GAPDA SO‘ZLARNING BOG‘LANISHI
Gap odatda bir so‘zdan yoki bir necha so‘zlarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan ham tashkil topishi mumkin. Masalan, Kuz... Bog‘larda mevalar qiyg‘os pishgan. Yuqoridagi gaplarning birinchisi faqat bir so‘zdan tashkil topgan bo‘lsa, ikkinchisi to‘rtta so‘zning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishi natijasida hosil bo‘lgan.
Gap ikki va undan ortiq so‘zlardan iborat bo‘lganda, bu so‘zlar o‘zaro grammatik va mazmun tomondan bog‘lanadi.
Bir so‘zning boshqa so‘zga ma’lum grammatik vositalar (grammatik qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) yordamida bog‘lanishi grammatik bog‘lanish hisoblanadi.
Masalan, yuqorida keltirilgan ikkinchi misolda bog‘larda so‘zi pishgan so‘ziga -da kelishik qo‘shimchasi yordamida bog‘lanyapti.
Gapda so‘zlarning bog‘lanishi faqat grammatik bog‘lanish bilan cheklanib qolmaydi. Bog‘lanayotgan so‘zlar mazmuniy tomondan ham o‘zaro muvofiq bo‘ladi. Masalan, gullamoq so‘zi gul chiqarmoq ma’nosi bilan gullash xususiyatiga ega bo‘lgan narsalarni bildiruvchi so‘zlarga bog‘lanadi: o‘rik gulladi, jiyda gulladi kabi, lekin tosh, loy, suv kabi so‘zlar bilan bog‘lana olmaydi.
Gapda so‘zlarning bog‘lanishi ikki xil bo‘ladi:
a) teng bog‘lanish;
b) tobe bog‘lanish.
Тeng bog‘lanish
Ular Hofiz, Navoiy, Bedil va Fuzuliy baytlarini tahlil qilib... o‘tirishardi. (E. Vohidov)
Yuqoridagi gapda ishtirok etgan mustaqil so‘zlar, o‘zaro ikki xil bog‘langan:
Тobe bog‘lanish:
a) ular tahlil qilib o‘tirishardi.
b) baytlarini tahlil qilib.
d) Hofiz
Navoiy
Bedil
Fuzuliy baytlari (ni)
Тeng bog‘lanish: Hofiz, Navoiy, Bedil va Fuzuliy.
O‘zaro teng bog‘langan bo‘laklar bir xil gap bo‘lagi vazifasida keladi va ko‘pincha bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi. Ularni bir-biri bilan bog‘lovchi vosita sifatida teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi ishtirok etadi. Xususan, yuqoridagi o‘zaro teng bog‘langan bo‘laklarning hammasi qaratqich aniqlovchi vazifasida kelgan, kimning? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Hofiz, Navoiy, Bedil bo‘laklari bir-biri bilan sanash ohangi yordamida, Bedil esa Fuzuliy bilan va bog‘lovchisi yordamida bog‘langan.
Bir xil gap bo‘lagi vazifasida kelib, ko‘pincha bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi bo‘laklarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog‘lanishi teng bog‘lanish sanaladi.
Тeng bog‘lanishni quyidagi ishoralar bilan ifodalash mumkin:
sanash ohangi yordamida hosil bo‘lgan teng bog‘lanish
teng bog‘lovchilar yordamida hosil bo‘lgan teng bog‘lanish
Quyidagi vositalar teng bog‘lovchi vazifasini bajaradi.
I. a) biriktiruvchi bog‘lovchilar: va, hamda bilan
b) zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, biroq.
d) ayiruv bog‘lovchilari: yo, yoki, yo-yo, goh-goh, dam-dam.
II. Bog‘lovchi vazifasidagi yuklamalar:
a) gumon yuklamasi: na...na...
b) kichraytiruv va ta’kid yuklamasi: -u (-yu), -da.
Do'stlaringiz bilan baham: |