E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi



Download 9,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/64
Sana22.07.2022
Hajmi9,39 Mb.
#839134
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64
Bog'liq
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

. i
200


fikrini ozmi, ko‘pmi o‘zgartirganligi diqqat markazidan chetlashgan. Natijada 
asaming mohiyatini o‘quvchi tushunib yetdimi yoki tushnna olmadimi — bu 
haqda o‘qituvchi hech qanday ma’lumot olishga muyassar bo‘lmagan. Bu o*rinda 
tarbiyachi pedagogik odobga rioya qilmaganligi tufayli qo‘pol xatoga yo‘l 
qo‘ygan. Bizningcha, u individual suhbat uyushtirish natijasida ilk o‘spiringa 
adabiy janrlar to*g‘risida, epitet va metaforalar haqida chuqur va har tomonlama 
ma’lumot berib o'tganda ish qilingan boMar edi.
Pedagog o‘quvchining aytgan so‘zlari va fikrlarini dalillar asosida asta- 
sekin inkor darajasiga olib borib (ammo qat’iy rad qilishdan saqlanish kerak), 
asaming asl mazmunini tushuntirishi va hayotda uning qanday ahamiyat kasb 
etishini yoritishga harakat qilmog‘i zarur. 0 ‘qituvchi unga shunday ta’sir etishi 
kerakki, uning bu asar to‘g‘risidagi fikri o*zgarishiga olib kelsin. Biroq, 
o‘qituvchi o‘quvchining asar muallifiga va uning asariga munosabati o‘zgargan 
yoki o‘zgarmaganligini aniqlashni mutlaqo yodidan chiqarmasligi shart. Mazkur 
jarayon bir-ikki suhbat yoki bahs natijasida amalga oshadigan faoliyat emas. 
Chunki ilk o‘spirinning o‘zi mustaqil ravishda asami tushunib yetishi unga 
nisbatan o‘zining munosabatini o‘zgartirish qiyin. Bu ko'pgina omillarga bog‘liq 
murakkab hoi bo‘lib, shaxs shakllanishiga ko‘pyoqlama yondashishni taqozo 
etadi lar.
Ayrim o‘quvchilarda asardagi allegoriyalami, epitet va metaforalami 
noto‘g‘ri tasaw ur etish hollari uchraydi. Ular shoir va yozuvchilami hayotda aslo 
bunday voqelikning sodir bo‘lmasligida ayblab, bu narsa to‘qima deb da’vo qilib, 
qattiq “koyishgacha” borib yetadilar. Lekin bu badiiy asar tarkibiy qismlari 
qahramonlaming ichki dunyosini bo‘rttirib ko‘rsatish vositasi ekanligini hali to‘la 
anglab yetmaydilar. Shu sababdan “falon narsa bunday bo‘lmaydi, aql bovar 
qilmaydi” deya ishonchsizlik kayfiyatini izhor etadilar.
Ilk o‘spirinlar badiiy peyzaj to‘g‘risida ham shoir va adiblar bilan 
munozaraga kirishadilar. Chunki o‘xshatish va taqqoslash kabi badiiy bo‘yoqlar 
negadir ularga yoqmas emish. Asardagi juda nafis did, kuchli hissiyot bilan 
berilgan voqelikni idrok qilish, tasaw ur etish, xayolga keltirish, fikran mulohaza 
yuritish holatlarini ularda taajjub hislarini vujudga keltiradi. Shuning uchun ushbu 
yoshdagi o‘quvchilarda adib bilan “kelishmovchilik” namoyon bo‘ladi. Aks 
ettirilgan voqealar juda rangsiz yoritilganday tuyuladi. Ular “o‘z pozitsiyasi”ning 
barbod bo‘lishiga anchagacha qarshilik ko‘rsatishadi. 
Shuning uchun 
o ‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quvchi laming tafakkurini tanqidiy sifat jihatdan 
almashtirib, ulami voqelikka odilona tanqidiy nuqtai nazardan qarashga 
o‘rgatishdan iboratdir.
Ilk o‘spirin yoshidagi o ‘quvchilar asar qahramonlariga ham turlicha baho 
beradilar. Bu narsa ulaming individual xususiyatlaridan, shaxsiy qarashlaridan 
kelib chiqadi. Shu sababli qaysidir obraz o‘spiringa butunlay yoqmaydi, uning 
ba’zi bir xususiyatlarinigina qo‘llab-quwatlaydi, xolos. Bu xususiy holni 
dalillash maqsadida misolga murojaat qilamiz. “Gulnoming insoniy xislatlarining 
hammasini juda yoqtiraman, ammo irodasizlik qilib Mirzakarimboyga turmushga
201


chiqishini esa sira kechira olmayman. Agar chindam Yo4lchini sevganida edi, u 
bu ishni qilmagan bo4lardi. Ota-onaga hunnat va muhabbat, albatta, bo‘lishi 
kerak, lekin sof sevgi hamma narsadan ulug‘ va mo‘tabar boMishi lozim. 
Muhabbat katta «М» harfi bilan yozilmog‘i shart. Unga hech kimning, hatto 
malikaning ham bevafolik qilishga haqqi yo‘q, chunki u olamda muqaddasdir... 
Shu maqaddas tuyg‘uni oyoq osti qilish — Gulnorda uchraydi.. ”, — deydi 
0
‘spirin qiz Robiya. Bunga o4xshash misollami yuqori sinf o‘quvchilari bilan olib 
borgan tajribalardan ko‘plab keltirish mumkin.
Shaxsiy tajribalarimiz va o‘rta maxsus ta ’lim tajribasidan shu narsalar 
ma’lum bo‘ldiki, o‘quvchilar muayyan obrazni, yaxlit asarni yoki avtor faoliyatini 
baholash jarayonida hamma vaqt ham o‘z shaxsiy fikrini, qarashini va shaxsiy 
munosabatini xuddi shundayligicha qo‘llay bermas ekanlar. Biz bunday omillarga 
ulaming insho va bayonlarini tekshirayotgan mahalda duch keldik. Yozma ishlar 
va jonli mushohadani taqqoslagan paytimizda, yozma ifoda bilan shaxsiy 
mulohazalar o(rtasida katta tafovut bo'lganligining guvohi bo‘ldik. O'ylaymizki, 
0
‘qituvchilar ham kundalik amaliy faoliyatida bunga o ‘xshash hodisalami 
uchratgan bo‘lsalar ajab emas. Eksperimentimizda ishtirok etgan ilk o‘spirin 
o'quvchilar bilan “Nega o4z shaxsiy fikringizni inshoda ifoda etmadingiz?”, 
“Muallif yoki asarga nisbatan asli munosabatingiz shunday edimi?”, “Erkin 
mavzuda yozilgan ishda nega o‘z mulohazangizni to‘liq ifodalamadingiz?”, 
“Agar siz asar qahramoni o‘mida bo‘lganingizda nima qilar edingiz?”, “Mushkul 
vaziyatni qanday hal etish kerak?”, “Mutlaq haqiqatni bilishga qanday intilasiz, 
uiar nega sizni tinchlantirmaydi?”, “Nima uchun siz har bir narsani (voqelik yoki 
qonuniyatni) o4z aqlingiz tarozisi bilan yana bir marta tortgingiz keladi?” kabi 
savoUjavob viktorinasini o4tkazdik. Bundan tashqari, o‘quvchilaming yozma 
ishlari bilan yaqindan tanishib chiqdik. Biz uchun eng zarur bo‘lgan savolga 
ko‘pgina ilk o‘spirinlar bir-biriga juda yaqin, analogik javoblar berdilar. 
Jumladan, o‘z shaxsiy fikrlarini ifoda etmaganliklarini ular quyidagicha 
isbotlaydilar: 
agar men o‘z fikrim va munosabatimni o‘z bilganimcha 
yozganimda edi, u holda sizning qo‘ymoqchi bo‘lgan bahoyingiz, hozirgi 
qo‘yilgan bahodan bir-ikki ball past bo‘lar edi, men shunday bo4lishidan 
qo‘rqdim. Chunki mening shaxsiy fikrimga qarshi ekanligingizni bilaman-ku!” 
deb javob qaytardilar.
Keltirgan misoldan shu narsa ma’lum boMdiki, mazkur mulohazalar 
mualliflari bo‘lmish ba’zi o‘quvchilarda tafakkuming tanqidiyligi yetarli darajada 
taraqqiy etmaganligidan dalolat berib turibdi. Yuqoridagi parchadan shunday 
xulosaga kelish mumkinki, bu yoshdagi o‘spirinlarda o4z fikrida qat’iy turishning 
irodaviy sifati, shakllanib bo‘lgan mustahkam “pozitsiya”si hanuzgacha mavjud 
emasdir. Bundan shu narsa ochiq-oydin ko4rinib turibdiki, katta yoshdagi 
o4quvchi ' aqlining tanqidiyligida liberalchilikka yo‘l qo‘yish kuchlidir. 
O'quvchilardagi ikkilanish holatlari, bizningcha, ikki xil sabab bilan izohlanishi 
mumkin: bu sabablardan biri voqelik mohiyatini t o ^ r i tushunib yetmaslik bo4Isa,
202


ikkinchisi “o‘z pozitsiyasida” bo‘sh kelmaslik yoki narsa va hodisalami anglab 
turib “o ‘jarlik” qilishdan iboratdir.
Demak, adabiyot darsligi va uning majmuasini o‘qitish, qo‘shimcha badiiy 
manbalardan unumli foydalanish o ‘quvchilarda aqlning tanqidiyligini kamol 
toptirishda juda muhim rol o‘ynar ekan. Adabiyotning turmush qonuniyatini, 
hayot mazmunini, kishilar o‘rtasidagi munosabatlami tushuntirishdan tashqari, ilk 
o'spirinlarda estetik tuyg‘uni vujudga keltirishda ham ahamiyati kattadir.
Hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri o ‘quvchilarda 
tafakkuming tanqidiyligini dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda keng 
jamoatchilikka suyangan holda o‘stirishdan iboratdir. 0 ‘qituvchi butun diqqat- 
e ’tiborini o'quvchilaming narsa va hodisalar to‘g‘risidagi o‘z fikrini o‘zgartirgan 
yoki o‘zgartirmaganligi biror narsani tushunib olishga muyassar bo‘lgan yoki 
bo‘lmaganligi, agar tushunib olgan bo‘l-sa, faqat darslikka asoslanibgina berishni 
anglaganligi, o‘z fikrini faqat “o‘zida” (“dilda”) qoldirish shart ekanligini his 
etganligi yoki his etmaganligi kabi holatlarga qaratishi lozim. U o‘quvchilarda 
ikkiyuzlamachilikning shakllanishiga yoM qo‘ymasligi kerak. Chunki o‘quvchilar 
ko‘pincha voqelik haqida bir narsani gapirib, haqiqatda esa ikkinchi bir narsa 
to‘g‘risida fikr yuritadilar. Bunda ulaming yuqoridagi insho to‘g‘risidagi 
mulohazalarini eslatib o ‘tishning o‘zi kifoya qiladi. Agar o‘qituvchi shu 
narsalarga beparvo qarasa, u holda uning tutgan yo‘H mutlaqo to‘g 4ri bo‘Hb 
chiqmaydi. Pedagog o‘quvchilarda shaxsiy fikr va mustaqil qarashning vujudga 
kelishidan sira xavotirga kelmasligi, qo‘rqmasligi shart. U o'quvchilarda shaxsiy 
fikming mutlaqo bo‘lmasligidan, mustaqil mulohazalardan uzoqligidan, tayyor 
jumlalami to‘tiqush-day takrorlab, yod qilib yurishidan cho‘chisin.
Aqlning tanqidiyligini shakllantirishda pedagog o‘quvchilaming yosh va 
individual xususiyatlariga, aqliy taraqqiyotiga, mavjud bilim fondiga, mulohaza 
yuritish 
doirasining 
kengligiga, 
mazmundorligiga, 
chuqurligiga, 
tashabbuskorligiga, adabiyot va boshqa fanlarga qiziqishiga, nutq madaniyatiga, 
so‘z boyligiga, shaxsiy nuqtai nazariga, bilishga qiziqishiga, o‘quv faoliyati 
usullarini qanchalik egallaganlik darajasiga, bilimlami o‘zlashtirib olishga 
ko‘maklashuvchi ko‘nikma va malakalaming mayjudligiga hamda ulami 
asoslash, isbotlash, ishonch hosil qilish kabi ijodiy tafakkur sifatlariga diqqat- 
e’tibor qilishi lozim.
Tafakkur tanqidiyligining rivojlanishi ilk o‘spirin o‘quvchiIami moddiy 
dunyoni mustaqil o'rganishga, barcha o‘quv materiallarini puxta o‘zlashtirishga, 
dars jarayonida tashabbuskorlik va faollikni oshirishga yetaklaydi. Bundan 
tashqari, voqelikni isbotlash, asoslash ko‘nikmalarining paydo bo‘lishiga imkon 
yaratadi, ob’ekt to‘g‘risida hukm va xulosani tasdiqlash yoki inkor qilish 
qobiliyatini taraqqiy ettiradi.
Shunday qilib, taMim jarayonida turli fanlaming o‘qitilishi tufayli, keng 
kollamdagi bilim sistemasining o‘zlashtirilishi orqali o‘quvchilarda tafakkur 
jarayonining aktivligi, mustaqilligi, mazmundorligi, mahsuldorligi kabi sifatlari 
rivojlanadi va uning ijodiy, nazariy shakllari yanada o‘sadi. Bu yoshdagi
203


o‘quvchilarda narsa va hodisalami abstraksiyalash va umumlashtirish yuqori 
bosqichga ko‘tariladi. Ular tevarak-atrofdagi voqelik to‘g‘risida haqiqiy hukmlar, 
omillarga asoslangan xulosalar chiqarish bilan boshqa yoshdagi o*quvchilardan 
keskin farq qiladi. 0 ‘qitish jarayonida ularda nazariy, ijodiy, mahsuldor, vizual, 
so‘z-mantiq tafakkur tarkib topadi Shu sababli, voqelikning ichki bog‘Ianishlari, 
munosabatlari, jamiyat taraqqiyot qonunlarini bilish va anglab olish uquvi yuqori 
taraqqiyot pog‘onasiga ko‘tariladi. Mustaqil fikr yuritish metodikasi va texnikasi 
vujudga keladi, bilim olish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Bulaming barchasi ilk 
o‘spirinlarda tafakkuming o‘sishi uchun ham ob’ektiv, ham sub’ektiv shart- 
sharoitlar yaratadi.

Download 9,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish