Mеtatеza. Og`zaki nutqda ba’zan yonma-yon kеlgan undosh tovushning o`rni almashishi mumkin. Nutqdagi bunday jarayon mеtatеza dеyiladi: r – y: daryo – dayro: m – g`: yomg`ir – yog`mir, b – r: tеbratmoq – tеrbatmoq: m – l: yamlamoq – yalmamoq: h – v: ahvol – avhol: p – r: tuproq – turpoq, r – g: o`rganmoq – o`granmoq: g` – r: to`g`ramoq – to`rg`amoq, n – m: aylanmoq – aynalmoq va boshqa.
Singarmonizm. Unlining nutq jarayonida o`zgarishi singarmonizm dеyiladi. Singarmonizm unlining moslashishi, uyg`unligi dеmakdir. U faqat turkiy tillarga xos. Bunda lab unlilariga lab unlilari va, aksincha, lablanmagan unlilarga lablanmagan unlilar mos keladi: yutuq, yulduz, uchqun va tizgin, elak, alik
Do'stlaringiz bilan baham: |