VI. Mo‘g‘ul tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) xalxa-mo‘g‘ul tili. Mo‘g‘uliston Respublikasining (poytaxti Ulan-Bator) davlat tili bo‘lib, bu tilda 3,5 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. Bu tilda so‘zlashuvchilarning bir qanchasi Xitoy Xalq Respublikasida (Ichki Mo‘g‘uliston ham Sinszanda) yashaydi;
b) buryat tili. Buryat respublikasida yashovchi asosiy xalqning tili bo‘lib, bu tilda 270 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi;
v) qalmiq tili. Qalmiq respublikasida yashovchi xalqlarning tili bo‘lib, bu tilda 105 dan ko‘proq kishi so‘zlashadi.
VII. Tungus-manjur tillari.
1). Tungus guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) evenk tili. Rossiya Federatsiyasining Evenk milliy okrugida hamda mamlakatimizning shimoli-sharqiy tumanlarida yashovchi xalqning tili bo‘lib, bu tilda 20 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b) even tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 10 mingcha kishi bo‘lib, ular asosan Rossiya Federasiyasining Even, Oxot, Chukotka, Koryak milliy okruglarida yashaydi.
3. Manjur guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) manjur tili. Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-Sharqiy qismida yashovchi xalqning tili bo‘lib, bu til hozir o‘lik tillar qatoriga o‘tyapti;
b) nanay tili. Rossiya Federasiyasining Quyi Amur milliy okrugida yashovchi xalqning tili bo‘lib, bu tilda 8 ming kishi so‘zlashadi.
Udey, ulq, oroch tillari ham manjur guruhidagi tillarga kiradi.
VIII. Xitoy-Tibet tillari oilasiga tay-xitoy va tibet tillari guruhlari kiradi.
1. Tay-xitoy guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) xitoy tili. Xitoy Xalq Respublikasining (poytaxti Pekin) davlat tili bo‘lib, bu tilda bir milliarddan ko‘p kishi so‘zlashadi. Xitoy tili bir necha mustaqil dialektlarga bo‘linadi. U juda qadimgi (eramizdan ikki yarim ming yil burungi) tillardan biri bo‘lib, boy yozuv-yodgorliklariga egadir;
b) dungan tili. Bu tilda so‘zlashuvchi xalqning soni 3,5 million kishidan ortiq bo‘lib, ular asosan, Xitoy Xalq Respublikasida so‘zlashadi;
g) vetnam tili. Vetnam Xalq demokratik Respublikasining (poytaxti Xanoy) davlat tili bo‘lib, bu tilda 30 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
d) tay (siam) tili. Taylandning (poytaxti Bangkok) davlat tili bo‘lib, bu tilda 46 millionga yaqin kishi so‘zlashadi.
2. Tibet tillari. Bu tilda so‘zlashuvchilar 4 milliondan ortiq kishi bo‘lib, ular asosan, Xitoy Xalq Respublikasining Tibet avtonom tumanida va Hindistonda yashaydi;
b) birma tili. Birma Ittifoqining (poytaxti Rangun) davlat tili bo‘lib, bu tilda 33 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. Assam tillari ham tibet tillari guruhiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |