Chin ekzema. Toshmalar polimorfizmi, ya'ni qizarish, mayda tugunchalar, pufakchalar, yiringchalar, tangachalar, po'stloqchalar paydo bo'lishi va teri shishi bilan ifodalanadi. Ekzema toshmalari ma'lum bir evolyutsiyani o'tadi, ya'ni toshmalar ketma-ket bir elementning o'zgarishi hisobiga ikkinchisi vujudga keladb Masalan, tugunchalardan pufakchalar, ulardan esa po'stloq hosil bo'ladi. Ekzemaning klinik ko'rinishida morfologik elementlarning qay biri ko'p uchrashiga qarab ho'l, papulyoz, vezikulyar, pustulyoz, skvamoz va po'stloqli xillari farq qilinadDO'rtacha o'tkir ekzema klinik ko'rinishi jihatidan o'tkir ekzemaning yengilroq xili bo'lib, bilinar-bilinmas teri shishishi, qizarishi, shuningdek, o'tkir toshmalar toshishi to'xtashi va qichishish sezilarli darajada kamayishi bilan ifodalanadi. Ba'zan ekzemaning klinik ko'rinishiga qarab, o'tkir yoki o'rtacha ekanligini aniqlash ancha mushkul. Bunda kasallikning davom etishiga qarab shartli ravishda yuqoridagi turlarga ajratiladi. Ekzemaning 6 haftagacha bo'lgan davri o'tkir va bundan keyingisi o'rtacha o'tkir hisoblanadi/,
Surunkali ekzemaga klinik va gistologik jihatdan yallig'lanish infiltratsiyasi xos, shu sababli zararlangan joy terisi zichlashib, qalinlashadi. Infiltratsiyali, elastiklik xususiyati kam bo'lgan terida oqish, sarg'ish-jigarrang yoki qizg'imtir po'stloqlarni, ba'zan tugunchava pufakchalarni uchratish mumkin) Ma'lumbir noqulay omillar ta'sirida surunkali ekzemaning zo'rayishi ko'riladi; bunda terming qizargan joyi ko'payib, shish va toshmalar paydo bo'ladi.
85
/iDisgidrotik ekzema. Qo'l va oyoq kaftida mayda no'xotdek qattiq pufakchalar hosil bo'lishi bilan kechadi. Teri salgina qizarib pufakchalar yoriladi va o'rnida shilingan iz qoldiradi^ ular usti sarg'ish po'stloqchalar bilan qoplanad£j>ba'zida pufakchalar yo-rilmasdan ichidagi suyuqligi bilan qotib qolish hollari ham kuzatiladi/Kasallangan joy atrofidagi sog' teridan keskin ajralib turadi.?
c'SlikrobM ekzemada ko'proq yuzaki piodermiya ikkilamchi yal-lig'lanib, ekzemaga aylanadi. Shuning uchun ham klinik ko'rinishi ekzema va piodermiyaga xos alomatlar borligi bilan ta'riflanadi. Kasallik asosan boldirda, qo'l panjasining tashqi qismida va bosh terisida kuzatilib, o'choqlar chegarasi keskin ajralib turadi va shakli yumaloq hamda jimjimador bo'ladi. Toshmalar asimmetrik joyla-shadK,Terming zararlangan qismi plastinkasimon po'st bilan qop-lanadi, uni oiib tashlansa, o'rnida pushti rangli pilchiragan yiiza, ekzematozli quduqlar va seroz ekssudat tomchilar kuzatiladi. С Ba'zan kasallangan o'choqlar atrofida mayda pustulalar paydo bo'lishi va ular yangi ekzematoz o'choqlarni hosil qilishi mumkin. Kasallik qichishish bilan kechadi) Mikrobli ekzemaning paratravmatik va varikoz xillari bor.Ularning paydo bo'lishiga mexanik(gipsni noto'g'ri bog'lash), kimyoviy (yaralarni zo'riqtiruvchi dorilar bilan davolash) va biologik (infeksiyalar) omsllar ham sabab bo'lishi mumkin.
(Casbga aloqador (professional) ekzema badan terisining ochiq qismiarida vujudga keladi. Kasailikning avj olishiga ishlab chiqarishdagi allergenlar sabab bo'lib, ular organizmga sensi-bilizatsiyalovchi ta'sir ko'rsatishi mumkinXKo'pchilik bemorlarda teridagi sinab ko'rish testi sensibilizatsiyalovchi omillarga nisbatan musbat bo'ladi. Bunday dermatitlarning klinik kechishi yuqorida keltirilgan ekzemalardan deyarli farq qilmaydi. Faqat allergenlar bartaraf etilgandan so'ng kasallik dermatitlarga nisbatan uzoqroq davom etadi.
f Seboreyali ekzema (moyli gush) — patologik jarayon asosan yog' ajratib chiqaruvchi bezlar joylashgan terida, ko'proq boshning sochli qismi, quloq suprasi, yuz, qo'ltiq osti, shuningdek, ko'krakni zararlaydi va mayda po'stchalar bilan qoplanib turadigan
86
dog'lar hamda tugunchalardan, tangacha va po'stloqchalardan iborat bo'ladi. Bu dog'lar sarg'ish bo'lib, chegaralari ancha keskin ajralib turadi, aksari bir-biri bilan qo'shilib ketadj^Tugunchalarning o'rtasi oqarib halqali elementlar hosil bo'lishi mumkin. Kasallik jinsiy uyg'onish davridan boshlanadi. Seboreyali ekzema asosan pilchirashsiz kechadi.
(Davosi. Ekzemani davolashda birinchi navbatda kasallikni yuzaga keltiruvchi omillar (allergenlar)ni bartaraf etish hamda ichki a'zolar, asab, endokrin va boshqa organ hamda tizimlarda aniqlangan kasalliklarni davolash zarur. Asab tizimini tinchlanti-ruvchi (trankvilizator va sedativ) dorilar — brom, novokain, tazepam, nozepam va boshqalar qo'llaniladi. Gipnozoterapiya va uyqu bilan davolash yaxshi samara beradi. Organizmning sensibilizatsiya, allergik holatini yo'qotish uchun kalsiy birikmalari (kalsiy xlorid, kalsiy glukonat), natriy tiosulfat tavsiya etiladi. Davolashning birinchi kunidan boshlab antigistamin dorilar^ (tavegil, zaditen va boshqalar) terapevtik miqdorda buyuriladir Ekzema og'ir kechganda bemorni kasalxonaga yotqizib, kortikosteroid dorilar bilan davolaniladL ularning kunlik o'rtacha miqdori 30—40 mg. ni tashkil etadiy Davolash kompleksiga vitaminlar, ayniqsa, В guruh vitaminlari (B,, B6, B12), nikotin kislotasi (PP vitamini) va boshqalarni qo'shish tavsiya etiladi. Seboreyali ekzemada yuqorida keltirilgan dorilardan tashqari E vitamini (tokoferol) buyuriladi. Davolash chog'ida, shuningdek, undan keyin ham parhezga rioya qilish, tuxum, qovurilgan, ach-chiq, sho'r, moshli ovqatlar iste'mol qilmaslik va spirtli ichim-liklar ichmaslik talab etiladi.
Г Mahalliy davo har bir bemor organizmining o'ziga xos to-monlari hamda kasailikning turi va klinik kechishiga qarab olib boriladi. Terida pilchirash va shish bo'lsa, sovuq namlagichlar (primochkalar), u holat kamaysa, indeferent pastalar (qo'r-g'oshin, Lassar, naftalan pastalari) tavsiya etiladi. O'tkir yal-Hg'lanish jarayoni o'tganidan so'ng qichishishni kamaytiruvchi malhamlar (mentol, anestezin, dimedrol)dan foydalaniladi^ Kortikosteroidli malhamlar va kremlarni qo'llash ham davo samarasini oshiradi. Surunkali ekzemani davolashning asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |