34-mavzu ShKni elektr tarmog‘iga ulash Reja



Download 0,66 Mb.
Sana05.12.2022
Hajmi0,66 Mb.
#879165
Bog'liq
34-mavzu ShKni elektr tarmog‘iga ulash


34-mavzu ShKni elektr tarmog‘iga ulash
Reja:

  1. SHKning barqaror va xavfsiz ishlashi uchun asosiy tahdidlar

  2. Tarmoq filtri

ShK samarali ishlashi va undan qulay foydalanish uchun elektr quvvati bilan ishonchli ta’minlanishini ko‘zda tutish zarurdir. Bu elektr ta’minoti tizimidagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ta’minot quvvatining og‘ishi va nosozligini istisno qilish yoki kamaytirish imkonini beradi. SHKning barqaror va xavfsiz ishlashi uchun asosiy tahdidlar quyidagilar:

  • ko‘zda tutilmagan vaziyat tufayli ta’minot tarmog‘ida kuch lanishning yo‘qolishi (falokat, simning uzilishi);

  • kuchlanish darajasining belgilangan me’yordan keskin pasayishi (qisqa vaqtli pasayish);

  • elektr ta’minotining o‘chirib-yoqilishi tufayli kuchlanishning sakrashi yoki uchqunning chaqishi;

  • ta’minot kuchlanishi chastotasining beqarorligi.

Ta’minot kuchlanishining darajasini barqarorlashtirish va ShKning xavfsiz ishlashga bo‘ladigan tahdidlarning oldini olish uchun ikkita qurilma: tarmoq filtri va uzluksiz elektr energiya manbayining albatta bo‘lishi tavsiya etiladi.
Tarmoq filtri (eng keng tarqalgan Pilot rusumli) kompyuterning elektr ta’minot zanjirini hamda tashqi qurilmalarni berilayotgan kuchlanishdan va elektromagnit maydonlardan himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Har bir kompyuterning yoki tashqi qurilmaning elektr ta’minot manbayi yuqori chastotali xalallarni silliqlash va ularni himoyalash simi orqali «yerga» ulash uchun mo‘ljallangan reaktiv filtrga ega. 34.1­rasmda elektr ta’minoti blokining kirish zanjirlari va ularni nol, yer va faza bilan ulash zanjiri ko‘rsatilgan.
0 1 ~220

34.1-rasm. Elektr ta’minoti blokining kirish zanjirlari

Yerdagi sim yerga ulashning konturi bilan ulanadi, bundan tashqari uning kuchlanish tarmog‘ining nol nuqtasi bilan ulanish imkoni bor. Agar qurilmaning yerga ulash simini hech qaerga ulamasa, qurilmaning g‘ilofida o‘zgaruvchan tokning taxminan 110 V ga teng bo‘lgan kuchlanishi paydo bo‘ladi (bu inson uchun xavfli).


Bir va undan ortiq qurilmani ulash vaqtida ulanayotgan qurilmalar umumiy zanjirga alohida sim orqali yerga ulanishi kerak. 34.2-rasmda qurilmalarni to‘g‘ri ulash ko‘rsatilgan.
Yerga ulash muammosi «Pilot» ko‘rinishidagi va unga o‘xshash tarmoq filtrlaridan foydalanish bilan hal qilinadi. Interfeyslar bilan ulangan barcha qurilmalarning bitta filtrdan ta’minlanishi potensiallarning farqlanish muammosini hal qiladi. Agar bu filtr yerga ulangan uch qutbli rozetka tarkibida faoliyat ko‘rsatsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.



34.2-rasm. Ikkita qurilmani elektr ta’minoti zanjiriga ulash varianti

Yerga ulash


~220V
a) ~220V
34.3-rasm. Rozetkadagi kontaktlarning to‘g‘ri holati

34.3-rasmda: (a) rozetkadagi nol (0), faza (~220 V) va yerga ulanish kontaktlarining to‘g‘ri holati ko‘rsatilgan yevrorozetkalar ifoda qilingan. Bu rasmda (b) yana standart elektr ta’minoti simining elektr ta’minot blokiga ulanadigan qismi ko‘rsatilgan.


Qurilmani himoyalash, kompyuterning barqaror ishini va ma’lu motlarning buzilmaganligini ta’minlashning samarali usul - la ridan biri uzluksiz elektr energiya manbayi UPS (Uninterruptible Power System)dan foydalanishdir.
UPS ning iste’mol ko‘rsatkichlaridan asosiysi quyidagilar:

  • chiqish quvvati, V·A/Vt (masalan, 650/410);

  • turi (zaxirali, barqarorlovchi, yoqilgan);

  • akkumulator hajmi (amper/soatda);

  • akkumulator batareyalarining soni;

  • zaryad olishining o‘rtacha vaqti;

  • maksimal yuklamani quvvatlash vaqti (min.).

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish