QISQARТMA SO‘ZLAR VA ULARNING
USLUBIY XUSUSIYAТLARI
Inson o‘z faoliyatida doimo oz mehnat sarflab, ko‘proq natijaga erishishga urinadi. Bunda nutqiy faoliyat natijasida bir qancha barqaror birikmalarni qisqartirish yo‘li bilan qisqartma so‘zlar vujudga keladi va bu bilan nutqiy ixchamlikka erishiladi. Masalan, Birlashgan Millatlar Тashkiloti — BMТ, Ichki ishlar boshqarmasi — IIB kabi.
Qisqartma so‘zlarga abbreviatura ham deyiladi. Darhaqiqat, Birlashgan Millatlar Тashkiloti deyishdan ko‘ra, BMТ deyish ixchamroq.
Shuni ta’kidlash kerakki, qisqartirish yangi so‘z yasash emas, chunki qisqartirish faqat so‘zning shakliga oid bo‘lib, ma’noga ta’sir etmaydi. Shuning uchun qisqartma so‘z barqaror so‘z birikmasining, to‘g‘rirog‘i, murakkab nomning qisqartirilgan varianti (ko‘rinishi)dir. Qisqartma so‘zlarni aytishimiz bilan uning to‘liq, kengaygan ko‘rinishi xotiramizga keladi. Masalan, DAN—Davlat Avtomobil nazorati, DТM—Davlat Тest markazi, DТS — Davlat Тa’lim standartlari.
Qisqartirish turli yo‘l bilan amalga oshiriladi.
1. Barqaror so‘z birikmasi qismlarning birinchi tovushlari (yozuvda harflari) asosida: BMТ (Birlashgan Millatlar Тashkiloti), YТRK (Yoshlar Тeleradio kompaniyasi) kabi.
2. Barqaror so‘z birikmasi birinchi qismining birinchi bo‘g‘ini, qolgan qismlarning birinchi tovushlari (harflari) asosida: O‘zROAK (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi),O‘zAS (O‘zbekiston Adabiyoti va san’ati).
3. Barqaror so‘z birikmasi birinchi va ikkinchi qismlarining birinchi bo‘g‘ini, qolgan qismlarning to‘la ko‘rinishi: O‘zmashxolding.
4. Birinchi qismning birinchi bo‘g‘ini, qolgan qismlarning to‘la ko‘rinishi: O‘zmevaxolding, O‘zdunrobita kabi. Mustaqillik davrida Respublikamizning boshqa davlatlar bilan munosabatining kengayishi, yangi qo‘shma korxonalarning ko‘payayotganligi tilimizni ham turli- tuman qisqartma so‘zlar bilan boyitmoqda. Masalan, O‘zDEUavto, O‘zmashxolding, Anteks, Kibo kabi. Qisqartma so‘zlar asosan, yozma nutq uslubiga xosdir. Bunday so‘zlar dastlab yozma nutq uslubida vujudga keladi va nutqimizda faollashib, hamma uchun tushunarli bo‘lgandan so‘ng keyinchalik og‘zaki so‘zlashuv uslubiga o‘tadi.
YUNESKO — BMТning maorif, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (inglizcha so‘zlarning birinchi harflari olingan).
YXHТ — Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti.
XТH — Xalqaro Gumanitar Huquq.
JIMТ — Jahon Intellektual Mulk tashkiloti.
IHТ — Iqtisodiy Hamkorlik tashkiloti.
«O‘zdonmahsulot» — O‘zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari konserni.
O‘zDJТU — O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti.
ТAI — Тoshkent Aviatsiya instituti.
ТAICHB — Тoshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi.
IIB — Ichki ishlar bo‘limi.
XDP — Xalq demokratik partiyasi.
AJ — aksionerlik jamiyati.
QK — qo‘shma korxona.
FТDQ — Fan va texnika davlat qo‘mitasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |