Chor Rassiyasining O’rta Osiyodagi mustamlakachilik siyosati
Mazkur bo’lim O’zbekistonning mustamlaka davri tarixiga bag’ishlanadi. Aynan shu davrda mamlakat mustaqilligi, erk va ozodlik uchun kurashlar davomida xalqimizning minglab vatanparvar va fidoyi farzandlari halok bo’ldilar. Qariyb 150 yil davom etgan mustamlaka davri tinimsiz kurashlar davri bo’ldi. Shu sababli istiqlol yo’lida shahid ketgan ajdodlar haqidagi tarixiy haqiqatni aks ettirish, ular xotirasini abadiylashtirish muzey ekspozsiyasining muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bo’lim ekspozisiyasida joy olgan eksponatlar O’rta Osiyoning Chor Rossiyasi tomonidan istilo etilishi xronologiyasi, mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashlar bilan bog’liq materiallardan iborat.
2-BO’LIM: Milliy uyg’onish harakati, uning namoyon bo’lishi va amaliy yo’nalishlari
Turkiston o’lkasi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida mustamlakachilik siyosati oqibatida siyosiy, madaniy, iqtisodiy tanazzulga yuz tutdi. O’lkaning ilg’or ziyolilari Chor Rossiyasi istibdodidan qutulish, millatni uyg’otish, nafaqat iqtisodiy, balki madaniy taraqqiyot sari yo’l ochish, xalqqa ziyo tarqatish maqsadida ma’rifatparvarlik harakatiga asos soldilar. Muzeyning ikkinchi bo’limi ana shu jarayonlarga bag’ishlangan bo’lib, unda jadidlarning iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotni yangilash, jamiyatda islohotlar o’tkazishga qaratilgan faoliyatlari o’z aksini topgan.
Ma’rifatparvarlarning millat kelajagi yo’lidagi bu harakatlari mustamlakachi hukumat tomonidan qattiq tazyiqqa uchradi. Ammo ma’rifatparvarlik harakati tazyiq va ta’qiblarga qaramay, keng quloch yoya boshladi va ayrim jabhalarda yashirin tarzda davom etdi. Turkistonda bu harakat jadidchilik deb nom oldi.
Bo’limdagi ekspozitsiyalarda ma’rifatparvarlik harakatining eng faol namoyandalarining suratlari, yangi usul maktablari, o’sha davrda chop etilgan milliy matbuot namunalari aks ettirilgan, Qo’qon, Andijon teatr havaskorlari milliy teatr truppalari sahnalashtirgan teatr afishalari o’z aksini topgan.
3-BO’LIM: Turkiston Muxtoriyat hukumatining tugatilishi va sovet davlati qatag’on siyosatining boshlanishi (1917–1924-yillar)
1917-yil fevral oyida Rossiyada amalga oshirilgan inqilob natijasida Imperatorning taxtdan ag’darilishi Turkistonda ham keskin siyosiy o’zgarishlarga turtki bo’ldi. O’lkada chor hukmronligiga barham berildi, ammo yangi tashkil topgan Muvaqqat hukumat Turkistonga Rossiya mustamlakasi sifatida qarab, bu yerda ham Rossiyadagi siyosiy o’zgarishlarni to’g’ridan-to’g’ri amalga oshirdi. Rossiyadagi inqilobiy kayfiyat milliy ma’rifatparvarlarga jiddiy ta’sir o’tkazdi. Shu paytdan boshlab ularning siyosiy faoliyati jonlanib, “Sho’royi islom”, “Ulamo” singari ilk milliy ijtimoiy tashkilotlar tashkil etila boshlandi.
1917-yil oktyabirda Rossiyada bolsheviklar tomonidan davlat to’ntarilishi amalga oshirildi, shu kunlarda ular Turkistonda ham hokimiyatni zo’rlik bilan egalladilar. Bolsheviklar tomonidan Toshkentda 1-noyabrda Muvaqqat hukumatning Turkiston qo’mitasi a’zolari qamoqqa olinib, Turkistonda sovet hokimiyati o’rnatilgani e’lon qilindi.
Turkistondagi milliy taraqqiyparvar kuchlar Sovet hukumatining har bir xalq o’z taqdirini o`zi belgilashi haqidagi dekretga binoan 1917-yil 26–28-noyabr kunlarida Qo’qon shahrida Turkiston o’lka musulmonlarining favqulodda IV-qurultoyini chaqirdilar. Qurultoyda muhim masalalar yuzasidan munozaralar bo’lib o’tdi. Ko’pchilik Turkiston Muxtoriyatini e’lon qilish g’oyasini qo’llab-quvvatladi. Demokratik asosda yangi xukumat – Turkiston Muxtoriyati e’lon qilindi.
Ammo bolsheviklar Turkiston Muxtoriyatini tan olishni istamadilar. 1918-yilning 19-fevralida Qo’qon shahrida faoliyat ko’rsatayotgan Turkiston Muxtoriyati hukumatiga qarshi bolsheviklar hukumati qo’shini – qizil armiya hujum boshladi. Bo’lim ekspozitsiyalari mazkur jarayonlarga bag’ishlangan bo’lib, undagi eksponatlarda Qo’qon shahrida Turkiston Muxtoriyatiga qarshi bolsheviklar uyushtirgan qatag’on siyosati va uning fojiali oqibatlari aks ettirilgan.
4-BO’LIM: O’rta Osiyo mintaqasida zulm va bosqinchilikka nisbatan qarshilik harakati va qurolli chiqishlar (1918–1924-yillar)
Sovet hokimiyatining zo’ravonligi xalqning keskin qarshiligi va noroziligiga sabab bo’ldi. Butun o’lka bo’ylab sovet hokimiyatiga qarshi qurolli qarshilik harakati boshlanib ketdi. Bu harakat, ayniqsa, Farg’ona vodiysida keskin va ommaviy tus oldi. Qarshilik harakatiga Madaminbek, katta Ergash, Shermuhammadbek kabi mahalliy sardorlar yetakchilik qildilar.
EkspozitsiyadaTurkistonda sovet hokimiyatiga qarshi 1918-yil fevralda boshlanib, 1924-yilgacha davom etgan qurollik qarshilik harakati o’choqlari aks ettirilgan.
5-BO’LIM: Sovet hokimiyatining “kollektivlashtirish” va “quloqlashtirish” siyosati, uning fojiali oqibatlari (1930–1936-yillar)
Mazkur bo’lim Sovet hokimiyatining iqtisodiy sohada olib borgan qatag’on siyosatiga bag’ishlanadi. Sovet hokimiyati 20-yillar oxiri – 30-yillar boshida amalga oshirgan yer-suv islohoti, kollektivlashtirish, xususiy mulkni tugatish, sanoat va qishloq xo’jaligida davlat monopoliyasini o’rnatish siyosatini amalga oshirish jarayonida “quloqlashtirish” kampaniyasi o’tkazilib, bolsheviklar minglab xo’jaliklarning yer-suvini davlat ixtiyoriga tortib oldilar.
Ekspozitsiyada qayd etilgan ma’lumotlarning ko’rsatishicha, sovet hokimiyati nafaqat yirik yer egalari, balki xususiy ishlab chiqarish vositasiga ega bo’lgan hunarmandlar, savdogarlar, ijaraga mulk va vosita berganlar, yollanma mehnatdan foydalangan tadbirkorlar, o’rtahol dehqonlar, diniy ulamolar ham uy-joyi, mol-mulkidan mahrum etilib, “quloq” sifatida oila a’zolari bilan birga o’z yurtidan badarg’a qilindi.
Ekspozitsiyada O’zbekistondan chetga va O’rta Osiyoga surgun qilingan “quloq”lar manzillari, surgun yo’nalishlari aks ettirilgan 5 ta xarita, “quloq” qilinganlar surgunga olib ketilgan poezd vagoni va ular yashagan chayla-erto’la maketlari o’rin olgan.
Ekspozitsiyaga joylangan videomateriallarda“quloq” qilingan oilalar farzandlarining xotiralari o’rin olgan bo’lib, ular qanday og’ir sharoitlarda yashab, mehnat qilganlari haqida ma’lumot beradi.
6-BO’LIM: 30-yillarning boshlaridagi siyosiy qatag’onlar (1929–1936-yillar)
30-yillar boshiga kelib ma’muriy-buyruqbozlik tizimi mustahkam qaror topib, bolsheviklar mafkurasini keng targ’ib qilishga zo’r berila boshlandi. Aynan shu davrda mazkur mafkuraga hamda sovet hokimiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalarda zo’ravonlik bilan olib borgan g’ayrimilliy, g’ayriinsoniy va g’ayriqonuniy islohotlarga qarshi bo’lgan kishilarga qarshi ta’qib va taziyqlar kuchaydi. Xususan, bolsheviklar mafkurasiga qarshi milliy g’oyalar bilan chiqqan ziyolilar, 1918-1924-yillardagi qarshilik harakati ishtirokchilari hamda ularning qarindosh-urug’lari sovet hokimiyati tomonidan qatag’onga uchradilar.
Qatag’onga uchragan kishilar sharoiti og’ir hududlarga qurilish ishlariga, xususan, “Belomorkanal”, “Belbaltlag”, “Dmitlag” kabi asosan mahbuslar kuchi bilan bunyod etilgan ulkan qurilishlarni qisqa muddatlarda nihoyasiga yetkazish uchun safarbar etildilar.
Muzeyning 6-bo’limi aynan ushbu jarayonlarni yoritib beradi.
7-BO’LIM: 1937–1938-yillardagi siyosiy qatag’onlar
1937-1938-yillarda I.V.Stalin boshchiligida sovet hokimiyati amalga oshirgan siyosiy qatag’onlar insoniyat tarixidagi eng dahshatli fojialardan biri edi. Bu davrda sovet hokimiyatiga, uning mafkurasiga qarshi har qanday o’zgacha fikrlash, hatti-harakatga chek qo’yish, xalqni asoratda tutish, partiya va hukumat organlarini so’zsiz itoat etuvchi kadrlar armiyasiga aylantirish maqsadida misli ko’rilmagan ko’lamda qatag’on siyosatini avj oldirdi.
Bu qatag’on to’lqini eng avvalo davlat arboblari, partiya va hukumat organlari, muassasalardagi mas’ul kadrlarga qaratildi. O’zbekistonda bu jarayonda o’sha davrning eng ilg’or, faol, bilimli va tashkilotchi milliy kadrlari, ziyolilari, maorif va madaniyat xodimlari, olimlar, ziyolilar, yozuvchilar mash’um qatag’on qurboni bo’ldilar. Stalin hukumati nafaqat ularning o’zlarini, balki oila a’zolarini ham qatag’on girdobiga tortdi.
Bo’lim ekspozitsiyalarida taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo’jaev bilan birga qatag’onga uchragan uning oila a’zolari, bundan tashqari shu yillarda qatag’on etilgan Cho’lpon, Fitrat, Akbar Rustamov, Abdulhay Tojiev singari jamoat aroblarining xotinlari, 1922-yili Germaniyaga o’qishga yuborilgan talabalarning suratlari, shu bilan birga bu davrda qatag’onga uchragan turli soha vakillari – davlat arboblari, adabiyot va san’at namoyandalari, fan va maorif xodimlari, xalq xo’jalikning turli soha vakillarining suratlari qo’yilgan.
8-BO’LIM: 1940–1950-yillardagi siyosiy qatag’onlar.
1939-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixida eng mash’um fojialardan biri bo’ldi. 1941-yil 22-iyunda gitlerchilar Germaniyasi to’satdan SSSRga hujum qildi. Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan xalqlar qatori o’zbekistonliklar ham fashizmga qarshi urushga jalb etildi. O’zbek xalqi urushning birinchi kunlaridanoq bor kuchini fashizm ustidan g’alabaga safarbar etdi. Urush mamlakat xo’jaligini izdan chiqardi, uning hayotini og’irlashtirib yubordi. Mamlakatda harbiy xolat joriy etildi hamda barcha resurslar mudofaa manfaatlari uchun yo’naltirildi.
Ammo ana shunday og’ir kunlarda ham sovet hokimiyatining qatag’on siyosati to’xtamadi. Sovet hukumati urush arafasi va urush yillarida yangi bahona, aniqrog’i “fashizmga xayrixohlik kayfiyatiga yo’l qo’ymaslik” bahonasida chegaradosh hududlarda yashovchi xalqlarga qarshi etnik qatag’onlarni boshlab yubordi.Bu jarayonda Yaponiya, Turkiya, Polsha kabi mamlakatlar bilan chegaradosh hududlarda, yashovchi koreys, qrimtatarlar, mesxeti turklari, polyaklar, Povolje nemislari va boshqa xalqlar mutlaqo asossiz hamda g’ayriqonuniy ravishda o’z vatanlaridan majburiy ravishda boshqa o’lkalar, xususan O’zbekiston xududiga deportasiya qilindi. Ularni uy-joy, ish, yer va oziq-ovqat bilan ta’minlash o’zbek xalqining zimmasiga tushdi.
Bundan tashqari 40-yillar oxiri va 50-yillar boshida qatag’onlar sovet tuzumi tomonidan O’zbekistonda muntazam o’tkazib kelingan tazyiq va ta’qiblarning navbatdagi bosqichi boshlanganligi va mazkur jarayonida eng avvalo o’z asarlarida o’zbek xalqining o’tmish tarixiga, ma’naviy merosiga murojaat etib, bu haqda asarlar yozishga jazm etgan olimlar, yozuvchi va shoirlar “o’tmishni ideallashtirishda”, “millatchilikda” ayblanib, qatag’on qilinganligiga oid tarixiy hujjatlar, foto materiallar asosida yoritib berilgan.
60 yillardan boshlab oliy o’quv yurtlari qoshida maxsus tayyorlov kurslarining tashkil qilinishi va ularga asosan qishloq yoshlaridan jalb qilinishi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Yana muhim sabablardan biri, oliy o’quv yurtlariga kirish uchun sinov sifatida xorijiy tillardan imtihon qo’yilishi va talabalarga rus tilida (80-yillardan boshlab) dars o’tilishi edi. Natijada respublika oliy o’quv yurtlarida qishloq yoshlari salmog’i kamayib ketdi. Chunki qishloq maktablarida na tarixiy tillar, na rus tili (bu soha o’qituvchilarining yetishmasligi yoki ularning qishloq maktablarida ishlashni xohlamasliklari natijasida) yetarli darajada, ayrim maktablarda esa umuman o’qitilmas edi. Bu hol oliy maktablarda shaharlik yoshlarning ko’payib borishiga qishloqlarda esa oliy ma’lumotli mutaxassislar muammosining yuzaga kelishiga olib keldi.
Ayni paytda aytilishi lozimki, respublikada yildan – yilga oliy o’quv yurtlari soni ham ortib bordi. Yangi institutlar – Andijon meditsina instituti, Toshkentda fizkultura va elektrotexnika institutlari ochildi. 1959 yilda respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 31 ta oliy o’quv yurtlari mavjud bo’lib, ularda 88 ming kishi ta’lim olgan bo’lsa, 1985 yilga kelib oliy o’quv yurtlari soni 42 taga, talabalar soni esa 285,5 ming kishini tashkil qildi. Shuningdek respublikadagi 249 o’rta maxsus bilim yurtlarida 281,7 ming o’quvchi bilim oladi. Biroq bular miqdor ko’rsatkichlardagi ayrim siljishlar edi. Lekin masalaning asosiy jihati oliy ta’lim muassasalarini sifati chiqayotgan mutaxassislarning sifati va saviyasi masalasida ko’plab muammolar mavjud edi . Sotsializmning afzalligini “ko’z-ko`z” qilish maqsadida asosiy e`tibor oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning son ko’rsatkichlariga qaratildi. Bu esa mutaxassislarning jahon talablaridan jiddiy ortda qolishga xalq xo’jaligi uchun keraksiz mutaxassislarning tayyorlanishiga mablag’larning behuda sarflanishiga, mutaxassislardan ishlab chiqarishda samarasiz foydalanishga olib keldi.
Shu bilan birga, oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida o’quv tarbiyaviy ishlarni mafkuraviy andozalarga solish kuchaydi; Mutaxassislik bo’yicha asosiy fanlarni o’qitishni takomillashtirish o’rniga barcha oliy o’quv yurtlarida kommunistik mafkuraning shakllantiruvchi KPSS tarixi marksizm – leninizm falsafasi, siyosiy iqtisodiy ilmiy kommunizm, jamiyatshunoslik fanlarini o’qitishni yanada yaxshilash to’g’risida tadbirlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
O’quv jarayoni uchun muhim bo’lgan demokratik va ijodiy jihatlar inkor etildi. Natijada oliy ta’lim tizimida ma’suliyatsiz, tashabbussiz, loqayd, “O’rtamiyona mutaxassislar tayyorlash mexanizmi” yuzaga keldi. Markaziy hukumat siyosiy rahbariyatni xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini, hatto ilm – fanni ham mustabid tuzumni mustahkamlash va uni takomillashtirish uchun safarbar qildi.1
Ittifoq xalq xo’jaligi majmuida barcha milliy respublikalarning alohida vazifasi belgilab berilgandek, har bir respublikaning ilm – faniga ham alohida yo’nalishlar ko’rsatildi, ular respublikaning ittifoq miqyosida vazifasidan kelib chiqqan edi. Jumladan urush yillarida tashkil etilgan O’zbekiston SSR fanlar akademiyasi zimmasiga qishloq xo’jaligi tarmoqlarining, eng avvalo paxtachilikning mahsuldorligini oshirish uni mexanizatsiyalash, g’o’zani parvarish qilish agromexanikasini, urug’chilikni yaxshilash, chorva mollarining zotini yaxshilash suv resurslaridan ratsional foydalanish kabi muhim va dolzarb muammolarni hal qilish vazifasi yuklandi. Respublika olimlari xalq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan 230 dan ko’proq mavzuni ishlab chiqish bilan shug’ullandilar. Shuningdek fan va texnika yutuqlarini sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga jalb qilish ishlari yo’lga qo’yildi. Masalan, ipakchilik sanoati ilmiy - tadqiqot institut xodimlari tomonidan kashf etilgan. Pilladan ipak olishni tezlashtiradigan avtomatik stanok qisqa muddatlarda o’zlashtirildi va ishlab chiqarishga joriy qilindi. Shu asosda pilladan ipak olishda ishlatilib kelgan qo`l mehnati mashina (texnika) bilan almashtirish vazifasi jahonda birinchi bo`lib O`zbekiston olimlari tomonidan hal etildi.
50 - 60 yillarda O`zbekistonda yadro fizikasi kimyo, o`simlik xom ashyosi va paxta suv problemalari hamda gidrotexnika, neft va gaz, o`lka meditsinasi, astronomiya, bioximiya, kibernetika, elektrotexnika seysmologiya, falsafa va huquq, san’atshunoslik, arxeologiya, Qoraqalpog`iston kompleks ilmiy tadqiqot instituti kabi katta ilmiy tadqiqot dargohlar tashkil qilindi. 1959 yilda O`zbekistonda birinchi atom reaktori ishga tushirildi. Bu institutlarda ilmiy tadqiqotlar bilan bir qatorda ilmiy kadrlar tayyorlash ham yo`lga qo`yildi. Aspirantlar soni yildan-yilga oshib bordi. Birgina Fanlar Akademiyasida ularning soni 1958 yilda 370 bo`lgan bo`lsa, 1973 yilga kelib 839 kishiga yetdi. Biroq fan doktorlari tayyorlash 1956 yilda respublikada Doktorontura tizimining bekor qilinishi natijasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashda jiddiy qiyinchiliklar tug`dirdi.
O`zbekiston olimlarining hisoblash matematikasi va texnikasi, radiotexnika, qattiq jismlar fizikasi va chala o’tkazgichlar sohasidagi tadqiqotlarni muhim natijalarga ega bo’ldi.
Yadro fizikasi problemalarini, kosmik nurlarni, samoviy jismlarni ehtimollik nazariyasi va matematik statistikani o’rganishda, geofizikaning turli sohalarida O’zbekiston olimlari katta yutuqlarga erishdilar. Akademiya olimlari geologiya fanining nazariy masalalarini hal etishga ma’lum darajada hissa qo`shdilar. Yer bag’rida yonilg’i va metall qazilmalar paydo bo’lishi va joylanishning qonuniyatlarini ochib berishda geologlar erishgan yutuqlar, gazli hududda tabiiy gazning katta konlarini, Chotqol – Qurama tizma tog’larida, Shimoliy Nurota tizmalarida va shu kabi joylarda rangli va nodir metallar konlarini topish uchun asos bo’ldi.
70-80 yillarda mineralogiya va geoximiya, matematika, alkaloidlar kimyosi (nazariy) va boshqa fanlar sohasidagi tadqiqotlar muvaffaqiyatli davom ettirildi.
Akademiya olimlari tomonidan urug’chilik chigitni ekishdan oldin tuklarini batamom tozalab beradigan mashina yaratilganligi, o’g’itlarning yana turlarini ishlab chiqarish yo`lga qo’yilganligi va mahalliy xomashyodan foydalanib, sementning har xil turlarini hosil qilish usullarini ishlab chiqilganligi qimmatli samaralar beradi.
Bu yillarda O’zbekistonda ilmiy – tadqiqot muassasalarining soni ham ortib bordi. Ular 1960 yilda 64 taga, 1970 yilda 90 taga yetdi, 80-yillar o’rtalarida esa ular soni 100tadan ortdi. Ularda fanning turli sohalri bo’yicha tadqiqotlar olib borildi, yuqori malakali, jahon tan olgan olimlar yetishib chiqdi.
Biroq mustabid tuzum illatlari fan taraqqiyotiga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmay qo’ymadi. Bu narsa erkinlik, ijodiy muhit yaratish o’rniga, ma’muriy – buyruqbozlik usulini qo’llashda fanga ham yuqoridan turib ko’rsatma berishda, ayniqsa olimlar tomonidan yaratilgan yangiliklarni ishlab chiqarishga o’z vaqtida qilinmaslikda yaqqol ko’rinadi. Qancha - qancha, katta iqtisodiy samaralar beradigan ilmiy kashfiyotlar amaliyot bilan ilmiy muassasalar o’rtasida o’zviy bog’liqlik bo’lmaganligidan ishlab chiqarishga joriy qilinmadi.
Ayniqsa bu davrda ijtimoiy – gumanitar fanlarga nisbatan “Zo’ravonlik” ularni kommunistik mafkura “andozasiga” solish yanada kuchaydi. O’zbek xalqining boy o’tmishi tarixini, milliy madaniyatini va qadriyatlarini kamsitish ularni sohtalashtirish aynan shu yillarda avj olgan edi. Qadimiy tariximizni o’rganish, “o’tmishga sajda qilish” deb qaralardi. Ijtimoiy – gumanitar fan olimlariga “rivojlanga sotsializm davrini, uning tarixiy ahamiyatini”, “afzalliklarini” urganish haqida maxsus “ko’rsatma” berildi.Natijada bu yillarda ijtimoiy – gumanitar fan olimlari tomonidan “rivojlangan sotsializmni” madh etuvchi ko’plab ilmiy - ommabop asarlar yaratildi.
Lekin, barcha olimlar ham partiya1 “kursatmalari”ga amal qilavermas, vijdon amri bilan ish tutadiganlar ham yo’q emasdi. O’zbekistonda arxeologiya ilmining otasi Yaxyo G’ulomov ana shunday olimlar toifasidan edi. Tarixiy yodgorlik sifatida hisobga olingan tepaliklarning paxta maydonlariga aylantirilishiga, ajdodlari- miz yaratgan madaniy va me’moriy obidalarning qarovsizlik oqibatida vayronaga aylanishiga qarshi turib respublika siyosiy rahbariyatiga xalqimizning madaniy – ma’naviy boyligini asrab – avaylash zarurligini ochiq aytgan olim edi.2
1946-1985 yillar orasida o’zbek adabiyoti o’z taraqqiyotining murakkab va turli bosqichlardan iborat davrni bosib utdi. Bular ikkinchi jahon urushidan keyingi tiklanish yillarini (1956-1964): Stalin shaxsining Fosh etilishi va Xurshevga “iliqlik” yillarini (1956-1964): “Rivojlangan sotsializm g‘oyasi” olg’a surilgan yillarni (1964-1985) o’z ichiga olgan va har uchala bosqich shu yillarda ro’y bergan ijtimoiy voqialarga ko’ra nomlangan bo’lib, o’zbek adabiyotining taraqqiyot yo’li va tamoillari ham shu davrda turlicha ko’rinishga ega bo’ldi.
O’zbekiston adiblari urushdan keyingimamlakatning xaqiqiy ahvolini yaxlit bilganliklari uchun ham ayrim shartlarning lirik she’rlarida ma’yusona ohanglar, yozuvchilarning ocherk va hikoyalarida mamlakat kechirayotgan qiyinchilik tasviri yo’q emas edi. Partiya 1946-1948 yillar-
____________________
1. Partiya – lotincha so’z bo’lib, qism ma’nosini anglatadi. S.Nasirxo’jayev. “Siyosatshunoslik fani bo’yicha qisqacha lug’at – ma’lumotnoma”. Toshkent. “O’qtuvchi” 1997 yil, 34 bet.
2. Karimob I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” “Sharq”. Toshkent, 1998 yil,
27-28 betlar.
da san’at va adabiyotga oid necha qarorlar qabul qilib yozuvchilarga
voqiylikdagi ijobiy ko’rinishlar, kishilarning xursandchilik holatlari va kayfiyatlari haqida asarlar yozish sovet voeyligi uchun tiniq bo’lmagan nuqsonlar va qiyinchilik tasviridan qochish, hayotni “gulgun” ranglar bilan aks ettirish vazifasi topshirildi.
Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston yozuvchilari uyushmasiga rahbarlik qilgan o’z lovozimiga partiya da’vatiga “labbay” deb javob bergan Oybek 50-yillar arafasida “Oltin vodiydan shabadalar” ramanini yozdi. Bu asar urush tufayli xo’jaligi izdan chiqqan kolxoz hayotining ayrim manzaralarini aks ettirdi. Ammo roman nashr etila – etilmas, taniqli munoqqid V.Zohidovning “Sharq yulduzi” jurnali (1950yil 11-son) va “Qizil O’zbekiston” (1950 yil 10,15,17 dekabr sonlari) gazitasida tanqidiy maqolalari e’lon qilindi. Munaqqid usha davrning mafkuraviy talablaridan kelib chiqqan holda asarda partiyaning “Dohiyona rahbarlik nomi” yetarli ko’rsatilmaganini, ilg’or qizlarning ozgina ug’it uchun talashishlari tasvirlangan epizodda” real hayot qiyshiq oynada kursatilganligini qattiq tanqid qiladi. O’sha kezlarda sovetlar mamlakati bo’ylab yangi qatog’on pallasi boshlangan bo’lib Shayxzoda Mirzakalon, Ismoiliy, Shuhrat, Said Ahmad, Shukurullo singari yozuvchilarni “temir parda” orqasiga tashlashga V.Zohidovning “Oltin vodiydan shabadalar” romanini har tamonlama yaroqsizga chiqargan maqolalari Oybek taqdiriga fojiali rol o’ynashi tabiy edi.
40- yillar oxiri 50- yillar boshlari stalinizm davrida mustabid tuzumi o’z xalqiga qarshi o’tqazgan ommaviy qatag’onlarining navbatdagi bosqichi bo’ldi. Bu qatag’onlar SSSRda 1933 yildan 1953 yilgacha 3.778.234 kishiga dahldor bo’ldi. Ular huquq organlari tomonidan “aksilinqilobchi” va “xalq dushmani” sifatida ayiblangan
edilar, ulardan 786.098 kishi otib tashlandi.1
___________________________________
1.“Известия”1990, 14 феврфля.
Mustabid tuzumining qonli sururchisi usha davrda O’zbekiston
bo’ylab supurib o’tdi.
1937 yildan 1953 yilgacha respublika NKVD “uchligi” tomonidan 100 ming kishi quloqq olindi va turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi, ulardan 15 ming nafari otib tashlanadi.1 Stalinizm qurbonnlari orasida rurli darajadagi rahbar xodimlar, adabiyot va fan arboblari o’qituvchilar va jurnalistlar, ishchilar va dehqonlar, turli qatlamlar va millatlar vakillari bor edi.
Bu daxshatli holatni ta’riflab O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Toshkentdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasining ochilishiga bag’ishlangan marosimda so’zlagan nutqida “zo’lim va zuravonlikka qo’rilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o’zligini, millat qadr – qimmatini teran anglagan, ijtimoiy – siyosiy onggi yuksak xalqni o’yg’otishga, xalqni boshqarishga qodir bo’lgan ma’rifat va ma’naviyat yo’lida fidoyilik ko’rsatgan barcha aql – zakovat sohiblarining”2 qancha – qanchalari jismoniy yo’q qilindi. “Mana shular qatorida siyosatdan mutloqa o’zoqlikda bo’lgan, ming –minglab oddiy dehqonlar, hunarmand kosiblar ishchi – xizmatchilarning begunoh qurbon bo’lib ketgani tasavvurga ham sig’maydigan ayanchli bir holder.”3 deb kommunistik rejim qatog’onlarining asl mohiyatini ochib bergandi.
Urushdan keyingi davrda Abdulla Qahhorning “Qushchinor –chiroqlari”, Rahmat Fayziyevning “Chulga bahor keldi”,Parda Tursunning “O’qtuvchi”, IbrohimRahimning “Hayot buloqlari”, Oybekning “Nur qidirib” qissasi va romonlari yaratilganini va o’zbek adabiyotida bunday “mo’l hosil” ilk marotaba bo’lganligini aolhida qayd etish joizdir. To’g’ri ba asarlarning birortasini “O’tgan kunlar”(Abdulla Qodiriy) yohud “Navoiy” (Oybek) bilan yonma – yon
_________________
1. “Правда Востока” 1991, 15 сентября.
2. “Xalq so’zi” 2000 yil, 13 may.
3. O’sha joyda.
qo’yish mumkin emas. Lekin yaqin – yaqingacha o’zbek adabiyotining
nochor sohasi bo’lib kelgan yirik nasrda miqdor o’zgarishlari bo’layotganining o’ziyoq ijobiy hodisa edi.
She’riyatda esa G’ofur G’ulomning “Vatan”, “Sog’inch”, Oybekning “Ramsa” singari mag’zi to’q she’rlari maydonga keldiki, ular ham, o’z navbatida, she’riyatimizning ertasiga umid o’yg’otmay qo’ymasdi.
Ana shunday sharoitda kommunistik partiyasining XX se’zdi o’tkazilib, unga Stalin shaxsning fosh etilishi sovetlar mamlakati tarixiga “Xrushchevga iliqlik yillari” deb kirgan yangi davr boshlandi. Bu davrning o’ziga xos xususiyati shunda ko’rindiki N.S.Xrushchev, Stalin shaxsiga sig`inish davri illatlarini fosh etibgina qolmay, mamlakatda biroz bo`lsa-da, demokratik normalar tiklanishi, inson huquqlari muhofazalanishi va boshqa ijtimoiy muhim hodisalar ro`y berishiga kafolat berdi. Qatag`on etilgan yozuvchilarning tirik qolganlari ozodlikka chaqirilib, ular boshiga tushgan kulfatlar ham matbuot sahifalarida yoritila boshladi. 50- yillarning ikkinchi yarmida she’riyatda “Qoraqalpoq daftari” turkumining Shayhzoda, Zulfiya, Shukrullo, M.Boboyev qalamigamansub she’rlarning yuzaga kelishi, nasrda “Quyosh qoraymas” romani (Oybek) dramaturgiyada “Shohi suzana” (Abdulla Qahhor), “Yurak sirlari” (B. Ramonov) pessalarining paydo bo’lishi bilan o’zbek adabiyoti taraqqiyoti tarixida yangi davr boshlandi. Bu asarlarda inson, uning ruhiy olami, insoniylik mohiyati, quvonchi va qayg’u – alamlari butun murakkabligi bilan ifodalana boshlandi. Abdulla Qahhorning “Sinchalak”, Asqad Muhtorning “Qoraqolpoq qissasi”, Pirimqul qodirovning “Uch yulduz”, O.Yoqubovning “Muqaddas” kabi qissa va romanlarida o’zgarib borayotgan sovet jamiyatidagi yangi hayotiy tamoyillar o’z ifodasini topdi. Xrushchevga iliqlik yillarida sovet jamiyatida paydo bo’lgan o’zgarishlar o’zbek adabiyoti va sa n’at boblarini sotsialistik “rializm”
sari borishga undagi Oybek sovet davri o’zbek adabiyotidagi birinchi bo’lib amir Temur va Zaxriddin Muhammad Boburga bag’ishlangan dostonlarni yozishga kirishdi. Afsuski, bu har ikkala asar tugallanmay qoldi. Ammo, hatto adib vafotidan keyin uning 20 jildlik “Mukammal asarlari to’plami”ning sunggi jildida (1985y) ham kommunistik mafkura bu tugallanmay qolgan asarni bosib chqarishga yo’l qo’yilmadi.
Sovet jamiyatida o’ta qiyinchilik bilan bo’layotgan ba’zi ijtimoiy o’zgarishlar ta’sirida Abdulla Qahhor 1967 yil “Tavalludining 60-yilligiga bag’ishlangan yubliy kechasida nutuq so’zlab, “Men partiyaning oddiy soldati emas, balki ongli a’zosiman” degan so’zlarni aytdi”. Aslida har bir insonning fuqarolik huquqlari zamirida yotgan bu haqiqiy kommunistik partiyaning O’zbekistondagi rahbarlari nazarida partiyaga qarshi isyon shakkoklik edi. Shuning uchun ham ular A.Qahhorga bo’lgan munosabatlarini keskin ravishda o’zgartiradilar. Uning asarlarini nashr va targ’ib etilmay qo’yildi. Usha kezlarda bosmadan chiqqan “Yoshlar bilan suhbat” kitobi esa taqiqlandi.1
Umuman siyosiy ta’qib va tahdid yana partiyaning san’at va adabiyotiga bo’lgan siyosatining asosiy belgilaridan biri sifatida qayta tiklandi. 20-yillar arafasida va keyin ham yashagan shoirlarning asosan, oktyabr va partiya olqishlovli she’rlaridan iborat. “Tirik satrlar” almanaxida Chulponning – xafli nomli tilga olingani uchun u kitob dukonlaridan yig’ishtirilib olindi. “O’zbegim” qasidasini yozgani va butun xalqining milliy o’yg’onishga turtki bo’lgani uchun Erkin Vohidovni tahdid va tazyiqlar ostida qoldi. “Men endi kimga suyanganman birinchi muhabbatim” degan satrlari bilan guyo partiyaning ulug’vor rolidan ko’z yumgani uchun A.Oripovning
___________________
1. O’zbekistonning yangi tarixi “O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida”. Toshkent 2000 yil 580bet.
“Birinchi muhabbatim” she’ri siyosiy xatodan iborat deb topildi. Uning usha davr “ruhiga” to’g’ri kelmagan “Jannatga yo’l” dramatik dostoni,butun umri davomida siyosiy nazorat ostida yashagan adib Maqsud Shayxzodaning so’nggi “Abu Rayxon Beruniy” tarixiy tragideyasi sirli ravshda qo’lyozma holida “yo’qoldi”. To’g’ri A.Oripovning asari keyinchalik qaytarib berildi. Ammo Shayxzodaning yo’qolgan asari hanuzgacha tipilgan emas.
Sovet jamiyatidagi ijodkorni haqiqat etuvchi ana shunday voqial adabiyot va san’atning shu davrdagi taraqqiyotiga moniylik qilmay qolmagan albatta.
60-yillarning boshlariga kelib o’zbek yozuvchilari sotsialistik realizm “ochiq sistemaga aylangandagina badiy baquvvat asarlar berishga ishongan edilar. Shuning uchun ham adabiyotimizning iste’dodli vakillari M.M.Brejnev tomonidan “olg’a surilgan-rivojlangan sotsializm” g’oyasini badiy asarlari qatoriga singdirishga ortiqcha extiyoj sezmadilar.Faqat Sh.Rashidov va V.Zohidovning publistik chiqishlaridagina bu “g’oya” o’z aksini topdi. Shuningdek, Asqad Muxdorning”Amu” va Ibrohim Rahimning “Oqibat romanlaridagi Afg’oniston voqealari va Rossiyaning noqora toproq zonasidagi yerlarning o’zbek melioratorlari tomonidan o’zlashtirilishi tasvirlangan lavhalar bu g’oyaning bevosita aks – sadosi eshitilib turdi.
60 yillarning ikkinchi yarmi 70-yillarda yaratilgan o’zbek adabiyotining eng yaxshi namunalari mavjud tuzumga nisbatan muxolifat maqolida maydonga kelgan. Shuning uchun ham bu davrda aksar asarlar hali o’z qimmatini yo’qotgan emas.
O’zbekiston san’ati urushdan keyingi yillarda o’zining murakkab va ziddiyatli davrni bosib o’tdi. Ayniqsa, bu teatr san’atidayaqqol namoyon bo’ldi. Sotsialistik “realizmuslubining toboro mustaxkam o’rganib boorish teatr sahnasining milliy an’anaviy asoslarda rivojla-
nishga imkon bermadi. To’g’ri, bu yillarda “Tohir va Zuhra”, “Farhod va Shirin”, “Alpomish”, “Ravshan va Zulxumor”, “Oshiq G’arib va Shohsanam”, “Navoiy Astraobodda”, “Muqimiy” kabi milliy – tarixiy asarlar sahna yuzini ko’rdi. Lekin bular “partiyaviylik”, sinfiylikka moslashtirilgan Ezuvchi sinf yaqqol ko’rsatgan holda namoyish etildi1 Lekin shular bilan bir qatorda “Oltin devor”, “Tosh bolta oshi”, “Kelinlar quzg’oloni” va boshqa bir qator milliy ruhdagi sahna asarlari ham yaratildi, ular xalq e’tiboriga sazovor bo’ldi.
San’atdagi “Ijtimoiy buyurtma” amaliyati ayniqsa o’zbek teatr taraqqiyotida turg’unlik holatini yuzaga
Do'stlaringiz bilan baham: |