Ma’noviy guruhi:
Ishonch-tasdiq munosabati – albatta, shaksiz, so’zsiz, darhaqiqat, haqiqatan, shubhasiz
Taxmin va gumon – ehtimol, balki, chamasi, shekilli, aftidan),
Afsus, ajablanish va achinish attang, afsus, ajabo
Fikrning tartibi avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan, jumladan, masalan
Umumlashtiruvchi, yakunlashtiruvchi, fikrni xulosalash – xullas, demak, umuman
Quvonch – xayriyat
Modal so`z ma’noli qism (morfemalar)ga ajratilmaydi: aftidan, shubhasiz. Lekin unda omonim bo`lgan mustaqil so`z ajratiladi: Uning tobi qochganligi aftidan bilinardi (aftidan – ot, aftidan). Bu haqiqat shubhasiz (shubhasiz – ot, shubha – siz).
TASDIQ VA INKOR SO’ZLAR
Ha, xo’p. mayli singari so’zlar tasdiq so’zlar; yo’q, mutlaqo. aslo kabi so’zlar inkor so’zlar sanaladi.
Bunday so’zlar dialogik nutqda –mi so’roq yuklamasi orqali ifodalangan so’roq gaplarning javobi bo’lib keladi.
-Siz shu maktabda o’qiysizmi?
-Ha .
Do'stlaringiz bilan baham: |