E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi



Download 9,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/64
Sana22.07.2022
Hajmi9,39 Mb.
#839134
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
Bog'liq
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

6
.
4

Ilk o‘spirinIarning turmush baqidagi tasawurlari
Ilk o‘spirinlik yoshida inson uchun eng muhim hissiyot sevgi vujudga 
keladi. U o‘rtoqlik, do‘st!ik tuyg‘ulari zamirida paydo bo‘ladi. Sevgi mazkur 
yoshdagi o‘quvchilaming hissiy dunyosida mutlaqo yangi holat bo‘lib, u 
o ‘smirlaming shunday ichki kechinmalaridan tubdan farq qiladi. M a’lumki, 
o ‘smirlarda ham mehr-muhabbat tuyg‘usi, ishqibozlik, ko‘ngil qo‘yish, qumsash 
ko‘rinishlarida aks etadi. Lekin ilk o‘spirinning sevgisi chuqur, kuchli, otashin, 
haqiqiy bo‘ladi. Mana shu yoshdagi o‘g‘il-qizlar sevgisi o‘zining sofligi,
184


beg‘uborligi, ma’sumligi, iboliligi, shirin kechinmalarga boyligi bilan ajralib 
turadi.
Ilk o'spirinlik davrida vujudga keladigan his-tuyg‘ulami to‘g‘ri idora etish, 
yigit va qizlarga sevgi munosabatlarining naqadar nozikligini, bo‘lajak oilaning 
baxti haqidagi tushunchalami to‘g‘ri anglatish yaxshi natija beradi. Yigit va 
qizlaming ma’naviy olamida uchraydigan ayrim ziddiyatlami bartaraf etishda, 
ulami kelajakda oilaning taqdiriga yuzaki munosabatda bo‘lmasIikka o‘rgatishda 
va oila qurishga tayyorlashda jinsiy tarbiya muhim ahamiyatga molikdir.
Erkak va ayollaming teng huquqliligi bir-biriga sodiqligi va hokazolami 
yoshlar ongiga singdirish zamr. Buning uchun o‘qituvchi o‘zbek milliy turmush 
tarzidan aniq misollar keltirishi lozim. Chunonchi, xotin-qizlarga past nazar bilan 
qarash huquqdagi notenglik hollarini yoshlaming ko‘z oldiga keltirish, ulami 
o‘ziga o‘zi o‘t qo‘ygan, sirka ichgan, o‘zini osgan ayollaming ayanchli ahvolidan 
xabardor qilish kerak.
Ilk o‘spirin yigit va qizlar erkak va ayolning munosabatlarini yotig‘i bilan 
tushuntirish ota-ona, shifokor, sinf rahbari va o‘qituvchilaming muhim 
vazifalaridir.
Ta’ILm tizimida ilk o‘spirinlarga o‘zlaridagi jismoniy, fiziologik va psixik 
o‘zgarishlar; yigit va qizlaming o‘zaro munosabatlari shakllanishi; sevgi, oilaviy 
turmush, uning maqsadi va ijtimoiy, gigienik, masalalari to‘g‘risida maxsus 
bilimlar berish lozim. Tarbiyaviy soatlar, shifokor bilan suhbat, oila a’zolarining 
maslahatlari kabi tadbirlarga jiddiy e’tibor berish kerak.
Ota-onalar va o‘qituvchilar ilk o‘spirin yigit va qizlarga sevgining ikki turi
- shahvoniy tuyg‘u zaminida vujudga keladigan beqaror sevgi va chinakam 
do‘stlik, insoniy munosabatlar asosida paydo bo‘ladigan haqiqiy sevgi borligini 
tushuntirishlari lozim. Qizlarda haqiqiy sevgi kurtaklari o‘g‘il bolalarga nisbatan 
erta uyg‘onadi, ular bir umr o‘zlariga yo‘ldosh va doimo g ‘amxo‘rlik qiladigan 
kishining muhabbatiga sazovor boMishni orzulaydilar. Ba’zan qizlarda ham 
beqaror hislar yuzaga kelishi mumkin.
Ota-onauing o‘zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi 
oiladagi farzandlaming munosabatlarini to‘g ‘ri shakllantirishga yordam beradi. 
Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat 
kabi fazilatlami tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o ‘rgatishi 
ham lozim. Aks holda nimalar bo'lishini ma’naviy qashshoq, yengil-yelpi 
hayotga ko‘nikib, tubanlik botqog‘iga botib qolgan ayrim ayollaming ayanchli 
qismatidan misol keltirish orqali tushuntirishi zarur.
Ilk o‘spirinlami turmush qurishga tayyorlashda maktab bilan oilaning 
hamkorligi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi. Ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ruliiy, 
jismoniy iztiroblaming oldini olish juda murakkab ish. 0 ‘qituvchilar jamoasining 
o‘zi bu ishni bajara olmaydi. Shuning uchun uni ota-onalar va jamoatchilikka 
tayanib amalga oshirish zarur.
Ilk o‘spirin yigit-qizlaming hayotiy rejalari bilan tanishishda ulaming 
mayli, qiziqishi va nafis tuyg‘ulariga, ezgu maqsad sari intilishlariga alohida
185


ahamiyat berish lozim. Yigit yoki qizning nihiyati va ma’naviyatiga to‘g‘ri yo‘l 
topish orqali uning fe’I-atvorida o'zgarishlar hosil qilish mumkin.
Oiladagi sog'lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari 
farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oiladagi tarbiyaviy 
ishlar ta ’lim tizimida mustahkamlanishi 
va 
rivojlantirilishi, ilk o ‘spirinlami turmush masalasiga ilmiy nuqtai nazardan 
qarashga o‘rgarish lozim. Yigit va qiz o ‘rtasidagi munosabatlar ancha murakkab 
bo‘lib, ular asta-sekin shakllanadi, bu munosabatlaming rivojlanishi ko‘p jihatdan 
sinf rahbarining faoliyatiga bog‘liqdir. U o‘z ishini yigit va qiz o ‘zaro do‘st!ik 
munosabatlarini a’lo o‘qish, namunali xulq, jamoat ishlarida faol qatnashish bilan 
amalga oshiradigan yo‘sinda tashkil etishi kerak. Shuningdek, ta lim tizimida ilk 
o‘spirin yigitlar qizlarga yordam beradigan, qizlar esa bu yordamni qadrlab ularga 
mehribonlik tuyg‘usini namoyon qiladigan vaziyatlami yaratish kerak.
Akademik litsey va kollejda o‘qish davrida har ikkala jinsdagi o ‘quvchilar 
o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishIari, bir-biriga yordam berishlari, o‘zaro 
hurmatda bo‘lish!ari shart Lekin ular o‘rtasida muqaddas, hech buzilmaydigan 
parda, chegara bo‘lishi ma’qul. Yigitning burchi qizni avaylash, uning sharm- 
hayosini paymol qilmaslik, taqdirga yuzaki qaramaslik; qiz esa o ‘z navbatida 
uyatchan, sharm-hayoli, andishali, kamtar, qizlarga xos g ‘ururli, nazokatli 
bo‘lishlari darkor. Qizlik or-nomusini paymol qiladigan xatti-harakat va hirsga 
berilmaslik kelajakdagi baxtiyorlik uchun zarurligini har bir qiz bilib qo‘ygani 
yaxshi.
Ilk o ‘spirinlarga oila qurish haqida tushuncha berishda baxtli, tinch-totuv 
yashash, bir-biriga ishonch, sadoqat bo‘lishi kerakligini uqtirish bilan birga, ulami 
oilaviy turmushda yuz berishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklardan ham 
ogohlantirish kerak, albatta. Ularga oilada bo‘lib turadigan janjallarda oxirini 
o‘yIab ish tutish zamrligini uqtirish lozim.
Nikohga tayyorgarlikning muhimjihatlaridan biri kuyov-qayliqning o‘zaro 
qaynota, qaynOna, qarindosh-umg‘lar, xonadonning yaqin kishilari oldidagi 
burchlarini angiab olishdirf Mustahkam va barqaror oila qurishning asosiy 
shartlaridan biri - kelinning boshqa sharoitga ko‘nikishi, begona turmush tarziga 
moslashuvidir. Uning sinalmagan oilaga, undagi iqtisodiy-moliyaviy tartibga
notanish qadriyatlarga, an’analarga, marosimlar, rasm-rusmiarga o‘rganishi ham 
oson emas. Bulaming xammasi yosh kelinning jismoniy, axloqiy, m a’naviy va 
ruhiy jihatdan tayyorgarligini talab qiladi.
0 ‘qituvchilar akademik litsey va kasb-hunar kolleji o'quvchilarining ota- 
onalari bilan olib boriladigan ishlarda asosiy e’tibomi bolalar ruhiy dunyosining 
murakkab tomonlarini yoritishga qaratishlari kerak. Ularda tanqid va o‘zini o‘zi 
tanqid, o ‘zini tuta bilish, o ‘z xatti-harakatini nazorat qilish va to ‘g ‘ri baholash, 
o‘zini idora qilish kabi xususiyatlami rivojlantirish zarur.
Tarbiyaning muhim quroli nutq hisoblanadi. Shuning uchun ota-ona o ‘z 
nutqida yoqimsiz iboralami ishlatmasligi, mantiqsiz, yoqimsiz ohang bilan 
bolalami ranjitmasligi, ularda ishonch hissini vujudga keltirmaydigan, nosamimiy
186


fikrlami aytishdan saqlanishlari kerak. Hayotda muloyimlikka, shirinsuxanlikka, 
samimiylikka, sof vijdonli bo‘lishga nima yetsin! Mazax qilish, ba’zan noo‘rin 
hazillashish orqali ham farzandlaming murg‘ak qalbini cho‘ktirish mumkin.

Download 9,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish