Dunyo tillari va tillar tasnifi


III. Kavkaz tillari oilasi



Download 25,86 Kb.
bet5/9
Sana16.03.2022
Hajmi25,86 Kb.
#493327
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-Maruza DUNYO TILLARI VA TILLAR TASNIFI

III. Kavkaz tillari oilasi. Kavkaz tillari yana bir qancha guruhlarga, chunonchi, g‘arbiy guruhga, veynax guruhiga, Dog‘iston guruhiga bo‘linadi. 1. G‘arbiy guruhga quyidagi tillar kiradi:
a) abxaz tili. Bu til Abxaziya Respublikasida yashovchilarning xalq tili bo‘lib, bu tilda 80 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b) abazin tili. Bu til Cherkas Avtonom Respublikasida yashovchi xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 25 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
v) adigey tili. Bu til Adigey Respublikasida yashovchi xalqning tili bo‘lib, bu tilda 80 mingdan ortiq kishi so‘zlashadi;
g) kabardin-cherkes tili. Bu til Kabarda-Balkar va Cherkas Respublikalarida yashovchi xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 250 mingdan ortiq kishi so‘zlashadi.
2. Veynax guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) chechen tili. Bu til Chechen respublikasida yashovchi xalqlarning davlat tili bo‘lib, unda 500 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b) ingush tili (bu tilda 100 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi, ular Ingush respublikasida yashaydi);
g) basbi tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar Chechen va Ingush Respublikalarida yashaydi.
3. Dog‘iston guruhiga Dog‘iston respublikasida yashovchi xalqlarning tillari kiradi:
a) avar tili. Bu tilda 300 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b) dargin tili. Bu tilda 160 ming kishi so‘zlashadi;
v) lazgin tili. Bu tilda 230 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
d) lak tili. Bu tilda 70 ming kishi so‘zlashadi;
e) tabassaran tili. Bu tilda 34 ming kishi so‘zlashadi.
Bulardan tashqari, nufuzi kam bo‘lgan bir qancha tillar ham dog‘iston guruhiga kiradi. Bu tillarda so‘zlovchilarning aksariyati Dog‘iston Avtonom Respublikasida yashaydi.
4. Janubiy guruhga gruzin tili kiradi. Gruzin tili Gruziya respublikasining (poytaxti Tbilisi) davlat tili bo‘lib, bu tilda 2,5 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi. Shuningdek, 110 ming kishi so‘zlashadigan chan tili, 290 ming kishi so‘zlashadigan migrel tili va 15 ming kishi so‘zlashadigan svan tili ham janubiy guruhga kiradi.

Download 25,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish