Dunyoning yetti "MO"jizasi"



Download 219 Kb.
bet1/8
Sana12.07.2022
Hajmi219 Kb.
#780895
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Buxoro me’morchiligi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
“Himoyaga ruxsat etilsin”
“Kasb ta’limi” fakulteti dekani
__________p.f.d. dotsent Y.U.Ismadiyarov
“_______”________2019-yil
“Kasb ta’limi” fakulteti 5110800 - “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”
ta’lim yo‘nalishi 201 guruh talabasi

Muzaffarova Sevaraning


“Buxoro me’morchiligi”


mavzusidagi

KURS ISHI


Ilmiy rahbar_______dotsent v.b. D.Tulanova
“Himoyaga ruxsat etilsin”
“Tasviriy san’at va uni o‘qitish
metodikasi” kafedrasi mudiri
______dotsent R.SH.Xalilov
“______”_________2019-yil

Toshkent 2019-yil


MUNDARIJA


KIRISH....................................................................................................................3
I BOB. KASB- HUNAR KOLLIJLARIDA O’ZBEKISTON TARIXIY ME’MORCHILIK SAN’ATINING O’QITILISHI............................................8
1.1.Samarqand me’morchiligining o’ziga xos jihatlari............................................8
1.2.Toshkent me’morchiligining tarixiy obidalari …………................................15


II BOB. KASB – HUNAR KOLLEJLARIDA BUXORO TARIXIY OBIDALARINI O’RGANISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI..................22
2.1.Buxoro me’morchilik san’atining rivojlanishning asosiy bosqichlari………..22
2.2. Ark me’moriy obidasining qurulish tarixi………………………………...…28
XULOSA................................................................................................................31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.......................................32

KIRISH
Tanlangan mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarixiy davrda ma’naviy-merosni qayta tiklash, milliy madaniyatni anglash jarayonlari ijodkorlar e’tiborini yaqin va uzoq o‘tmishdagi Vatan tarixi, unitilayotgan qadriyatlar qatlamiga e’tibor qaratishga jazm etdi.
Tarixiy - ma’daniy va ma’naviy - ahloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta idrok etish g‘oyalari yangilanish tamoyillari, tasviriy va amaliy bezak san’at sohalarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. “San’at va madaniyatdek kuch orqali inson qalbiga yo‘l topish haqida so‘z yuritar ekanmiz, hammamiz yaxshi tushunamizki, har qaysi iste’dod egasi o‘ziga xos bir olam, shu sababli ijod ahliga qandaydir aql o‘rgatish, eng asosiysi, ularni boshqarishga urinish mumkin emas. Lekin bu hayotda ularni birlashtiradigan, yangi ijodiy marralar sari ilxomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog‘liqdir. Agarki har qaysi ijodkor o‘z asarlarida ana shu o‘lmas g‘oyalarni bosh maqsad qilib qo‘ysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san’at ham tom ma’noda ma’naviy yuksalishga xizmat qilib, o‘zining ijtimoiy vazifasini to‘liq ado etishga erishgan bo‘ladi”.1
“Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayoq, - deb yozadi Prezident I.A.Karimov – ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi uning san’atining yangi davrini boshlab berdi. Prezident Islom Karimov farmoniga binoan 1997 yili O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining tashkil etilishi madaniy rivojning yangi bosqichini ochib berdi. Natijada shu jarayonning yanada tezlashishiga yo‘l ochdi. Muhimi, san’atda mafkuraviy nazoratni bekor qilinishi natijasida ijod erkinligini qo‘lga kiritgan rassomlar uslubiy rang-baranglikda asarlar yarata boshladilar.
Ma’lumki, O‘rta Osiyo er yuzining juda qadimdan san’ati, madaniyati rivojlangan mintaqalaridan biri bo‘lgan. CHunki, bu mintaqada odam zotining ilk ajdodlari yashaganiga 1 million yil bo‘lganligi haqida arxeologlar isbotiy materiallar topishgan. Ko‘plab ilmiy-badiiy manbalarda ham O‘rta Osiyoda juda qadimdan ibtidoiy odamlar yashagani, ularni san’ati, madaniyati ravnaq topganligi haqida ma’lumotlar beriladi. Ilmiy manbalar O‘rta Osiyoda yozuv paydo bo‘lganligiga 3-4 ming yillar bo‘lganligini ham isbotlab beradi. Tarixiy ma’lumotlar va manbalarga ko‘ra O‘rta Osiyoliklarning buyuk asari «Avesto»ni yozilganiga 2700 yil bo‘lib, u Xorazm tilida, oriy yozuvida bunyod etilgan. Tarix shohidkim, «Avesto» asarini yozilishi qadimgi Xorazmda yozuv paydo bo‘lganligini to‘la asoslab beradi. SHundan ko‘rinib turibdiki, Xorazmda yozuv «Avesto» yozilmasdan avval ham mavjud bo‘lgan. Bu yozuv oriy – oromiy yozuvi, - deb yuritilgan. Lekin bu yozuvda bitilgan ko‘plab manbalar bizgacha etib kelmagan. O‘rta Osiyoga bosqinchilik siyosati bilan kirib kelgan Makedonskiydan tortib, arab lashkarboshisi Qutayba, mo‘g‘ul xoni CHingizlar O‘rta Osiyo xalqi yaratgan barcha manadiy boyliklar bilan birga ilmiy manbalarni yoqib, kulini ko‘kka sovurganlar. SHunga qaramay o‘lkamiz va xalqimizning o‘tmish tarixi haqidagi ma’lumotlar qadimgi YUnon, Xitoy, Eron, Mo‘g‘ul, Arab, Hind, hatto Evropaning ko‘plab qo‘lyozma manbalarida saqlanib qolgan. SHuningdek, o‘lkamizning ko‘plab qadimiy manzilgohlarida qoya toshlarga o‘yib, tabiiy ranglar bilan yozilgan qadimiy bitiklar va tasvir-rasmlar bizga juda qadimgi avlod va ajdodlarimiz haqida ilmiy-asosli ma’lumotlar beradi. Ularni barchasi O‘rta Osiyo va bizning qadimiy ajdodlarimizning san’ati, madaniyati haqida anchagina keng tasavvurlar bera oladi. VIII-XI asrlarda yashab ijod qilgan Muhammad al-Farg‘oniy (750-865), Muso al-Xorazmiy (780-850), Abu Nosir Farobiy (873-950), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Ulug‘bek (1394-1449) kabi fan allomalarimiz tomonidan yozilgan bir qator ilmiy asarlar bizning qadimiy san’at va madaniyatimizni, me’morchiligimizni o‘rganishga imkon beradi. SHuningdek, O‘zbekiston hududlarini arxeologik jihatdan tadqiq etgan o‘zbek va evropa olimlari o‘zbek xalqining qadimiy san’ati, madaniyati va me’morchiligi tarixi bo‘yicha ko‘plab ilmiy manbalarni ochib beradilar. Ma’lumki, O‘rta Osiyo san’ati, madaniyati va me’morchiligi tarixini ilmiy asosda o‘rganish XIX asrning II-yarmidan boshlanadi. Bunda ko‘plab Evropa arxeologlari, tarixchilari va san’atshunoslari qatnashadilar. V.Bartold, V.Jukovskiy, A.Kun, V.Vyatkin, I.Poslavskiy, N.Ostroumovlar va eng birinchi mahalliy arxeologlardan A.Asqarov, M.Mirmuhamedovlar O‘zbekistonda dastlabki arxeologik tadqiqotlar o‘tkazadilar va qator ilmiy xulosalar beradilar. SHuningdek o‘zbek xalqining qadimiy tarixi, san’ati, madaniyatini o‘rganish bo‘yicha S.Tolstov, M.Masson, A.Okladnikov, M.Gerasimov, A.YAkubovskiy, YA.G‘ulomov, B.Latinin, V.SHishkin, G.Pugachenkova, L.Rempel kabi ko‘plab mashhur arxeolog, tarixchi, san’atshunoslarning xizmatlari katta bo‘ldi. O‘zbek arxeolog olimlardan A.Asqarov, U. Islomov, A.Muxammadjonov, R.Sulaymonov, N.Ne’matov, I.Axrorov, X.Oltmishboev, O.Berdiev, M.Kosimov, T.Mirsoatov, M.Jo‘raqulov, B.Matboboev, A.Anorboev, T.SHirinov kabilar o‘zbek san’ati, madaniyati va tarixini o‘rganishda yangidan-yangi ilmiy manbalarni bunyod etganlar. O‘zbek xalqining ko‘xna tarixi, uning qadimiy san’ati, madaniyati va me’morchiligi tarixini o‘rganish uchun bizga moziydan meros bo‘lib qolgan «Avesto» asaridan boshlab, juda ko‘plab ilmiy-yozma manbalar mavjud. Bu manbalar Mustaqilligimiz sharofati bilan ob’ektiv haqqoniy, to‘g‘ri o‘rganishga imkon yaraldi. SHuningdek, bu ilmiy manbaalar yangi tadqiqotlar asosida to‘ldirilib, kengaytirilib borilmoqda. Bularning barchasi o‘zbek xalqi tarixini, san’ati va madaniyatini uning paydo bo‘lishi davridan boshlab o‘rganish imkoniyatini beradi. Mustaqillik sharofoti bilan, milliy me’morchilik san’atini yanada yangi qirralari ochilishini kuzatamiz. Masalan, Toshkent binolarini bezatilishida juda katta talab bo‘lmoqda. Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmualari qurilishi va bez­atilishida yog‘och va ganch o‘ymakorligi kengko‘lamda ishlandi. Naqqoshlik gumbazlar, intererlar, shiftalarni bezatishda keng qo‘llanilmoqda. Eshik, deraza, ustun va peshtoqlarni bezatishda yog‘och o‘ymakorligidan foydalanilmoqda. Mustaqillik yillarida Toshkentda, viloyatlarning markazlarida qurilayotgan ma’muriy va jamoat binolarini bezatishda asosan naqsh, yog‘och va ganch o‘ymakorligidan keng foydalanilmoqda.

Download 219 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish