Bir kitob sharhi



Download 15,35 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi15,35 Kb.
#569109
Bog'liq
Abdulla Qodiriy tavalludi (maqola)


Abdulla Qodiriy tavalludining 128 yilligi munosabati bilan
BIR KITOB SHARHI
Abdulla Qodiriy inson ko’z bilan ko’rish, quloq bilan eshitish, umuman, biron-bir sezgi a’zosi bilan bilish imkoni bo’lmagan eng yuksak fikrlari, murakkab tuyg’ulari, nozik sezgilarini birgina so’z orqali ifoda eta olgan buyuk shaxsdir. U tomonidan ijod etilgan har bir asar bunga yaqqol misoldir.
Joriy yilning 13-aprel kuni Qarshi davlat universiteti filologiya fakultetida Abdulla Qodiriy tavalludining 128 yilligiga bagʻishlangan “Bir kitob sharhi” nomli adabiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirni filalogiya fakulteti dekani G.Ernazarova kirish so’zi bilan ochib berdi. Ustoz ma’ruzasida Abdulla Qodiriyning hayoti va bebaho ijod durdonalari va oʻzbek adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi toʻgʻrisida to’xtalib o’tdi. Adib serqirra ijodkor, uning barchaga ibratli hisoblangan "Oʻtgan kunlar" , "Mehrobdan chayon" nomli romanlarini ham oʻqib, ham uqib olish lozimligini ta’kidladi.
Tadbir davomida fakultetning oʻzbek tili yoʻnalishi 2-kurs 020-14-guruh iqtidorli talabalari tomonidan "Mehrobdan chayon" romani asosida tayyorlagan sahnaviy koʻrinishlar taqdim etildi. Ushbu sahna asarlarida Xudoyorxon obrazi, Anvarning donoligiyu zukkoligi, Ra'noning esa ibo hayosi va aql-farosati mohirlik bilan ijro etildi.
Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, ta`qibu tahdidlar ichida o`tdi. Rostgo`y adib sho`ro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida sho`ro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib ko`rsatishga jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. Uning tuxmat bilan qamalishi va sud zalida soʻzlagan nutqini oʻzida aks ettirgan sahna koʻrinishi ham tadbir ishtirokchilari qalbida Abdulla Qodiriyga boʻlgan muhabbatni va oʻsha davrdagi nokas kimsalarga boʻlgan nafratni bir muncha uygʻota oldi.
Shuningdek talabalar tomonidan adib hayoti va ijodi haqida koʻplab maʼlumotlar aytib oʻtildi. Jumladan, adibning "Obid ketmon" asaridagi oʻziga xosliklar, "Baxtsiz kuyov" pyesasidagi ortiqcha sarf xarajat va dabdabalarga boʻlgan oʻchlik va bular hozirgi zamonamizga ham mos keluvchi jihatlari haqida keng fikrlar aytib oʻtildi.
Tadbir soʻngida fakultetning Yoshlar masalasi va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari Sherzod Akromov tomonidan Abdulla Qodiriy asarlarining gʻoyaviy xususiyati, oʻsha davrdagi "falaj jamiyat" tushunchasi, asarlarning bugungi kunda tutgan oʻrni haqida qiziqarli ma’lumotlar berib oʻtildi. Adabiy-ma’rifiy kecha qizgʻin bahs munozaralarga boy boʻldi. Bahs munozarada ishtirokchilar Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi borasidagi bilimlarini mustahkamlab, yangi bilim va kerakli xulosalarni olishdi.
Mohlaroyim MEYLIYEVA,
Filalogiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili yoʻnalishi 020-148-guruh talabasi

Download 15,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish