Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlar metodikasi Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlar metodikasi N.A. Vlasova nutqning 7 xil ko'rinishini farqlaydi. 1) logoped bilan birgalikdagi nutq; 2) aks etgan nutq; 3) tanish rasmlar asosida savollarga javob berish; 4) tanish rasmlarni mustaqil ta ’riflab berish; 5) eshitilgan kichik hikoyani qayta hikoya qilib berish; 6) mustaqil nutq (notanish rasmlar asosida hikoya tuzish); 7) m e’yordagi nutq (suhbat, taklif va iltimoslar). 2—7 yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan kompleks ish olib borish tizimi quyidagi bo'lim lardan tashkil topadi: 1. O'yin faoliyati tizimi. 2. Logoritmik mashg'ulotlar. 3. Tarbiyaviy mashg'ulotlar. 4. Bolalarning mikroijtimoiy muhitiga ta ’sir etish. Logopedik mashg'ulotning mazmunini tashkil etadigan, o'yin tizimi o'ziga quyidagi o'yin turlarini kiritadi: didaktik, ashula bilan o'yin, harakatli, qoidali o'yinlar, she’r va matnlar asosida drammatizatsiyalashtirilgan o'yin, stol tennisi o'yini, barmoq teatri, logoped maslahati bilan va bolalar o'zi o'ylab topgan ijodiy o'yinlar. - Logopedik mashg'ulotning mazmunini tashkil etadigan, o'yin tizimi o'ziga quyidagi o'yin turlarini kiritadi: didaktik, ashula bilan o'yin, harakatli, qoidali o'yinlar, she’r va matnlar asosida drammatizatsiyalashtirilgan o'yin, stol tennisi o'yini, barmoq teatri, logoped maslahati bilan va bolalar o'zi o'ylab topgan ijodiy o'yinlar.
Maktab yoshidagi duduqlanuvchi bolalarda duduqlanishni bartaraf etish mashg'ulotlar metodikasi Maktab yoshidagi duduqlanuvchi bolalarda duduqlanishni bartaraf etish mashg'ulotlar metodikasi O'quvchilar bilan olib boriladigan ishlarning o'z xususiyatlari va farqlari mavjuddir: O'quvchilar bilan olib boriladigan ishlarning o'z xususiyatlari va farqlari mavjuddir: - Yetakchi faoliyat turi o'zgaradi: o'yin faoliyatining elementlari o'quv faoliyati bilan birga mavjud bo'lsa ham asosiy faoliyat o'quv faoliyati hisoblanadi.
- Mashg'ulotlarning o'yin shakli dars bilan almashtiriladi.
- Agar maktabgacha yoshdagi bolalarda barcha ishlar oila, tarbiyachilar orqali olib borilsa, maktab yoshida logoped logopedik ta’sir etishni o'qituvchi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
- Maktabgacha yoshda nutqning barcha elementlari o'yin faoliyati jarayonida logopedga taqlid qilish asosida tarbiyalanadi. Maktab yoshidagi nuqsonni ongli bartaraf etishdagi ko'rsatmalarga, nutq ustida mustaqil mashqlar bajarishga ko'proq ahamiyat qaratiladi.
- Duduqlanish maktabda barcha predmetlarning o'tish jarayonida bartaraf etiladi.
- Bilvosita psixoterapiya bilan bir qatorda ratsional psixoterapiya ko'rinishlaridan ham keng foydalaniladi.
- Nutqiy material va logopedik mashg'ulot turlari maktab amaliyoti bilan yaqinlashadi (tafovut kamayib yo'qoladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |