E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


 Talabalar o‘quv faoliyatining xususiyatlari



Download 9,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/64
Sana22.07.2022
Hajmi9,39 Mb.
#839134
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64
Bog'liq
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

7.2. Talabalar o‘quv faoliyatining xususiyatlari
Talabalar o‘quv faoliyati muvaffaqiyatining muhim sharti oliy o ‘quv 
yurtidagi ta’lim jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, diskomfort 
tuyg‘usini bartaraf qilish, mikromuhitda yuz beradigan ziddiyatlaming oldini 
olishdan iboratdir.
Odatda quyi kurslardagi talabalar o ‘quv faoliyatini mumkin qadar to‘laroq 
tasavvur etishga harakat qiladilar, lekin uni boshqarish to*g‘risida yetarli 
m a’lumotga ega bo‘lmaydilar. Ko‘pincha ular o‘quv faoliyatini boshqarish 
deganda, o ‘quv materiallari o4zlashtirilishini rejalashtirish, nazorat qilish, 
baholash kabilami tushunadilar. Talabalar varaqa savollariga bergan javoblardan 
m a’lum boMishicha, ularda o‘quv faoliyati tizimini tasavvur etishdan tashqari, uni
208


boshqarishning ayrim imkoniyatlari yuzasidan muayyan bilimlar ham bo‘ladi. 
Tajribada ishtirok etgan 730 nafar sinaluvchilaming 15 foizi shaxsiy faoliyatni 
boshqarish deganda o‘zlashtirilayotgan o‘quv materialarini ko*p marta takrorlash 
jarayonini tushunadilar, uning bosh maqsadi matnning mohiyatini aniq 
anglashdan iborat deb biladilar. Masalan, “Materiallami o‘zlashtirish uchun ulami 
o‘qiyman, takrorlayman, lekin hech qachon uni o‘zlashtirish maqsadida oqilona 
yo‘l, usul yoki vositalami qidirib o‘tirmayman...” Talabaning bu mulohazasi ana 
shu toifadagi barcha tengdoshlariga ham xosdir.
Ayrim talabalar o‘z javoblarida biror xususiyatga ega bo‘lgan materiallami 
o4zIashtirishning usullarini ham yozganlar. Quyi kurs javoblaridan biri: “Men 
a w al o‘quv materialini qismlarga ajrataman, so‘ng ular o‘rtasida mantiqiy 
uyg‘unlikni vujudga keltiraman, muhim va birlamchi alomatlami topishga 
harakat qiiaman. Mazkur materialni oldingisi bilan solishtiraman, o‘xshash va 
farqli jihatiarini aniqlayman”. Xuddi shunga o‘xshash javoblar talabalaming 
to‘rtdan bir qismidan olindi. Ulaming 85 foizi o‘quv faoliyatini boshqarishning 
ayrim tarkibiy qismlarini ifodalay olganlar. Ammo ko‘pchiligi o‘quv faoliyatini 
boshqarishning umumlashgan usullarini ta’riflash, anglash, faoliyatning 
harakatlarini qanday tartibda amalga oshirishni tasaw ur qilishdan ancha 
yiroqdirlar. Shunga qaramay, talabalarda taqqoslash, reja tuzish, ma’mza va 
birlamchi manbalami konspektlashtirish bo‘yicha ma’lum tushunchalar mavjud. 
Biroq bu borada ham ayrim nuqsonlar uchrab turadi. Chunonchi, talabalar 
rejalashtirish, konspektlashtirish, ta’limiy usullardan foydalanishga qo‘yiladigan 
umumiy talablami aniq ko‘rsatishda qiynaladilar, muammo doirasidan 
chetlashadilar va hokazo.
Mana shu qiyinchiliklami mohiyati va shakliga ko‘ra uch guruhga ajratish 
mumkin:
1. Bilishdagi qiyinchiliklar: o‘rta maktab va oliy o‘quv yurtidagi o‘quv 
materiallarining mazmun va ko‘lami jihatdan keskin farqlanishi; oliy o4quv 
yurtida o‘qitishning turli shakl va usullari (ma’ruzalar, seminar mashg‘uIoti, 
kollokvium, sinov, bahs, amaliy mashg‘ulot, maxsus praktikum, maxsus seminar, 
maxsus kurs va hokazolar) mavjudligi o;quv matnni, ma’ruza va seminar 
materiallarining murakkabligi, muammoligi, ilmiyligi, talabalarda mustaqil bilim 
olish malakalari yetishmasligi; ulaming murakkab oliy ta’limga to‘la tayyor 
emasligi.
2. Ijtimoiy-psixologik qiyinchiliklar: atrof-muhit va hayot sharoitining 
o‘zgarishi; 
hayot 
va 
faoliyatning 
barcha jabhalarida mustaqillikka o‘tilishi: irodaviy zo‘r berish, qobiliyat, aqliy 
imkoniyatlar 
bo‘yicha 
qat’iyatsizlik: 
masalan, 
sessiyalarda, 
o‘qishdan 
haydalishdan cho‘chish, qo‘rqish, xavfsirashning paydo bo‘lishi.
3. Kasbiy qiyinchiliklar: oliy o‘quv yurti mutaxassisligini tanlashdan 
ikkilanish; oliy maktab shart-sharoitlariga moslashish jarayonini noto‘g‘ri ta- 
saw ur qilish; ta’lim olish usullari va vositalarini ko‘nikma, malaka va odatlarini 
egallashda orqada qolish, turli xususiyatga ega bo‘lgan mutaxassislik - ixtisoslik
209


amaliyotidan unumli foydalana olmaslik; nazariy bilimlar bilan amaliyotning 
ajralib 
qolgani; 
talabalaming 
professiogrammadan 
xabarsizligi 
yoki 
professiogramma talablariga javob beradigan kasbiy fazilatlarga ega emasligi.
Mana shu qiyinchiliklaming barchasi oliy maktab muhitiga moslashish 
bilan bog‘liqdir. Tajribadan ma’lumki, oliy maktab muhitiga moslashishda tala­
balaming o‘ziga xos tipologik va yosh xususiyatlari, aqliy imkoniyatlari, aql- 
zakovati, axloqiy fazilatlari, etnik alomatlari ma’lum darajada rol uynaydi.

Download 9,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish