E. Heminguey “Quyosh bari bir chiqaveradi” Kirish



Download 0,9 Mb.
bet1/19
Sana11.01.2017
Hajmi0,9 Mb.
#76
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

E.Heminguey

Quyosh bari bir chiqaveradi”



Kirish

Yigirmanchi asr jahon adabiyoti xazinasiga durdonalar qo’shgan amerika yozuvchisi Ernest Xeminguey o’z asarlarida zamonning muhim muammolarini ko’targan, burjua olamining illatlarini haqqoniy ko’rsatgan buyuk san'atkor edi. U “Quyosh bari bir chiqaveradi" ("Fiesta") romanida g’arbdagi maktab bo’sag`asidan birinchi jahon urushining qonli girdobiga tashlangan avlodning zavolini, g’am-tashvishlarini, fojiaviy qismatini mohirona tasvirlagan.



BIRINChI KITOB

Birinchi bob

Robert Kon bir vaqtlar o’rta vaznda Prinston universitetining chempioni bo’lgandi. Bu unvonning menga sariq chaqalik qadr-qiymati bor-yo’qligini bilmayma-nu, ammo Konga u ardoqli edi. Aslida Robertda boksga moyillik yo’q edi, aksincha -boks desa ishqori ozardi, lekin shunday bo’lsa ham o’lib-tirilib, qunt bilan boks tushishni o’rganardi. Yahudiylarga past nazar bilan qaraladigan Prinstonda u jur'atsizligi hamda beqadrligidan o’ksish tuyg’usidan xalos bo’lish uchun ham shunday qilardi. U haqorat qilgan har bir kimsani bir urib yerga ardarib yuborishini bilardi-yu, ammo tabiatan yuvosh va beozor bo’lgani uchun ham sport zalidan boshqa joyda also urishmasdi. U Spayder Kellining eng yaxshi shogirdi edi. Spayder Kelli o’zining barcha shogirdlari-ga, ular bir yuz besh qadoqmi yoki ikki yuz besh qadoqmi bo’lishidan qat'i nazar, eng yengil vaznli bokschilar ishlatadigan usullarni o’rgatardi. Aftidan Kon uchun ham eng keragi shu narsa edi. U haqiqatan ham juda chaqqon bo’lib shunaqayam mohiroma boks tushardiki, oqibatda Spayder bilan olishish sharafiga muyassar bo’ldi. Bir bellashuvda Kelli chunonam urdiki, bechora nokaut bo’lib, burni yalpayib qoldi. O’shandan keyin Konning boksga bo’lgan nafrati yanayam oshdi, biroq shunga qaramay, unda allaqanday g’alati qoniqish hissi paydo bo’ldi, hatto haligi zarbadan burnining shakli ham ko’rkamlashib qoldi. Pristonda istiqomat qilgan oxirgi yili u juda ko’p o’qidi, ko’zoynak taqib yuradigan bo’ldi. Kursdoshlaridan hech biri uni tanimasdi. Ular hatto Robertning boksdan o’rta vaznda chempion bo’lganini ham bilishmasdi.

Men o’zlari haqida bor haqiqatni aytib beruvchi hamma sofdil odamlarga ishonavermayman, shu sababli ham ancha vaqtgacha Robert Kon hecham boksdan chempion bo’lmagan deb, shubhalanib yurdim: yuzidagi chandiq - yoshligida ot bosib olgan jarohatning o’rni, balki onasi homilador paytida bir nimadan qo’rqqanining asorati yoki bolaligida u yugurib kelib nimagadir urib olganining izi bo’lsa kerak. Keyinchalik axiyri Spayder Kellidan so’rab-surishtirdim. Spayder Kelli uni faqat eslabgina qolmay, balki Konning taqdiri nima bo’lgani haqida ham o’ylab yurarkan.

Robert Kon ota tomonidan N'yu-Yorkdagi eng badavlat yahudiy oilasiga, ona tomondan - eng qadimgi oilalardan biriga mansub edi. Harbiy bilim yurtida Prinston universitetiga o’qishga kirishga tayyorlanayotganida, futbol komandasida

faxrli o’rinni egallab turgan paytida hech nima unga irqiy taajublikni eslatmagandi. U Prinstonga kelgunicha hech kim Konga yahudiysan, deb sha'ma ham qilmagandi. Kon muloyim, ko’ngilchan, haddan tashqari tortinchoq yigit bo’lgani bilan, baribir, munosabatdagi o’zgarish uning g’azabini qo’zg’atib yubordi. U qasdma-qasdlikka boks mahoratini egalladi, o’lardek obro’talab, yalpoq burnini viqor bilan ko’z-ko’z qilib, Prinston universitetini bitirib chiqdi-yu, atrofida parvona bo’lib yurgan birinchi qizning xohishini rad etolmay unga uylanib oldi. Xotini bilan besh yil yashadi, uchta farzand ko’rdi, otasidan meros qolgan ellik. ming dollarlik boylikning - qolgan ashyoyu-buyumlar oiasiga berildi - deyarli hammasini sovurib bo’lib, badavlat xotini n doimo bo’ladigan mojarolar ta'sirida badqovoq bir shaxsga aylandi-qoldi. Umr yo’ldoshidan ajralishga ahd qilib yurganida xotinining o’zi uni tashlab, allaqanday bir rassom bilan qochib ketdi. U

deyarli yarim yilcha xotinidan ajralishni o’ylab yurib, xotinini o’zidan judo qilish haddan tashqari bag’ritoshlik bo’ladi, deb o’ylab jur'at qilolmay yurgan bir paytda xotinining o’zi ketib qolishi Robertga anchayin saboq bo’ldi.

Ajrim qog’ozini olgandan keyin Robert Kon harbiy sohilga jo’nab ketdi. Kaliforniyada u adabiy muhitga tushib qoldi-yu, ko’p vaqt o’tmay ellik ming dollardan qolgan-qutgan mablag’i bilan bir badiiy jurnalni ta'minlab turdi. Jurnal Kaliforniya shtatidagi Karmel shahrida nashr qilinib, Massachusets shtatidagi Provins taunda o’z faoliyatini to’xtatdi. Ilgari saxovatli farishta sifatida qaralib, nomi titul varag’idagi muharrirlar hay'ati a'zolarining ro’yxatida turuvchi Kon endi jurnalning yagona muharriri bo’lib qolgandi. Nima bo’lganda ham jurnal uning mablag’i hisobiga chiqayotgan edi-da, muharrirlik mavqei ham o’ziga yoqib qolganini sezgandi. Jurnalni nashr etish qimmatga tushib, undan voz kechishga to’g’ri kelganda Robert juda qayg’urdi.

Aytgandek, bu paytga kelib unda boshqa tashvishlar ham paydo bo’lib qolgandi. Jurnal tufayli o’zini ko’klarga ko’tarishni umid qilgan allaqanday xonim Robertni qo’liga olib olgandi. Serg’ayrat bu ayol uchun Konni qo’lga olish hech qanday qiyinchilik tug’dirmadi. Bundan tashqari, Kon uni sevib qolganiga qattiq ishongandi. Jurnalning muvaffaqiyat qozonishidan umidini uzgan ayol Kondan bir oz ko’ngli sovib, bor imkoniyatdan iloji boricha foydalanib qolishga ahd qildi-yu, o’zi bir paytlari tarbiyalangan va Kon yozuvchilik qilishi lozim bo’lgan Yevropaga jo’nab ketishga uni ko’ndirdi. Ular Yevropaga borib uch yil yashashdi. Mana shu uch yil mobaynida - birinchi yilni sayohat bilan o’tkazishdi, keyingi ikki yili Parijda bo’lishdi - Robert Kon ikki do’st orttirdi. Biri Breddoks, ikkinchisi men. Breddoks uning adabiyot sohasidagi do’sti edi. Men esa tennis o’yini tufayli do’stlashgan edim.

Robertni qo’lga olgan xonim (uning ismi Frensis) ikkinchi yilning oxirida o’zining husni puturdan ketayotganini sezib qoldi-yu, Konga butunlay ega chiqib olib, uni izmiga yurgizish ishtiyoqi unga tegib olish ahdi bilan almashdi. Bu paytda Robertning onasi unga oyiga uch yuz dollarcha pul yubora boshlagan edi. O’ylashimcha, keyingi lkki yarim yil mobaynida Robert biror marta ham bosh-qa ayolga qiyo boqmadi. Agar Yevropada istiqomat qilayotgan ko’pgina amerikaliklar singari o’z Vatanida yashashni afzal ko’rganini, buning ustiga o’zida yozuvchilik talanti borligini sezib qolganini hisobga olmaganda, u deyarli baxtiyor odam edi. U roman yozdi va bu roman juda bo’sh bo’lishiga qaramay, tanqidchilar ta'kidlaganidek, unchalik yomon emasdi. U ko’p o’qirdi, brij, tennis o’ynardi, Parijdagi sport zallarining birida boks bilan shu g’ullanardi.

Men Frensisning unga nisbatan tutgan yo’lini ular bilan birga ovqatlangan o’sha kuni kechqurun birinchi marta payqab qoldim. Biz Lavinya restoranida ovqatlandik. Keyin "Versal'" kafesiga kofe ichgani bordik. Kofedan so’ng bir-ikki qadaq konyak ichdik-da, men ketishga ijozat so’radim. Ovqatlanayotganimizda Kon menga yakshanba kuni biror joyga birgalikda borsak, deya taklif qilib qoldi. U shahardan chiqib ketib oyog’ining chigilini yozib kelishni istardi. Men Strasburgga

uchishni va u yerdan Sent-Odil yoki El'zas bo’ylab yana allaqayoqqa yayov borishni taklif qildim.

- Strasburgda tanish bir qiz bor, bizga shaharni tomosha qildiradi,- dedim men.

Stol tagida kimdir oyog’imga turtib qo’ydi. Buni tasodifga qo’yib so’zimda davom etdim;

- U ikki yildan beri o’sha joyda yashayapti, Strasburgda nimani tomosha qilishni yaxshi biladi. Juda yoqimtoy qiz.

Stol tagidan yana bir turtkini yeganimni sezib, suhbatdoshlarimga qaradimu iyagini cho’zib menga tikilib qolgan Frensisning rangi qum o’chgan chehrasiga ko’zim tushdi.

- Aytgandek, nega endi faqat Strasburgga borish kerak ekan?-dedim men.- Biz Bryugga yoki Ardenga borishimiz ham mumkin.

Kon yengil tortdi. Endi meni hech kim turtmadi ham. Ularga tunni xayrli o’tkazishni tilab, ko’chaga chiqdim. Kon men bilan muyulishgacha borib gazeta olmoqchi ekanini aytdi.

- Poka parvardigor haqqi ayting-chi, Strasburgdagi qiz haqida nega ham og’iz ochdingiz?- so’radi u.- Frensisning basharasini nahotki ko’rmagan bo’lsangiz?

- Yo’q, ko’rmadim. Nega endi unga qarashim kerak ekan? Strasburgda menga tanish amerikalik qiz bilan Frensisning nima ishi bor?

- Bari bir. Kimning tanishi bo’lishining farqi yo’q. Men bora olmagan bo’lardim, tamom-vassalom.

-- Bu nima tentaklik?

- Siz Frensisni bilmaysiz-da. Kim bo’lishidan qat'i nazar, har qanday qizdan rashk qiladi. Nahotki, basharasi o’zgarib ketganini ko’rmagan bo’lsangiz?

- Ha, mayli,- dedim unga.- Sanlisga bora qolamiz bo’lmasa.

- Xafa bo’lmaysiz-da.

- Xafa emasman. Sanlis - ajoyib joy; biz "Katta bug’i” mehmonxonasiga joylashamiz, o’rmonlarda sayr qilib, mazza qilib uyga qaytamiz.

- Juda soz. Ajoyib sayr bo’ladi.

- Ertaga tennis maydonida uchrashamiz,- dedim men.

- Xayrli tun, Jeyk,- dedi u va kafe tomon qayta boshladi.

- Gazeta sotib olishni unutib qo’ydingiz,- dedim men.

- Ha-ya.- U men bilan muyulishdagi kioskagacha bor-di.- Xafa bo’lmadingiz-a, Jeyk?- so’radi u qo’lida gazeta bilan orqaga burilarkan.

- Yo’g’-e, nimadan xafa bo’larkanman?!

- Kortda uchrashamiz,- u shunday dedi-yu, gazeta olib kafega qaytib ketdi. Ortidan qarab qoldim. U menga yoqardi, ammo Frensis bilan turmushlari shirin bo’lmasa kerak.





Katalog: files
files -> Amerika qo'shma shtatlari (aqsh)
files -> Shoh va shoir
files -> Jahon qishloq xo’jaligiga umumiy ta’rif
files -> O‘zbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari
files -> O`zbekistonning eng go`zal va betakror makonlaridan biri bu Farg`ona vodiysidir. Iqlim sharoiti, geografik joylashuvi, tabiiy boyliklari kabi qator xislatlariga ko`ra Farg`ona qadimdan e'tibor qozonib kelgan
files -> O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati
files -> Valyutani tartibga solish to'G'risida o'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida
files -> Vazirlar Mahkamasining
files -> Garov to'G'risidagi o'zbekiston respublikasi qonuniga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish haqida
files -> Ipoteka to'G'risida qonunchilik palatasi tomonidan 2006 yil 28 iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2006 yil 25 avgustda ma'qullangan

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
pedagogika instituti
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
tashkil etish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
toshkent davlat
vazirligi muhammad
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
saqlash vazirligi
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
fanidan tayyorlagan
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
covid vaccination
sertifikat ministry
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
moliya instituti
ishlab chiqarish
fanining predmeti