Dvigatelni diagnostikalash ish joyini o‘rganish ishdan maqsad



Download 22,46 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi22,46 Kb.
#706747
Bog'liq
DVIGATELNI DIAGNOSTIKALASH ISH JOYINI O


DVIGATELNI DIAGNOSTIKALASH ISH JOYINI O‘RGANISH


Ishdan maqsad. Dvigatelni diagnostika qilish joyi bilan tanishish bilan birga xar xil ko‗chma diagnostika vositalari bilan o‗rganish.
Nazariy ma’lumotlar. Dunyo amaliyotida avtomobilsozlik kompaniyalari o‗zlari ishlab chiqargan avtomobillarni xaridorlarga sotish uchun texnik xizmat ko‗rsatuvchi, ehtiyot qism va ashyolar bilan savdo qiluvchi korxonalar majmuasi bo‗lmish avtoservis korxonalarini tashkil etganlar. Avtomobillarning eng muhim agregatlaridan biri bu dvigateldir. Unda yuzaga keladigan har qanday nosozlik jiddiy muammolar keltirib chiqaradi.
Gazlarning karterga o‗tishi silindr-porshen guruhi (SPG) detallarini yeyilishiga bog‗liq bo‗lib, ish jarayonida ko‗payib boradi. Gazning hajmi, tashxislash jihozi yordamida, yuklanish va eng katta burovchi momentda aniqlanadi. U gaz schetchigi yordamida aniqlanib, moy o‗lchash tayoqchasi o‗rniga ulanadi va ma‘lum vaqt ichida karterga o‗tgan gaz miqdori aniqlanadi.
Dvigatellarning turiga qarab silindrlardagi kompressiya kompressometr yoki kompressograf (5.1-rasm) yordamida aniqlanadi.
Siqish takti oxiridagi bosimni yoki kompressiyani dvigatel 700-800S gacha qizdirilgach aniqlanadi. Kompressometrning rezinkali konussimon kallagi o‗t oldirish shami teshigiga o‗rnatilib, starter yordamida tirsakli val aylantiriladi va jihozning ko‗rsatkichi hisoblanadi. Dizel dvigatellaridagi kompressor 800 S haroratda 450-550 ayl/min tezlikda, salt yurishda har bir silindr uchun aniqlanadi. Bu holatda kompressometr tekshirilayotgan silindrning forsunkasi o‗niga qo‗yiladi.
Kompressiya karbyuratorli dvigatellar uchun 0,44-0,78 MPa ni, dizel dvigatellari uchun kami bilan 2 MPa ni tashkil qiladi (bu ko‗rsatkich me‘yordan 30-40 % dan kam bo‗lmasligi kerak).


5.1-rasm. BEST-04UR modelidagi kompressometr BEST-04UR modelidagi universal kompressometr bo‗lib, u


forsunkali va falsh- forsunkali adapterlar yordamida o‗t oldirish shamlari va forsunkalar o‗rnidan 4,0 MPa gacha silindrlardagi bosimni o‗lchashga mo‗ljallangan.
Kiritish taktidagi havo siyrakligi havo to‗ldirish tezligiga, kompressiyaga, havo tozalagich qarsxiligiga, klapanlarning egarida to‗liq o‗tirmasligiga va ish jarayonini notekis borishiga bog‘liq bo‗ladi. Shuning uchun havoning siyrakligi va uning doimiyligi dvigatelni texnik holatini xarakterlaydi. Havoning siyrakligi vakuummetr yordamida, kiritish kollektori orqali aniqlanadi. Dvigatel mexanizmlari holatini aniqlash, ta‘minot va o‗t oldirish tizimlari sozlangandan so‗ng bajariladi.
Dvigatelning soz holida, uni starter bilan aylantirganda ko‗rsatgich 0.5-0.57 MPa ni hamda salt yurishda 0,64-0,745 MPa ni tashkil etishi va bu ko‗rsatgich o‗zgarmay turishi kerak.
Siqilgan havoning silindrdan chiqib ketishi bo‗yicha: bu vaqtda porshen yuqori yoki pastki o‗lik nuqtada bo‗lib, klapanlar berkilgan holatda bo‗ladi, diagnostikalash natijasida porshen halqalarining eyilganligini, ularning egiluvchanligini yo‗qolganligi, singan yoki qurum bosib qolganligini, stilindirning eyilganligini, klapanlar va porshenlar zichligi buzilganligini aniqlash mumkin. Dvigatel holati K- 69M pribori yordamida, svecha yoki forsunka o‗rnidan silindirga
yuborilgan havoning sarfini monometr yordamida aniqlash yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Shovqin va tebranishlar bo‗yicha: mexanizmlarning ishlashi jarayonida tebranish va shovqin hosil bo‗ladi. Bu shovqinlar chastotasi, balandligi va fazasi maxsus asbob yordamida aniqlanadi va etalon ko‗rsatkich bilan solishtirib texnik, holat aniqlanadi.
5.1-jadval Dvigatelda amalga oshiriladigan diagnostika ishlari jadvali

Ish nomi

Diagnostika apparati rusumi

Ishni amalga oshirish tartibi

Silindr-porshen guruxi va gaz taxsimlash mexani- zmining klapanlarini tashxisi

КИ-4887-1 К-69М
Kompressiometr

Karbyuratorli dvigatellarning silindr porshen guruxi, xavo aylanishi gaz taxsimlash klapanlari tashxisi.
Gaz xisoblagichi. Komkompressiyani o‗lchash.

Krivoship shatun mexa- nizmini diagnostikasi.

ГОСНИТИ
qurilmasi va КИ- 4817

Shatun brikmalardagi tirqish- larni aniqlash.

Dvigatel taqillashini
o‗rganish

Stetoskop

Xarakatdagi brikmalar taqilla-
shi miqdorini o‗rganish.

Tirsakli val podshipnik
tirqishini aniqlash

КИ-4940

Dvigateldagi moy bosimiga
qarab.

Sovutish va moylash
tizi¬mini diagnostikasi.

viziual

Xarorati va sifati asosida

Moylash tizimining xolati- ni aniqlash

КИ-4940 КИ- 1308В

Tizim xolati, bosimi va sifatini aniqlash.

Sovutish tizimini diagnos- tikasi

Viziual va nazariy ko‗nikma

Tizim xolati, xarorati va sifatini aniqlash.

Yonilg‗i bilan ta'minlash tizimi diagnostikasi

КИ-652 pribori va КИ-4802,КИ- 4801, КИ-4941,
КИ-4870

Dizel dvigatellar uchun

Elektr qismlarini diagnostikasi

Motor-tester КИ- 4897 va Э-2054

Elektr qismlarini xolatini aniqlash.

Kartyerdagi moyning ko‗rsatkichlari bo‗yicha: dvigatel detallarining edirilishi, havo va moy filtrining ishlash sifati, sovitish tizimining zichligi hamda moyning yaroqli yoki yaroqsizligi aniqlanadi. Buning uchun vaqti-vaqti bilan kartyerdagi moydan namuna olib turish,


uning qovushqoqligini, tarkibidagi suv, kremniy va edirilgan mahsulotlar miqdorini aniqlab turish kerak. Moy tarkibi kompyuterlashtirilgan
―Spektral tahlil‖ qurilmalarida tekshiriladi.
Moydagi metall mahsulotlari miqdori bilan birikmalarning texnik holati aniqlanadi. Kremniy miqdorining oshishi havo tozalagichlarning nosozligini, suvning paydo bo‗lishi sovitish tizimining nosozligini, qovushqoqlikning kamayishi moyning yaroqsiz holga kelib qolganligini ko‗rsatadi.
Download 22,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish