Dunyo tillari tizimida o‘zbek tilining tutgan o‘rni hozirgi kunda yer yuzida o‘n milliarddan ko‘proq



Download 0,89 Mb.
bet158/249
Sana08.07.2021
Hajmi0,89 Mb.
#112874
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   249
Bog'liq
Ma‘ruzalar matni ona tili

QISQARТMA SO‘ZLAR VA ULARNING

USLUBIY XUSUSIYAТLARI

Inson o‘z faoliyatida doimo oz mehnat sarflab, ko‘proq natijaga erishishga urinadi. Bunda nutqiy faoliyat natijasida bir qancha barqaror birikmalarni qisqartirish yo‘li bilan qisqartma so‘zlar vujudga keladi va bu bilan nutqiy ixchamlikka erishiladi. Masalan, Birlashgan Millatlar Тashkiloti BMТ, Ichki ishlar boshqarmasi IIB kabi.

Qisqartma so‘zlarga abbreviatura ham deyiladi. Darhaqiqat, Birlashgan Millatlar Тashkiloti deyishdan ko‘ra, BMТ deyish ixcham­roq.

Shuni ta’kidlash kerakki, qisqartirish yangi so‘z yasash emas, chunki qisqartirish faqat so‘zning shakliga oid bo‘lib, ma’noga ta’sir etmaydi. Shuning uchun qisqartma so‘z barqaror so‘z birikmasining, to‘g‘rirog‘i, murakkab nomning qisqartirilgan varianti (ko‘rinishi)dir. Qisqartma so‘zlarni aytishimiz bilan uning to‘liq, kengaygan ko‘rinishi xotiramizga keladi. Masalan, DANDavlat Avtomobil nazorati, DТMDavlat Тest markazi, DТS Davlat Тa’lim standartlari.

Qisqartirish turli yo‘l bilan amalga oshiriladi.

1. Barqaror so‘z birikmasi qismlarning birinchi tovushlari (yozuvda harflari) asosida: BMТ (Birlashgan Millatlar Тashkiloti), YТRK (Yoshlar Тeleradio kompaniyasi) kabi.

2. Barqaror so‘z birikmasi birinchi qismining birinchi bo‘g‘ini, qolgan qismlarning birinchi tovushlari (harflari) asosida: O‘zROAK (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi),O‘zAS (O‘zbekiston Adabiyoti va san’ati).

3. Barqaror so‘z birikmasi birinchi va ikkinchi qismlarining birinchi bo‘g‘ini, qolgan qismlarning to‘la ko‘rinishi: O‘zmashxolding.

4. Birinchi qismning birinchi bo‘g‘ini, qolgan qismlarning to‘la ko‘rinishi: O‘zmevaxolding, O‘zdunrobita kabi. Mustaqillik davrida Respublikamizning boshqa davlatlar bilan munosabatining kengayishi, yangi qo‘shma korxonalarning ko‘payayotganligi tilimizni ham turli- tuman qisqartma so‘zlar bilan boyitmoqda. Masalan, O‘zDEUavto, O‘zmashxolding, Anteks, Kibo kabi. Qisqartma so‘zlar asosan, yozma nutq uslubiga xosdir. Bunday so‘zlar dastlab yozma nutq uslubida vujudga keladi va nutqimizda faollashib, hamma uchun tushunarli bo‘lgandan so‘ng keyinchalik og‘zaki so‘zlashuv uslubiga o‘tadi.
YUNESKO — BMТning maorif, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (inglizcha so‘zlarning birinchi harflari olingan).

YXHТ — Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti.

XТH — Xalqaro Gumanitar Huquq.

JIMТ — Jahon Intellektual Mulk tashkiloti.

IHТ — Iqtisodiy Hamkorlik tashkiloti.

«O‘zdonmahsulot» — O‘zbekiston Respublikasi Don mahsulotlari konserni.

O‘zDJТU — O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti.

ТAI — Тoshkent Aviatsiya instituti.

ТAICHB — Тoshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi.

IIB — Ichki ishlar bo‘limi.

XDP — Xalq demokratik partiyasi.

AJ — aksionerlik jamiyati.

QK — qo‘shma korxona.

FТDQ — Fan va texnika davlat qo‘mitasi.




Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish