uzun skameykalar bo’lib, narigi burchak raqs tushadigan maydoncha edi.

- Afsus, juda kech to’planishadi-da,-dedi Breddoks. Xo’jayinning qizi yonimizga kelib nima olib kelib berishini so’radi. Xo’jayin maydoncha yonidagi baland kursiga o’tirib olib, garmon chala boshladi. To’pig’iga qo’ng’iroqchalar boylangan bo’lib, dam-badam oyog’ini silkib, kuy ohangiga jo’r qilib jiringlatib qo’yardi. Hamma raqsga tushib ketdi. Xona isib dim bo’ldi. Biz terlab-pishib stol yoniga qaytdik.

- Voy, xudoyim-e!- dedi Jorjet. - Terga botib ketdim-a!

- Issiqmi?

-. Haddan tashqari issiq.

- Shlyapangni yechib qo’ya qol.

- Ha-ya.


Jorjetni raqsga taklif qilishdi, men peshtaxta yoniga bordim. Rostanam issiq edi, akkordeon kechki dim havoda yoqimli kuy taratardi. Eshik oldida turib, bir krujka pivo ichdim, ko’chadan salqin shabada ufurmoqda edi. Hiyalama ko’chadan ikkita

mashina tushib keldi. Ikkala taksi dansing yonida to’xtadi. Mashinalardan bir xillari jemper kiygan, bir xillari kamzulsiz yoshlar tushishdi. Eshikdan tushib turgan yorug’da ularning qo’llariga va yaqinginada yuvilgan jingalak sochlariga

ko’zim tushdi. Eshik yonida turgan politsay menga qarab kulib qo’ydi, Ular qo’llarini siltab, aftlarini burishtirib valaqlashib kirib kelishganda elektr yorug’ida oppoq qo’llarini, jingalak sochlarini, oqish yuzlarini ko’rdim. Bret ular bilan birga edi. U Haddan tashqari go’zal bo’lib, o’zini xuddi eski ulfatlari davrasida yurgandek his qilardi.

- Mana bunisi qoyil,-dedi Jorjetga ko’zi tushib qolgan yoshlardan biri.- G’irt suyug’oyoqning o’zi. U bilan bir raqsga tushib ko’ray. Lett, tomosha qilishing mumkin.

- Aqlingni yig’ib ol, sendan o’tinib so’rayman,--dedi Lett ismli bo’ydor, qora soch yigit.

- Xavotir olma, mening baxtim,- javob berdi jingalaksoch malla. Bret ham o’shalar bilan birga edi.

Jahlim chiqib ketdi. Nimagadir ular nuqul g’azabimni qo’zg’atishardi. Ularni o’yinqaroq yoshlar qatoriga qo’shishlarini, ularga nisbatan muruvvatli bo’lish lozimligini bilardimu, biroq tantiqnamo bezbetliklari uchun kayfiyatlarini buzish

uchungina birortasini, kim bo’lishidan qat'i nazar, kaltaklagim kelardi. Buning o’rniga ko’chaga chiqib qo’shni dansingning barida bir krujka pivo ichdim. Pivo badxo’r ekan, ustidan kon'yak ichgandim, u ham beshbattar lohas qildi. Dansingga qaytib kelganimda maydoncha juft-juft yoshlar bilan gavjumlashib qolgandi, Jorjet esa bo’ydor malla bilan raqs tushmoqda edi. Malla belini mayishtirib, boshini bir yonga qiyshaytirib, ko’zini olaytirib raqs tushardi. Raqs tugab ikkinchisi boshlanishi bilan Jorjetni yana taklif qilishdi. Ular Jorjetni o’z ulfatlariga qo’shib olishgandi. Endi ularning hammasi u bilan raqs tushishini bilardim. Ular hammavaqt shunaqa qilishadi.

Stolning yoniga borib o’tirdim. Kon ham o’tirgan ekan. Frensis raqs tushayotgandi. Breddoks xonim kimnidir boshlab keldi-da, Robert Prentis, deb bnzga tanishtirdi. U asli chikagolik bo’lib, N'yu-Yorkda istiqomat qiluvchi umidli yozuvchi ekan. Yengil inglizcha talaffuzda gapirarkan. Men unga biror nima ichishni taklif etdim.

- Minnatdorman, hozirgina ichuvdim,- dedi u.

- Yana ichaqoling.

- Mayli, ichaqolay. * Biz mademauzel' Lavinni imlab chaqirdik-da, bir stakandan suv aralashtirilgan kon'yak keltirishni buyurdik.

- Eshitishimcha, siz Kanzas-Sitidan ekansiz-a?- so’radi u.

-Ha.


- Sizga Parij yoqadimi? -Ha.

- Rostdanmi?

Biroz kayfim bor edi. Unchalik mast emasdim-u, lekin betakalluf gaplashish uchun yetarli edi.

- Xudo haqqi rost,- dedim men.- Sizga-chi?

- Siz qult etib jahlingizni yutishga usta ekansiz,-dedi u.-Men ham shunday xislat egasi bo’lishni istardim.

Men o’rnimdan turib raqs tushayotganlar tomon yurdim, Breddoks xonim ham ortimdan ergashdi.

- Robertdan o’pkalamang,- dedi u,- u hali go’dak-ku.

- Hecham o’pkalayotganim yo’q,- dedim men,- shunchaki u ko’nglimni aynitib yuboradi, deb cho’chigandim.

- Qaylig’ingiz hammani o’ziga rom qilib qo’ydi,- dedi Breddoks xonim Lett ismli novcha qorasoch yigit quchog’i-da raqs tushayotgan Jorjetga imo qilib.

- Rostanam-a?-so’radim men.

- Shak-shubhasiz,-dedi Breddoks xonim . Yonimizga Kon keldi.

- Yuring, Jeyk, qittay-qittay qilamiz,- dedi u. Biz peshtaxta tomon yurdik.- Sizga nima bo’ldi? Ko’rinishingizdan xuddi bir nimadan ranjiganga o’xshaysiz.

- Hecham xafamasman. Shunchaki, bularning hammasi jonimga tegdi.

Peshtaxta yoniga Bret yaqinlashdi.

- Xello, do’stlar.

- Xello, Bret,-dedim men,-nega mast emassiz?

- Endi hech qachon mast bo’lguncha ichmayman. Sodali kon'yakdan bersalaring-chi odamga.

Bret peshtaxta yonida stakan ko’tarib turardi. Robert Konning unga tikilib turganini ko’rib qoldim. Unnig vatandoshi xuddi ona-Vataniga mahliyo bo’lgandek unga tikilib qolgan bo’lsa ajab emas. Kon, albatta, ancha yosh edi. Lekin uning boqishi o’sha besabr, talabchan orziqishni ifodalardi.

Yoqasi yopiq jemper, movut yubka kiyib olgan, sochi xuddi bolalarniki kabi kalta qirqilgan Bret g’oyat go’zal edi. Egnidagi jemperi nihoyatda go’zal qaddi-qomati-ga quyib qo’ygandek yarashgandi.

- Ajoyib davraga tushib qolibsiz, Bret,- dedim men.

- Rostanam tengsiz yigitlar-a? O’zingiz-chi, azizim! Uni qaerdan ilashtira qoldingiz?

- "Napoliten" kafesida.

- Oqshomni ko’ngilli o’tkazdinglarmi?

- A'lo darajada,- dedim men. Bret kulib qo’ydi.

- Yaxshi ish qilmadingiz, Jeyk. hammamizga tarsaki tushirgandek bo’ldingiz. Qarang-a, Frensis bilan Djo ham shu yerda ekan-a?

- Kon uchun buni ataylab uyushtirdik.

- Suv yo’g’ida tayamim ekan-da,- dedi Bret. U yana kulib qo’ydi.

- Siz ajabtovur hushyorsiz-a, Bret,- dedim men.

- Ha, g’alati-ya, to’g’rimi? Men tushib qolgan bunaqa davrada hech narsadan hayiqmay ichish mumkin.

Muzika chalingach, Robert Kon unga murojaat qildi:

- Sizni raqsga taklif etishga ruxsat bering,- ledi Bret.

Bret unga jilmayib qo’ydi.

- Bu safar Jeykob bilan raqs tushishga va'da berib qo’yuvdim,- dedi u kulib.- Almisohdan qolgan ismingiz bor-a, Jeyk.

- Keyingi raqsni-chi?-so’radi Kon.

- Biz hozir ketamiz,- dedi Bret.- Monmartrga bornshni mo’ljallab qo’yganmiz.

Raqsga tushayotganimda Kon peshtaxta yonida hamon qizga tikilib turganini ko’rdim.

- Yana bitta xushtor orttirdingiz,- dedim unga.

- Shunaqaga o’xshaydi. Bechora bolakay. O’zimam hozirgina sezib qoldim.

- Qo’ysangiz-chi,- dedim men.- Bundaylarni ko’paytirish sizga yoqadi-ku!

- Bo’lmagan gap.

- Albatta, yoqadi.

- Xo’sh, agar yoqqanda-chi?

- Har qalay so’radim-da,- dedim men.

Biz kimdir chalib yuborgan banjo1 bilan' akkordeono raqsiga tansa tushardik. Zal dim bo’lishiga qaramay, o’zimni yaxshi his qilardim. Boyagi davradagi yigitcha bilan raqs tushayotgan Jorjetga urilib ketishimizga sal qoldi.

- Nega endi uni olib keldingiz?

- Bilmadim, shunchaki.

- Maftun bo’ldim deng?

- Yo’q. Shunchaki ko’ngil hushi.

- Hoziram-a?

- Ha, endi zerikmayapman-da.

- Bu yerdan ketaylik. Jorjetni zeriktirib qo’yishmaydi,

- Rostanam shuni istaysanmi?

- O’zim taklif etgandan keyin, istayman-da.

Biz maydonchani tark etdik, men pal'tomni veshalkadan olib kiydim. Bret peshtaxta yonida turgandi. Kon unga bir nimalar deyapti. Peshtaxta oldiga kelib, konvert so’radim. Cho’ntagimdan ellik frankli pulni olib, konvertga joyladim-da, yelimlab bekaga uzatdim.

- Men bilan kelgan qiz agar meni surishtirib qolsa, marhamat qilib mana buni berib qo’ysangiz,- dedim men.- Agar yoshlardan birortasi bilan ketib qolsa, buni saqlab qo’yasiz, o’zim olaman.

- C'ezt entendu, mohsiunr,-dedi beka.- Nima, ketyapsizmi? Hali erta-ku?

- Ha, ketyapmiz,- dedim.

Biz eshik tomon yurdik. Kon hamon Bretga nimanidir uqtirardi. U Robert bilan xayrlashib, meni qo’ltiqlab oldi.

- Xayrli tun, Kon,- dedim men. Ko’chaga chiqib, taksi axtara boshladik.

- Ellik frankingiz qulog’ini ushlab ketdi,- dedi Bret.

- Ha, qo’yavering.

- Birorta taksi ko’rinmaydi-ya.

- Panteongacha piyoda borib, o’sha yerda taksi yollash mumkin.

- Qo’shni barga kirib, taksiga odam yuboramiz-da, ungacha o’zimiz ozginadan ichib olamiz.

- Hatto ko’chani piyoda kesib o’tisnpi ham istamaysiz-a.

- Iloji topilsa mashinada o’tgan yaxshi-ya.

Biz eng yaqin barga kirdik-da, ofisiantni taksi olib qolishga yubordim.

- Mana, ulardan qochib qutildik ham,-dedim men, Bir rux qoplangan baland peshtaxta yonida churq etmay bir-birimizga tikilib turardik. Ofitsiant qaytib kelib, taksi kutayotganini aytdi. Bret qo’limni mahkam qisib qo’ydi.

Ofitsiantga bir frank berib ko’chaga chiqdik.

- Qayoqqa haydasin?-so’radim men.

- Istagan tomoniga haydayversin.

Shoferga Monsuri bog’iga haydashni buyurib eshikni yopdim. Bret ko’zlarini yumib burchakka tiqilib oldi. Men yoniga o’tirdim. Mashina bir siltanib yurib ketdi.

- Eh, azizim, shunaqayam baxtiqaroman-ki!-dedi Bret.



Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish