Duduqlanadigan bola uchun ixtisoslashtirilgan muassasalar sharoitida tinch va shu bilan birga jo'shqin, quvnoq kayfiyatni yaratish zarur; uning e’tiborini o'z nuqsoni haqidagi tashvishli fikrlardan xalos etish kerak. Bolada yaxshi kayfiyat, tetiklik, o'zining tuzalib ketishiga nisbatan ishonch uyg'otish muhimdir. Duduqlanadigan bola uchun ixtisoslashtirilgan muassasalar sharoitida tinch va shu bilan birga jo'shqin, quvnoq kayfiyatni yaratish zarur; uning e’tiborini o'z nuqsoni haqidagi tashvishli fikrlardan xalos etish kerak. Bolada yaxshi kayfiyat, tetiklik, o'zining tuzalib ketishiga nisbatan ishonch uyg'otish muhimdir. Kun tartibini tuzishda dam olish uchun yetarlicha vaqt ajratishni nazarda tutish muhimdir. Shu maqsadda maktab yoshidagi bolalar uchun o'quv jarayonini yengillashtirish, unga berilgan vazifalarni bajarish vaqtida tez-tez tanaffus qilish, ularni sinfdan tashqari ishlar, uy yumushlari va boshqalar bilan zo'riqtirmaslik kerak. Kun tartibini tuzishda dam olish uchun yetarlicha vaqt ajratishni nazarda tutish muhimdir. Shu maqsadda maktab yoshidagi bolalar uchun o'quv jarayonini yengillashtirish, unga berilgan vazifalarni bajarish vaqtida tez-tez tanaffus qilish, ularni sinfdan tashqari ishlar, uy yumushlari va boshqalar bilan zo'riqtirmaslik kerak. Faoliyat turining xilma-xilligi ham bolalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi, bu ularda qiziqish uyg'otadi. Qo'zg'aluvchan va harakatchan bolalar uchun tinch, shovqinsiz m ashg'ulotlar, o'yinlar tanlab olinadi. Sust harakatli bolalarni faollashtirish, ularda mustaqillikni rivojlantirish lozim Faoliyat turining xilma-xilligi ham bolalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi, bu ularda qiziqish uyg'otadi. Qo'zg'aluvchan va harakatchan bolalar uchun tinch, shovqinsiz m ashg'ulotlar, o'yinlar tanlab olinadi. Sust harakatli bolalarni faollashtirish, ularda mustaqillikni rivojlantirish lozim Maktab yoshida bo'lmagan duduqlanuvchi bolaning kun tartibida uyqu uchun o'rta hisobda kechasi 10—11 soat va kunduzi 2 soat, maktab yoshidagi bola uchun kechasi 8 -9 soat va kunduzi 1,5—2 soat vaqt ajratilgan bo'lishi kerak. Ovqatlanish uyqudan 1,5—2 soat oldinga mo`ijallanadi. Aks holda uyqu paytida bosh miya qobig'i asab kataklari quvvatining tiklanishi sekinlik bilan kechadi. Duduqlanuvchi bolaning ovqati servitamin bo'lishiga ko'proq e’tibor berish zarur. Vitaminlar barcha ferment sistemalarining biologik katalizatorlari sifatida oliy asab faoliyatiga, organizmning reaktiv quvvati va immunologik holatiga yaxshi ta’sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |